|
Vаriаnt №15 Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi 1-keys
|
Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 25,52 Kb. | | #101108 |
Bog'liq iqtisodiyot nazariyasi
Vаriаnt № 15
1. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri
2. Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi
1-keys
Quyidagi jadvalda to‘rtta iste’molchining ma’lum bir mahsulotga talabining individual hajmi berilgan.
|
Narx (ming so‘m), talab hajmi, dona
|
10
|
9
|
8
|
7
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
1
|
Abduhamid
|
0
|
0
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
2
|
Odiljon
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
3
|
Olimjon
|
0
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
4
|
Erkinjon
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
7
|
a) agar bu sof xususiy ne’mat bo‘lsa, bozor talabi hajmini aniqlang;
b) agar u sof ijtimoiy ne’mat bo‘lsa, unga jamoa talabi miqdorini aniqlang.
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.S.Asatullayev
Javoblar.
1. . Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat. Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida. Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. www.ziyouz.com kutubxonasi 3 Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda. Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi. Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliyavalyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq. To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan choratadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq. 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi. Ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so‘z borayotgani yo‘q, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanmoqda, xolos. Ya’ni, bu www.ziyouz.com kutubxonasi 4 masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish haqida so‘z yuritishga asos yo‘q. Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi. Shu bilan birga, mazkur sammitning bo‘lib o‘tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik. Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli www.ziyouz.com kutubxonasi 5 darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. Ayrim misollarga to‘xtalib o‘tsam. Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir. Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda. Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilindi. Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq. Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin emas. O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi. Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga to‘la mos keladi. Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va www.ziyouz.com kutubxonasi 7 tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi. Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda. Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatdan hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari iqtisodiy siyosatning maqsadlari Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi, uning faoliyat sohasi. Faoliyat sohasining chegaralari. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning zarurati. Faqat bozor yoki bozor mexanizmi orqali tartibga solib bo`lmaydigan ijtimoiy va takror ishlab chiqarish jarayonlari. Davlat bajarishi shart bo`lgan ijtimoiy- iqtisodiy funktsiyalari va vazifalari.Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishdan ko`zlangan asosiy maqsadlar. Iqtisodiy siyosat tushunchasining mazmuni. Iqtisodiy siyosat elementlari va tamoyillari. Jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligi. Iqtisodiyot sub`ektlarining hokimiyat organlari bilan o`zaro munosabatlari.Iqtisodiy resurs va daromadlarning aylanishini oqilona boshqarish. Iqtisodiy siyosat texnologiyalari. Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy usullari va vositalari.Iqtisodiy siyosat maqsadlari. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishning samarali tizimini yaratish. Siyosiy va iqtisodiy strategiya. Davlat iqtisodiy strategiyasi turlarining klassifikatsiyasi 2.Iqtisodiyotni davlat tomonidantartibga solishning nazariy asoslari. Merkantilizm maktabi namoyondalari va fiziokrat maktabi asoschisi Fransua Kenening iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli haqidagi nazariy qarashlari. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning o`rni haqida Angliya klassik siyosiy iqtisod namoyondalari kontseptsiyasi. Iqtisodiy liberalizm, iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli muammolari va uning mazmuni. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va inqirozga uchragan iqtisodiy liberalizm nazariyasida iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor mexanizmi o`rni haqida. Davlatning iqtisodiy rolihaqidagi mexanizmining kamchiliklari, salbiy oqibatlarga,ya`ni inqirozlarga olibkelishi mumkinligi, bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi. davlatning iqtisodiy vazifalarini, davlat iqtisodiy siyosatining va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslarini, bu boradagi turli nazariy kontseptsiyalarni, davlat iqtisodiy siyosatining va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish shakllari, usullari va vosita(dastak)larini bilishi kerak; - O`zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmining shakllantirilganligi hamda uning o`ziga xos xususiyatlarini; davlat iqtisodiy siyosatining maqsad va vazifalarini, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarishning iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdagi o`rni va ahamiyatini o`rganishi, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni dasturlash, prognozlash va rejalashtirish shakllari va usullari to``grisidagi bilim vako`nikmalariga ega bo`lishi kerak; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning byudjet-soliq, pul-kredit usullarini qo`llash; ijtimoiy sohani boshqarish, ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish usullarini; davlatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashi indikatorlarini tahlil qilish; jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda yuz berayotgan jarayonlarga baho berish; O`zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida barqaror va mutanosib o`sishni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarni hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ko`nikmalariga va malakalariga ega bo`lishi kerak; -davlatning iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o`zgartirish va uni modernizatsiya qilishga qaratilgan tarkibiy-investitsion siyosatini, davlatning agrar, raqobat muhitini shakllantirish, mamlakat mintaqalari va hududlarini keng qamrovli rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash hamda ekologiya sohalaridagi siyosatlarining maqsad va vazifalarini, ularni amalga oshirish usullarini va vositalarini tahlil qilish bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak. qarashlar borasida Keyns inqilobi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish usullari va shakllari bo`yicha Keyns kontseptsiyasining asosiy mazmuni. Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariya. Zamonaviy nazariyada ikki muqobil maktablarning aralashishi: yangi konservator va yangi keynschilik. Monetar nazariya va siyosatning iqtisodiyotni tartiblash vositalari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va xususiyatlari.
