• D.J. o’rni Nomi Belgisi Oksidlanish darajalari
  • Azot-N.
  • Uyga vazifa
  • Sanoatda
  • Ammiakning ishlatilishi.
  • Kerakli jihozlar
  • 8-sinf Sana : Mavzu




    Download 0.71 Mb.
    bet1/7
    Sana24.04.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #206789
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kimyo8 tezis. 23.05
    Третий закон термо.призентация, Окислительно - восстановительные реакции, aaaaaaa, Fizika fanining boshqa fanlar bilan bog’lanish, Web dasturlash texnologiyelari-2020, yozma ish kolloid, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data, davron kazus javob, GAIBOV ZARIFJON, 2-Mavzu(1), 10-sinf-informatika, Sodda dinamik struktyradir, Access MB ochiq dars, Adoble photoshop, 2 5199598704025147487


    8-sinf

    • Sana : _______________

    Mavzu : Azot guruhchasi elementlari. Azot
    O’qituvchi: Alisher Xojimatov
    Mavzu bayoni: .
    Azot guruhchasi elementlari



    D.J. o’rni

    Nomi

    Belgisi

    Oksidlanish darajalari

    1.

    7

    Azot

    N

    -3,0,1,2,3,4,5

    2.

    15

    Fosfor

    P

    -3,0,3,5

    3.

    33

    Mishyak

    As

    -3,0,3,5

    4.

    51

    Surma

    Sb

    -3,0,3,4,5

    5.

    83

    Vismut

    Bi

    -3,0,3,5

    Bu elementlarning barchasini tashqi energetik qavatini tugallashi uchun 3 ta elektron yetishmaydi.Shu sabab,3ta elektron biriktirib olib -3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
    Azot-N. Molekulyar formulasi-N2
    Tabiatda uchrashi: Havoda erkin holda hajm jihatdan-78%, og’irlik jihatdan -75.5%, NaNO3 - Chili selitrasi tarkibida birikma holida uchraydi.
    Olinishi: Laboratoriyada: CuO+2NH3 = 3Cu+3H2O+N2Sanoatda: havoni suyuqlantirib.
    Fizik xossasi: Rangsiz, hidsiz, ta’msiz, suvda juda oz eriydi, -210oC suyuqlanish harorati,-196 oC qaynash harorati.
    Kimyoviy xossasi: 1)N2 + O2 = 2NO - Q
    2) N2 + 3H2 = 2NH3 + Q
    3) Litiy bilan odatdagi sharoitda ta’sirlashadi: 6Li+N2=2Li3N
    4) 3Mg+N2=Mg3N2 nitridlar-metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari.
    Uyga vazifa: 156-159-betlarni o’qih, 159-bet 1-5-savollar

    • Sana : _______________

    Mavzu : Azotning vodorodli birikmalari
    O’qituvchi: Alisher Xojimatov
    Mavzu bayoni:
    NH3-bu ammiak,molekulasi qutbli.
    Olinishi: NH4Cl + NaOH= NH3 + H2O + NaCl
    2NH4Cl + Ca(OH)2 = 2NH3 + 2H2O + NaCl
    Sanoatda: N2 + 3H2 = 2NH3
    Fizik xossalari: Rahgsiz,o’tkir hidli; Havodan 1,7 marta yengil; 1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi.
    Kimyoviy xossalari:

    1. NH3+ H2O = NH4OH

    2. NH3+ HCl = NH4Cl

    3. 2NH3 = N2+3H2

    4. 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O

    5. 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O

    Ammiakning ishlatilishi.

    • Nitrat kislota ishlab chiqarishda

    • Nitratlar olishda

    • Ammoniyli tuzlarni olishda

    • Mineral o’g’itlarni olishda

    • Portlovchi moddalar tayyorlashda

    • Sovutgich apparatini tayyorlashda

    Uyga vazifa: 159-163-betlar o’qih, savollarga javob yozish



    • Sana : _______________

    Mavzu : Ammiak olish va u bilan tajribalar o’tkazish. Amaliy mashg’ulot
    O‘qituvchi: Alisher Xojimatov
    Mavzu bayoni:
    Amaliy mashg’ulot maqsadi: Ammiakning olinishi, uning fizik va kimyoviy xossalarini amaliy tajribalar asosida o’rganish
    Kerakli jihozlar: Probirkalar, probirka uchun shtativ, kolbalar, shpatel, gaz o’tkazuvchi nay, chinni hovoncha
    Kerakli reaktivlar: Ca(OH)2, NH4Cl, HNO3, HCl, H2O
    Ishning borish tartibi: Teng hajmda ammoniy xlorid va so’ndirilgan ohak kukunidan olib, chinni hovonchada yaxshilab aralashtiladi. Hosil bo’lgan aralashmani probirkaning 1/3 qismiga solib, ohista qizdiriladi, probirkaning og’zi o’tkazuvchi nayli tiqin bilan mahkamlanadi. Gaz o’tkazuvchi nayning ikkinchi uchi shtativga teskari o’rnatilgan probirkaga jorlashtiriladi. Probirkaga ammiak to’lganligiga ishonch hosil qilgach proborkaning og’zini tiqin bilan berkitib, shtativga teskari o’rnatilgan probirkaga yi’g’ib olinadi. Ammiak yig’ilgan probirkaga suv to’ldiriladi. Ammiak suvda yaxshi eriganligi sababli probirkaga suv tezda to’ladi. Keyin ammiak eritmasidan boshqa probirkaga olib, unga lakmus qog’oz tushiriladi. Qog’oz ko’k rangga kiradi. Boshqa probirkaga yig’ib olingan ammiak eritmasiga bir tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. Bunda eritmaning rangi qizil tusga kiradi.
    Gaz o’tkazgich nayidan chiqayotgan ammiak gazi xlorid kislota solingan probirkaga tushiriladi, nayning uchi kislota eritmasidan 5-6 mm balandlikda turishi kerak. Bunda oq tutun hosil bo’ladi.

    Download 0.71 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.71 Mb.