|
Davriy sistemaning V b guruh elementlari. Azotning vodorod bilan hosil bo’lishi
|
Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 18,41 Kb. | | #107200 |
Bog'liq Davriy sistemaning V - B guruh elementlari. Davriy sistemaning V - B guruh elementlari.
Reja:
Davriy sistemaning V - B guruh elementlari. Azotning vodorod bilan hosil bo’lishi. Vanadiyning zichligi.
Azot,fosfor,mishyak,surma va vismutlar davriy tizimning beshinchi guruhini tashkil etib,pelementlar deyiladi.Bu guruh elementlarining elektron konfiguratsiyasi ns2p3.S energetik pog’onadagi elektronlar juftlangan,p pog’onasidagi elektronlar esa yakka holda joylashgan bo’ladi.Guruh elementlarining atomi tashqi energiya ta’siridan qo’zg’algan holatga o’tkazilganda juftlangan elektronlarning biri d pog’onachaga o’tib,yakkalangan elektronlarning soni 5 taga yetadi.Shuning uchun ham guruh elementlariing birikmalardagi oksidlanish darajasi -3dan +5gacha o’zgaradi.Guruh elementlarining vodorodli birikmalar VI vaVII guruh elementlarining vodorodli birikmalariga qaraganda kamroq qutblangan.Shuning uchun ham azot guruhidagi elementlarning vodorodli birikmalari,suvli eritmalarda vodorod ionini hosil qilmaydi,ya’ni kislotali xarakterga ega emas.
Guruh elementlarining yuqori oksidlari E2O5 kislotali osid bo’lib,mos ravishda HEO3 va H3EO4 shakildagi kislotalarni hosil qiladi.Guruhdagi elemental birikmalarininng ko’pchiligi farmasevtik dorivor moddalari sifatida ishlatiladi. Shuning uchun guruh elementlarini alohida o’rganish maqsadga muvofiq.Tabiatda azodning 14 7N(99,6%); 15 7N(0,37%) izatoplari barqaror. 4 ta izatopi sun’iy usulda olingan.Azotning ko’p qismi tabiatda erkin holda uchraydi.Azod murakkab organic birikmalar-oqsil moddalari tariqasida,har bir o’simlik va har bir tiri organizmning tarkibiga kiradi.Hujayralarning eng muhim qisimlari protoplazma va yadro oqsil moddalaridan tuzilgan.Oqsil bo’lmasa,hayot ham bo’lmaydi.Azodsiz oqsil bo’lmaydi.Toza azod rangsiz,hidsiz,mazasiz,yashashgava yonishga yordam bermaydigan,100hajm suvda 1,54 hajm eriydigan -209,9oC suyuqlanib,-195,8oC qaynaydigan gaz. Sanoatda azod havodan ajratib olinadi
Laboratoriyada azod uchun oldin konsentrlangan va qaynoq NaNO2 hamda NH4CL eritmalarini aralashtirib,NH4NO2 olinadi:
NaNO2+NH4CL=NaCL=NH4NO2
Hosil bo’lgan NH4NO2 oson parchalanadi:
NH4NO2 N2+2H2O
Bunda mutlaq toza azot olinadi.Azot kimyoviy jihatdan olganda nihoyatda inertdir.Azot odatdagi haroratda faqat litiy bilangina birikadi.Azot qizdirilganda boshqa ba’zi bir metallar bilan ham birikishi mumkin:
6Li+N2=2Li3N
3Ca+N2=Ca3N2
2Al+N2=2AlN
Azot vodorod bilan bir necha birikma hosil qiladi.Ulardan eng asosiysi ammiak(NH3).Laborotoriyada ammiak ammoniy tuzlari hamda ishqoriy va ishqoriy-yer metal oksidlari yoki gidroksidlari aralashmasini qizdirish yo’li bilan olinadi:
2NH4Cl+Ca(OH)2=2NH3+CaCl 2 +2H2O
2NH4Cl+CaO=2NH3 +CaCl2 +H2O
Toza ammiak-rangsiz,o’ziga xos o’tkir hidli,havodan biroz yengil,zaharli gaz.Ammiak odatdagi bosimda-33,4oC da suyuqlanib,77,8oC da kristallanadi.Normal sharoida bir hajm suvda 710 hajm ammiak eriydi.Ammiakning suvli eritmasi ishqoriy sharoitni hosil qiladi.Ammiakning suvdagi konsentrlangan eritmasi novshadil spiriti deyilib,tarkibida25%NH2 saqlaydi,uning zichligi 0,91 g/sm 3 ga teng.Tibbiyotda ishlatiladigan novshadil spiritining tarkibida 10%NH3 bo’ladi.Harorat ortishi bilan ammiakning suvdagi eruvchanligi kamayadi.Ammiak kimyoviy jihatdan faol,asosli xossaga ega.U kislatalar bilan birikib,tuz hosil qiladi:
NH3 +HCl=NH4Cl
NH3+HNO3=NH4NO3
2NH3 +H2 SO4=(NH4)2 SO4
Suvli eritmasi ishqoriy muhitga ega:
NH3+H2O NH3*H2O NH4OH NH4 +=OH-
NH4OH kuchsiz asos KD=1,8*10-5
Ammiak kislorodda yonadi.Bunda azot,platina katalizatori ishtirok etsa,azot(II)oksid hosil bo’ladi.
4NH3+3H=2N2+6H2O
4NH3+5O 2 pt 4NO+6H2O
Vanadiy (Vanadium), V - Mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, atom massasi 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5"V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10 yil.
Vanadiyni 1801-yilda meksikalik mineralog Vanadiy Vanadiy Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830-yilda shved kimyogari Vanadiy Vanadiy Sefstryom temir rudasida yangi element topib, uni skandinaviyalik goʻzallik xudosi Vaiadis nomi bilan atagan. Vanadiyning Yer poʻstidagi miqdori (ogʻirligi jihatdan 1,91O~2%, okean suvlarida 310-’%, oʻsimlik kullari tarkibida 6,1-10-3% boʻlib, anchagina tarqalgan, lekin asosan togʻ jinslari va minerallarda uchraydi.
Vanadiyning zichligi 6,11 g/sm3; suyuqlanish temperaturasi 1920", qaynash temperaturasi 3400". Odatdagi temperaturada havo, dengiz suvi va ishqor eritmalari taʼsiriga berilmaydi; korroziyaga chidamliligi jihatdan titan va poʻlatdan yuqori turadi. Vanadiy 2, 3, 4 va 5 valentli birikmalar beradi. Shunga binoan VO bilan V2O3 (asos xossasi bor), VO2 (amfoter) va V2O5 (kislotalik xossaga ega) kabi oksidlari bor. Kislota va suvga chidamli nitridi VN (suyuqlanish temperaturasi 2360°) va yuqori darajada qattiq karbidi VC (suyuqlanish temperaturasi 2800°) maʼlum.
Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada poʻlat, choʻyan va qotishmalarning mustahkamligini, issiqqa, yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruksion material sifatida ishlatiluvchi poʻlat tarkibiga ham kiradi. Galliy, kremniy va titan bilan hosil qilgan baʼzi qotishma hamda birikmalari oʻta oʻtkazuvchanlikka egaligi bilan diqqatga sazovor. Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, toʻqimachilikda, lok-boʻyoq, rezina, sopol, shisha ishlab chiqarishda, foto va kino sanoatida ishlatiladi. Vanadiy birikmalari zaharli.
|
| |