3. Iqtisodiy islohotlar va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmining shakllanishi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlar maqsadi va strategiyasi. Davlatning bosh islohotchi sifatidagi vazifalari. Sobiq totalitar tuzumning iqtisodiyotni boshqarish organlari va ularning markazlashtirilgan, ma`muriy-buyruqbozlik boshqarish usullarining salbiy oqibatlari. O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida institutsional( ma`muriy) islohotlarining zarurligi va maqsadi. Institutsional(ma`muriy) islohotlarning asosiy yo`nalishlari. Institutsional(ma`muriy) islohotlar va iqtisodiyotni boshqarish tizimining tubdan o`zgartirilishi jarayonlari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning yangi tizimining yaratilishi. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan yangi strategiyasi va siyosatining maqsadi, vazifalari va asosiy yo`nalishlari. Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda O`zbekistonda davlat iqtisodiy siyosatining iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi faoliyatining ijobiy natijalarini o’rganish.
4.O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish-iqtisodiyotni tartibga solish vositasi. Davlat mulki va tadbirkorligi. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o`rni va ahamiyati masalasi. Davlat mulkining bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan taribga solishdagi o`rni va ahamiyati. Iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarining o`zaro aloqadorligi hamda ta`siri. Davlat tadbirkorligi va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o`rni va ahamiyati. Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikningrivojlanishini ra`gbatlantirish mexanizmi. Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishning maqsadi va bosqichlari.Davlat mulkini xususiylashtirishning hozirgi bosqichining o`ziga hos hususiyatlari.Davlat mulkini boshqarish. Davlat mulkining xususiy sektor rivojlanishini qo`llabquvvatlashdagi ahamiyati.Davlat haridi va uning ichki bozorni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati. Xususiy mulk va mulkchilik munosabatlarining davlat tomonidan himoya qilinishi va kafolatlanishi.Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo`llari.
5.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni dasturlash, prognozlashtirish va rejalashtirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni dasturlash va prognozlashtirishning zarurligi va ahamiyati. Prognozlashtirishning iqtisodiy siyosatda tutgan o`rni. Prognozlar klassifikatsiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va o`rta muddatli prognozlar.Ilmiy prognozlashtirishning printsiplari va prognozlarni ishlab chiqish bosqichlari, usullari. Dasturlash varejalashtirish davlatning iqtisodiy boshqaruvi funktsiyalari sifatida. Dasturli-maqsadli rejalashtirish nazariyasining asoslari. Maqsadli dasturlar klassifikatsiyasi va ularni ishlab chiqish printsiplari va bosqichlari. Direktiv reja. Indikativ rejalashtirish. Iqtisodiyotni dasturlash,prognozlashtirish,rejalashtirish vositalari yordamida davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari va ahamiyati. Rivojlangan mamlakatlarning prognozlashtirish, dasturlash va rejalashtirish borasidagi tajribalari. O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish va dasturlash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy dasturning ustuvor yo`nalishlari.Eng muhim tarmoq, sohalarni rivojlantirish dasturlari. “Harakatlar strategiyasi”davlat dasturining maqsad va yo`nalishlari.
6. Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantirish. Raqobatning kategoriyasining mohiyati va shakllari. Raqobatlashish usullari.Raqobatning vazifalari va uning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati. Raqobatning bozor iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari.Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari. Davlatning iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosati va uning asosiy yo`nalishlari, usullari. Rivojlangan mamlakatlarda antimonopol siyosatni amalga oshirilishi tajribalari. O`zbekistonda davlatning raqobat siyosati. Davlat tomonidan raqobatni qo`llab quvvatlash va ra`gbatlantirish maqsadlari hamda yo`nalishlari O`zbekiston Respulikasining “Raqobat to``grisida”gi qonunining mazmuni va uning monopolistik faoliyatni tartibga solish hamda raqobatni rivojlantirish, himoya qilishdagi ahamiyati. Raqobatni yanada rivojlantirish va himoya qilishni kuchaytirish yo`llari.
7. Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik vazifasi va davlatning narx va inflyatsiyaga qarshi siyosatlari Narx va qiymatning zamonaviy nazariyasi - mehnatning qiymati va qiymatni qayta taqsimlash nazariyasining sintezi sifatida. Mehnatning qiymati nazariyasi va qayta taqsimlangan qiymat nazariyalarining zamonaviy nazariyadan farqi. Sobiq Sovet ittifoqi va uning respublikalaridagi markazlashgan-rejali iqtisodiyotda narx belgilashning bozor iqtisodiyotidagi narx belgilashdan farqi. Davlatning ijtimoiy siyosatida narx belgilashning o`rni. Bozor iqtisodiyotida narx ko`rinishlari. Narx va uning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Narxning regulyatorlik vazifasi va uning bozor iqtisodiyotini tartiblashdagi ahamiyati. Davlatning narx siyosatining maqsad va vazifalari. Davlat narx siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari vavositalari. yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, MDH mamlakatlari va A QSh da qishloq xo`jaligi mahsulotlarini narxini boshqarish xususiyatlari. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosatining maqsadi, usullari.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharotida inflyatsion jarayonlarning xususiyatlari va uni oldini olish choralari.
8.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning byudjet-soliq siyosati vositalari. Davlat byudjeti – davlat moliya fondining asosi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning muxim shakli sifatida. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat byudjeti va YaIM mutanosibligi davlat iqtisodiy salohiyatini ko`rsatuvchi ko`rsatkich sifatida. Davlatning byudjet siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami, mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida davlat byudjeti resurslarining taqsimlanishi iqtisodiyotni davlat boshqaruvi ko`rsatkichi sifatida. O`zbekiston davlat byudjeti va uning shakllanishi va taqsimlanishining xususiyatlari. Soliq va uning vazifalari. Soliq va iqtisodiy o`sish. Davlatning fiskal siyosati. Soliq imtiyozlari alohida ishlab chiqarish turlarini ra`gbatlantirish vositasi sifatida. Soliq imtiyozlarining asosiy ko`rinishlari: soliq krediti, tezlashtirilgan amortizatsiya, tovar ishlab chiqaruvchilarni ra`gbatlantirish, chet el investitsiyalarini jalb qiluvchi imtiyozlar, ba`zi ishlab chiqarish ko`rinishlarini soliqlardan ozod qilish. O`zbekistonda soliq tizimini yanada takomillashtirish va uning ra`gbatlantiruvchilik rolini kuchaytirish yo`llari.
9.Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning pul-kredit siyosati vositalari. Pul va pul muomalasi, pulga bo`lgan talab va pul taklifi.Davlatning pul muomalasini tartibga solishi. Pul emissiyasi va uni nazorat qilish.Kredit va bank tizimining bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Davlatning monetarsiyosati va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati. Pulkredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli. O`zbekistonning kredit tizimi. O`zbekistonning bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. Iqtisodiyotni, biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash va moliyaviy qo`llab-quvvatlash.Rivojlangan mamlakatlardaiqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartiblash muammolari. Jahon moliyaviy –inqirozining yuz berish sabablari. O`zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatishda banktizimining roli. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozihamon davom etayotgan sharoitda O`zbekistonda bank tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo`llari.Pul-kredit tizimini tartibga solishni yanada takomilashtirish yo`nalishlari.
10.Jamiyatning ijtimoiy sohasi va davlatning ijtimoiy siyosati. Jamiyat ijtimoiy sohasi, uning tarkibi va jamiyat rivojlanishidagi roli. Ijtimoiy (sotsial) siyosat tushunchalarining mazmuni. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushunchalarining o`zaro bo`gliqligi. “Sotsial davlat” tushunchasining mazmuni.Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari. Aholi turmush darajasini oshirish samarali ijtimoiy siyosatning maqsadi ekanligi. Ijtimoiy sohada davlat boshqaruvining shakllari va vositalari. O`zbekistonda davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta`minlash yo`llari. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o`stirish. Kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoyalash. O`zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat mexanizmining va kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoyalash tiziminingshakllanishiva rivojlanishi.Davlatning ta`lim, so`gliqni saqlash, madaniyat va sport sohalaridagi siyosatining maqsadlari va ularni amalga oshirishning yo`nalishlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O`zbekistonda aholini ijtimoiy qullab-quvvatlash va turmush darajasini oshirishning ustuvor yo`nalishlari.
