|
Moshni makkajoxori bilan aralashtirib ekish texnologiyasi
|
bet | 6/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.ttMoshni makkajoxori bilan aralashtirib ekish texnologiyasi
Hozirgi vaqtda dukkakli don ekinlar, makkajo`xori bilan aralash ekinlar maydonlarini kengaytirish hamda ularni hosilini oshirish borasida ko`pgina ishlar bajarilmoqda.Aralashtirib ekilganda ekinlarning yer ustki va yer ostki qismlarining yarusli joylashishi va tashqi muhit omillariga munosabatining turliligiga bog`liq ravishda tuproq sharoitlari va yorug`likdan ancha to`la va samaralifoydalaniladi. Aralashtirib ekishga ekinlar tanlashda faqatgina yem-xashaklik qimmati emas, balki ularning biologik xususiyatlarini xam hisobga olish lozim.Аralashma o`simliklarning muvofiqligi deganda ekinlarning yetishtirish sharoitlariga bo`lgan biologik talabining bir hilligi, ekinlarning bir-biriga minimal darajada salbiy ta`sirda bo`lishi va ularda o`rimbop yetilishning bir vaqtda boshlanishi tushuniladi. Dukkakli ekinlarni makkaxo`xori bilan aralashtirib ekishning afzalligi ularda ildiz tizimi tuzilishining turlichaligi va ildizlarning turlicha o`zlashtiruvchanlik qobiliyatiga ega bo`lishidadir.
Boshoqli ekinlarning ildiz tizimi, xususan jo`xori, makkajo`xorida chuqur va keng tarqaluvchi ko`p sondagi kuchli rivojlangan va shoxlangan ildizlardan iborat bo`ladi. Mavjud ildizlarning qariyib yarmi 0-40 sm qatlamda joylashadi, 0-150 sm qatlamda ⅔ dan ortiqrog`i, 150-250 sm qatlamda esa ⅓ qismi joylashadi. Mazkur ekinlarning ildiz tizimi katta hajmdagi tuproqni qamrab oladi va ular kuchli so`ruvchi kuchga ega bo`ladi. Ularning ildizi yuqori darajada to`yingan tuproq eritmalari namligidan ham foydalanishiga (ayniqsa jo`xori va makkajo`xori) qodirdir. Dukkakli don ekinlari o`zi ajoyib oziq ovqat va yem-xashak manbasi bo`lib qolmasdan, balki boshqa yem-xashaklardan foydalanishni yanada yaxshilaydi[7]. Moshning ildiz tizimi ko`p sonli yon ildizlarga ega bo`lgan o`zakli tipdadir. Ular ikkita vazifani bajaradi: 1) o`simlikning yer ustki qismlariga suv va unda erigan zarur moddalarni yetkazib beradi, 2) ildizida yashovchi to`ganak bakteriyalari yordamida havodan muhim oziqa unsuri – azotni o`zlashtiradi. Ildiz tuganaklari tuproqning havo almashinuvi hech qanday qiyinchiliksiz kechadigan 10-15 sm dan 40-50 sm gacha qatlamida joylashadi. Mazkur tuganak bakteriyalarni evaziga dukkakli ekinlar tuproqda 50 dan 200 kg gacha va undan qo`proq azot qoldiradi [8]. Dukkakli ekinlar tuganak bakteriyalari yordamida havodan azotni tutar ekan, azotni tuproqdan kamroq oladi va bunga bog`liq ravishda dukkakli bo`lmagan ekinlar uchun juda qulay azotli oziqlanish sharoiti yuzaga keladi. Barcha o`simliklar tur xususiyatlariga bog`liq ravishda atrof muhitga turli organik va mineral moddalar ajratadi. Bitta tur o`simlikning ildiz ajratmalari tuproqning kimyoviy tarkibini o`zgartirish, shuningdek unga tegib turuvchi ildizlarga va rizosferada yashovchi mikroorganizmlarga ta`sir etish yo`li bilan unga qo`shni bo`lgan ikkinchi o`simlikka kuchli ta`sir ko`rsatishi mumkin. Mikroorganizmlar atrof muhitgaturli organik moddalar ajratadi, ularbiotik yoki antibiotiklar bo`lishi mumkin.Bir necha turga mansub o`simliklar qo`shilib o`sganda ularning ildiz
va yer usti organlarining ajratmalari, shuningdek ularning rizosferasidagi mikroorganizmlar boshqa turga mansub qo`shni o`simlik ildizi atrofidagi mikroorganizmlarga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Shu bois bir o`simlik ikkinchi tur o`simlikning o`sishiga ham ta`sir etishi mumkin[44].
