Qog’oz qatlamini zichlash haqida zamonaviy nazariyalar




Download 9.8 Mb.
bet5/57
Sana23.03.2024
Hajmi9.8 Mb.
#175664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Imtihon javoblari 1
Beginner
Qog’oz qatlamini zichlash haqida zamonaviy nazariyalar



Qog‘oz qatlamini zichlash haqida zamonaviy nazariyalar
Qog‘oz qatlamini zichlash jarayonini nazariy tavsifi zamonaviy mexanikaning eng qiyin masalalaridan biri xisoblanadi. Muammo har turli deformatsiyalanadigan g‘ovakli muxitda suv va havoning filtrlash va ikki aylanadigan vallar orasidagi aloqa masalalarini birgalikda echishni talab qiladi. Bu holda bitta yoki ikkala val qovushqoq-egiluvchan (vyazkouprugiy) xossali qoplamaga ega bo‘ladi. Vaziyat qog‘oz qatlami deformatsiyasi qiymatini kattaligi va jarayonni tasvirlaydigan tenglamalarning chiziqli bo‘lmaganligi bilan yanada qiyinlashadi. SHuning uchun bu erda zichlash jarayonining faqat ba’zi jixatlarini, 1.127 rasmda kelitirilgan oddiy mexanik modelni qo‘llab, ko‘rib chiqamiz.


1.127 Suv bilan to‘yingan qog‘oz qatlamini zichlash jarayonini mexanik modeli.
Bu modelda qog‘oz qatlamining tolali skleti prujina ko‘rinishida taqdim etilgan. O‘tkazuvchan porshen bilan silindrdagi suyuqlik - qog‘oz qatlamidagi suvni va silindrning g‘ovakli tubining qarshiligi – qatlamning gidravlik qarshiligini modellashtiradi. Porshenga tezlik bilan yuk qo‘yilsa suyuqlik siqilmasligi tufayli, boshlang‘ich davrda barcha og‘irlikni suv qabul qiladi (1.127, a rasm). Silindrdan suvni siqib chiqarish boshlanishi bilan tashqi yuk R2 suyuqlik (qog‘oz g‘ovaklaridagi gidravlik bosim RN) va prujina (qog‘oz skeletidagi samarali kuchlanish RS) orasida qayta taqsimlanadi (1.127, b rasm). Bu holatda vaqtning har qanday nuqtasida:

RΣ = RN + RS, Pa. (1.73)

Qachonki prujinaning egiluvchanlik kuchlari tashqi yukka teng bo‘lsa, g‘ovaklarda suv bosimi nolga teng bo‘ladi va suyuqlikni oqishi to‘xtaydi (1.127, v rasm).
Qog‘oz qatlami yuqori o‘tkazuvchan bo‘lganida, unga silindr g‘ovak tubining past qarshiligi to‘g‘ri keladi, qog‘oz qatlamining zichlashganligi (porshen harakati) asosan tola skletining egiluvchanlik xossalari bilan aniqlanadi (prujina qattiqligi). Bu holatda suvning gidravlik bosimi katta bo‘lmaydi. Bu holat nazorat ostidagi bosim bilan zichlashtirishga mos keladi, ya’ni bunda tashqi yuk qiymati jarayon samaradorligini belgilovchi omil hisoblanadi




  1. Download 9.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 9.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qog’oz qatlamini zichlash haqida zamonaviy nazariyalar

Download 9.8 Mb.