11.Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va uni ta`minlashning ahamiyati. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo`lish shakllari. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ko`rsatkichlari indikatorlari. Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadlari vazifalari. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari. O`zbekistonda ichki ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda erishilgan natijalar istiqbol yo`nalishlar. Mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, uyushmalar faoliyatida ishtiroki bilan bo`gliq iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash yo`llari.Mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashning uzviy bo`gliqligi.
12.Bozor iqtisodiyotida davlatning makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlash va inqirozga qarshi siyosati. Makroiqtisodiy muvozanat va uning bozor iqtisodiyotida namoyon bo`lish shakllari. Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati. Iqtisodiy tsikl va inqirozlarning kelib chiqish sabablari. Iqtisodiy inqirozlarning turlari. Global moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari.Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida O`zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari.Islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, inqirozga qarshi choralar dasturining bajarilishi hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlanishi. Hozirgi davrda global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning hamon davom etishi sabablari va uning rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta`sir etishitendentsiyalari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta`sirini yumshatishga imkon bergan omillar. O`zbekistonning inqirozga qarshi choralar dasturining maqsadi, yo`nalishlari va amalga oshirilishi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etishi sharoitida O`zbekiston iqtisodiyotini barqarorva mutanosib rivojlantirish istiqbolyo`nalishlari. .
13.Davlatning tarkibiy-investitsiyaviy siyosati. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi siljish va o`zgarishlar,ularni belgilab beruvchi omillar. Davlat tarkibiy siyosatining mazmuni, zarurligi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Tarkibiy siyosatning maqsadi, printsiplari va yo`nalishlari. O`zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o`zgartirishning zarurligi. O`zbekistonda davlatning tarkibiy siyosatining o`ziga xos xususiyatlari. Chuqur tarkibiy o`zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni amalga oshirishning asosiy bosqichlari va yo`nalishlari. Investitsiyalar va investitsion faoliyat. Investitsiya siyosatining mazmuni va uning davlat iqtisodiy siyosatidagi o`rni. Investitsiyasohasidagi davlatning uzoq muddatli strategiyasi va uning ustuvor jihatlari.O`zbekistonda davlat investitsion siyosatining maqsadlari va asosiy yo`nalishlari. To``gridan-to``gri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishni ra`gbatlantirish.Investitsion faoliyatni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish masalalari. Aholi jam`garmalarini va korxonalarning o`z mabla`glarini investitsiya jarayonlariga jalb etishni ra`gbatlantirish yo`llari. 14.Agrar sohani davlat tomonidantartibga solish va qo’llab-quvvatlash. Davlat agrar siyosatining mohiyati va maqsadi.Qishloq xo`jaligi sohasiga davlat aralashuvining zarurligi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish tarkibini tubdan o`zgartirish zarurati. Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmasi. Fermerlikni rivojlantirishda davlatning roli. Qishloq xo`jaligi rivojlanishini davlat tomonidan qo`llabquvvatlashning asosiy yo`nalishlari. O`zbekistonda agrar sohada olib borilayotgan islohotlarning o`ziga xos xususiyatlari. Agrar sohadagi mulkiy, moliya, narx sohalaridagi hamda yer va suv islohotlari. Bozor iqtisodiyotiga xos agrar-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi. Agrar sohada xo`jalik yuritish shakllari. O`zbekistonda fermer va dehqon xo`jaliklari faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvatlash yo`nalishlari. Agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish yo`nalishlari.
15.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy taadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o`rni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Biznes va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashda davlatning mikroiqtisodiy siyosati. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo`nalishlari. Davlatning xususiy tarmoq va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishining usul va vositalari. Davlat tomonidan ishbilarmonlik-biznes uchun amaliy qulay sharoit va muhitning tu`gdirib berilishi. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini ra`gbatlantirish va qo`llab-quvvatlash tizimi.Tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligi haqidagi printsipning joriy etilishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini ra`gbatlantirish uchun berilgan imtiyoz va preferentsiyalar.O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va ularni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vazifalari. O`zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari. Xususiy mulk va sektorning ustuvorligini amalda ta`minlash, uni qo`llabquvvatlash va dahlsizligini kafolatlashning istiqbol yo`nalishlari.
