• Qog’oz polotnosini presslash Qog‘oz polotnosini zichlashtirish.
  • ) Conflo tegirmoni konstruksiyasini o’ziga xosligi nimadan iborat?




    Download 9.8 Mb.
    bet4/57
    Sana23.03.2024
    Hajmi9.8 Mb.
    #175664
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    Imtihon javoblari 1
    Beginner
    93) Conflo tegirmoni konstruksiyasini o’ziga xosligi nimadan iborat?

    Hozirda diskli tegirmonlar va Conflo rusumli qisqa konusli tegirmonlar asosiy yanchish jihozlari bo’lib xizmat qiladilar. Traditsion konusli tegirmonlarga nisbatan disklitegirmonlar quyidagi afzalliklarga ega:


    - foydalanish doirasi keng;
    - massani yuqori va o’ta yuqori konsentratsiyada yanchish imkonini borligi;
    - fizik-mexanik ko’rsatgichlari yuqori bo’lgan qog’oz va karton olish imkonini yaratishi;
    - jihozni yuqori unumdorligi;
    - elektr energiyaning solishtirma sarfini kamligi;
    - ekspluatatsiya va texnik xizmat ko’rsatishni qulayligi.
    Yanchish zonasi va aylanuvchi yuzalar soniga qarab disklitegirmonlar to’rt guruhga bo’linadilar:
    1. bir diskli- bitta ezgilovchi yuza aylanadi, ikkinchisi harakatsiz holatda;
    2. ikki diskli- ikkala ezgilovchi yuza qarama-qarshi tarafga aylanadi;
    3. ikkilangan - ikkita harakatsiz disklar orasida ikkita ezgilovchi yuzali disk aylanadi;
    4. ko’p disklitegirmonlar.



    1. Qog’oz polotnosini presslash



    Qog‘oz polotnosini zichlashtirish. Gauch valdan so‘ng 14-21% quruqlikdagi (quruq tola tutgan) qog‘oz polotnosi keyingi suvsizlantirish jarayonini olib borish uchun jihozning zichlashtirish qismiga o‘tadi. Qog‘oz polotnosi mexanik zichlashtirish yo‘li bilan 32–42% absolyut quruq tola tutguncha quritiladi.
    Zichlashtirish davomida qog‘oz polotnosi nafaqat suvsizlanadi, balki zichlashadi ham, bunda tolalararo bog‘lanish kuchi va aloqa yuzasi ko‘payadi. Undan tashqari qog‘oz xossasi ham o‘zgaradi: xajm og‘irligi ortadi, g‘ovakliligi, havo o‘tkazuvchanligi va so‘rish xossasi kamayadi, uzilishga, sinishga va ezilishga bo‘lgan mustahkamligi ortadi.
    Jihozning zichlashtirish qismini to‘liq quvvatda ishlashi talab qilinadi. CHunki zichlashtirish jixozida polotnoni 1% quruq massaga nisbatan quruqlikka ega bo‘lishi, quritish bo‘limidagi bug‘ sarfini 5% - ga kamaytiradi va jihozdagi quritish vallari sonini 4–5% - ga kamaytirish imkonini beradi. Qog‘oz polotnosini quritish bo‘limida suvsizlantirish zichlashtirish jarayonidagiga nisbatan 10–12% - ga, to‘r qismidagiga nisbatan esa 50% - ga qimmat.
    Ko‘pgina qog‘oz shakllantirish jihozlari 2-3 ta ikki valli zichlashtirish qurilmalariga ega. Tolalari ezib yanchilgan massadan qog‘oz tayyorlashga mo‘ljallangan jihozlarga 4–5 ta zichlashtirish jixozi o‘rnatiladi. Ba’zi jihozlarga dazmollash, silliqlash (ofset qog‘ozlari uchun) zichlashtirish jixozlari o‘rnatilgan, ularni vazifasi qog‘oz yuzasining silliqligini oshirish va yanada zichlashtirishdan iborat.


    1. Download 9.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 9.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) Conflo tegirmoni konstruksiyasini o’ziga xosligi nimadan iborat?

    Download 9.8 Mb.