Makkajo`xorining balandligi sof ekilganda 235 sm, mosh bilan birgaekilganda 226 sm ni tashkil etgan. Qatororalab ekilganda ham o`simlik balandligi sof ekilgandagidan bir muncha past bo`ldi, ya`ni mosh bilan qator oralab ekilganda 214-222 smni tashkil etdi. Sof ekilganda moshning balandligi 85 smbo`ldi, makkajo`xori bilan birga ekilganda esa bu ko`rsatkich ancha yuqori bo`ldi. Bu shunga bog`liqki, bu ekinlarga jo`xori bilan birga ekilganda yorug`lik yetishmaydi, shu tufayli yuqoriga intilib bo`yi ancha cho`ziladi. Birgalikda ekilganda makkajo`xorining barglanishi sof ekilgandagidan bir muncha pastroq bo`ladi. Mosh bilan birga ekilganda uning barg maydoni 29,6-31,7 ming m2/ga ni tashkil etdi. Birgalikda ekilganda ekin turlari barglarining umumiy maydoni sofekilgandagidan yuqori bo`ladi[16].Makkajo`xorini mosh bilan birgalikda yetishtirishda oqsil to`plashni makkajo`xorini sof ekishga nisbatan 1,5-2,0 s/ga ga oshirishga imkon beradi[14].
Demak, sug`oriladigan yerlarda bir yilda ikki marta hosil yetishtirishda mosh, va makkajo`xorini takroriy ekin sifatida yetishtirib, ulardan yuqori va sifatli hosil olish mumkinligini Ye.P.Kostenko qayd etishgan.
Dukkakli don ekinlarni aralash ekish usuli Misr, Hindiston, Xitoyda keng tarqalgan. Kavkazorti mamlakatlari, Ukraina va Moldaviyada qadimdan soya, mosh makkajo`xoriga qo`shib ekiladi. Shunday bo`lsa-da, kuzgi bug`doydan so`ng makkajo`xori va turli dukkakli don ekinlarini sof holda va aralash ekin sifatida yetishtirishda ularning agrobiologik xususiyatlari va tuproq - iqlim sharoitlariga mos navlarni tanlash kabi masalalar ilmiy jihatdan yetarli o`rganilmagan. Shularni inobatga olgan holda, Xorazm viloyati sharoitida kuzgi bug`doydan keyin makkajo`xori va turli dukkakli don ekinlarni sof va aralash ekish samaradorligini o`rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Bunda dukkakli don ekinlarini alohida hamda boshqa don ekinlariga qo`shib ekish va maqbul ekinlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Aralashtirib ekishda o`simliklarning o`zaro munosabati ko`p jihatdan o`sish sharoitiga bog`liqdir. Bunda suv, havo va tuproqning namligi katta ahamiyatga egadir. Tuproqning 0-10 va 10-20 sm qatlamdagi tuproq namligini dukkaklilarning 3-4 barg davrida,makkajo`xorining ro`vak chiqarishi va uning gullashi davrida, tuproqning boshlang`ich namligi sof vaaralash ekilganda bir xil bo`lgan.O`simliklarning o`sishini kuchayishi bilan aralash ekilganda tuproqning namligi 0-10 sm qatlamda 2-4% ga, 10-20 sm qatlamda esa 1-2% ga kamaygan. Аralash ekishda namlikningkamayishi barg maydonining kattaligiga bog`liq bo`lib, namlik ko`p o`zlashtiriladi va bug`lanadi.Ma`lumki, dukkakli don ekinlar yuqori miqdorda oziqa birligi to`planishini ta`minlaydi. Tajribalarda makkajo`xori sof
ekilganda 108,3 s, mosh bilan aralashtirib ekilganda esa 83,4-105,3 s/ga oziqa birligi to`plandi[18].
Dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirish bilan bir qator muammolarni hal qilishga erishamiz, birinchisi tuproqni biologik azot bilan boyitish, azotli o`g`itlarni kam sarflash bo`lsa, ikkinchisi aholini eng sifatli oqsilga boy don bilan ta`minlash, uchinchisi chorva mollari yem-hashak bilan ta`minlanadi.Sug`oriladigan yеrlarda asosiy o`g`itlashda yеrni shudgorlashdan oldin gеktariga 80-100 kg fosfor, 60-85 kg kaliy va organik o`g`itlar solinadi.
|
| |