16.Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari. Mintaqaviy iqtisodiyot. Davlat mintaqaviy siyosatining mohiyati, printsiplari va maqsadlari. Iqtisodiy hududlarni kompleks rivojlantirish. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalaridagi farqlar va ularni tenglashtirish muammolari. Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish.Hududlar rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy usullari hamda vositalari. Davlatning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari.O`zbekistonda mintaqaviy siyosatning o`ziga xos xususiyatlari. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari va ularni amalga oshirish yo`llari.Hududlarning rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirish chora-tadbirlari. Davlatning mintaqaviy siyosatini takomillashtirish yo`nalishlari.
17.Davlatning tabiiy resurslardan foydalanish jarayonlarini tartibga solishi va ekologiya sohasidagi siyosati. Tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish tizimi va atrof-muhitni saqlash. Davlatning ekologik siyosatining shakllanishi. Davlatning tabiatdan foydalanish vazifalari. Atrof-muhit monitoringi. Ekologik me`yorlashtirish. Ekologik standartlar. Davlatning ekologik ekspertizasi. Ekologik litsenziyalashtirish. Ekologik nazorat. Ekologiyani davlat tomonidan himoya qilishning iqtisodiy mexanizmi. Tabiiy resurslar va ob`ektlarning kadastri. Ekologik moliyalashtirish. Ekologik su`gurtalash fondlari. Tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish jarayonlarini boshqarish bo`yicha davlat organlarining vazifalari.O`zbekistonda tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilishning o`ziga xos xususiyatlari. O`zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to``grisida”gi qonuni va uning ahamiyati. Davlatning ekologik siyosatini takomillashtirish yo`llari.
18. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo`nalishlari va ularni tartibga solish printsiplari. Ilmiy asosga ega bo`lgan tashqi iqtisodiy strategiya va siyosat. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari.Davlatning tashqi savdo siyosati. Eksport siyosati.Import siyosati. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi. Davlatning bojxona siyosati va uning maqsadi, usullari. Bojxona ishi.Boj to`lovlari. Demping va antidemping, eksport va import tovar oqimlarini kvotalash. Litsenziyalash.O`zbekistonda tashqi iqtisodiy siyosatning o`ziga xos xususiyatlari.Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo`llari. O`zbekistonning jahon xo`jalik tizimiga integratsiyalashuv mexanizmlari. O`zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarida ishtirok etishini davlat tomonidan tartibga solishi.Mamlakat iqtisodiy raqobatbardoshligini ta`minlashda davlatning roli va vazifalari. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish yo`llari.
3. a) Agar bu sof xorijiy bozor bo'lsa, bozor talabining hajmi har bir narx nuqtasidagi alohida talablar yig'indisiga teng bo'ladi. Bozor talabi hajmini aniqlash uchun har bir iste'molchi talab qilgan miqdorlarni har bir narx nuqtasida quyidagicha qo'shishimiz mumkin:
10 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 0
9 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 0 + 1 = 1
8 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 0 + 2 + 1 = 3
7 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 1 + 4 + 2 + 3 = 10
6 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 2 + 5 + 3 + 4 = 14
5 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 3 + 6 + 4 + 5 = 18
4 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 4 + 7 + 5 + 6 = 22
3 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 5 + 8 + 6 + 7 = 26
2 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 6 + 9 + 7 + 8 = 30
1 narxida talab qilingan umumiy miqdor = 7 + 10 + 8 + 7 = 32
Demak, agar bu sof xorijiy bozor boʻlsa, bozor talabining hajmi 32 birlik boʻladi.
b) Agar bu sof ijtimoiy foyda bo'lsa, bozor talabining hajmi har bir narx nuqtasidagi individual talablarning yig'indisi bo'ladi, mahsulot iste'molidan yaratilgan ijtimoiy foyda yoki qiymatga moslashtiriladi. Bu holatda bozor talabining hajmini aniqlash uchun bizga mahsulotni isteʼmol qilish bilan bogʻliq ijtimoiy manfaatlar va bu manfaatlarni qanday kvantlash toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot kerak boʻladi. Bu maʼlumot boʻlmasa, sof ijtimoiy manfaatlar stsenariysida bozor talabining hajmini aniqlay olmaymiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vаriаnt №15 Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi 1-keys
|