|
Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizatsiya va asosiy yo'lanishlari Reja
|
Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 40,09 Kb. | | #263656 |
Bog'liq Xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizatsiya va asosiy yo\'lanishlari
Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizatsiya va asosiy yo'lanishlari
Reja:
Xorijiy investitsiyalarni tushunchasi va uning turlari
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar
Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:
chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:
ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
tenderlar eʼlon qilish;
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatllil yangi tennin hisoblanadi. Investitsiya (lot. investio - 0' rash) - iqtisodiyotni rivojlalltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda iuvcstitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatiui tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamclti e'tibor beriladi. Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmuni to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida xilma-xil qarashlar va flkrlar mavjud. Bu so'zning ham keng ma'nosidan, ham tor ma'nosidan foydalanish mumkin. «lnvestitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta'rif berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida invcstitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta'rif berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi PF-4434 sonli Farmoni bilan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar
1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi.
2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha talablar va cheklovlar o’rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha Davlat komissiyasiga (R.S. Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.
5. Vazirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.
6. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar
2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va (ro’yxat bo’yicha) iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda hukumat aʼzolari, davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Shu yil 19-iyulda qabul qilingan qarorga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida umumiy qiymati 64 milliard dollar boʻlgan 849 ta loyiha roʻyxati shakllantirildi. Davlatimiz rahbari joriy yilda 5 milliard 800 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi zarurligini alohida taʼkidladi.
Bu borada tartib-intizom va samaradorlikni taʼminlash maqsadida joriy yilgi loyihalarni amalga oshirish uchun nafaqat Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va tarmoq idoralari rahbarlari, balki Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari, vazirlar, qoʻmita raislari hamda Prezident maslahatchilari shaxsan masʼul etib biriktirildi.
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri barcha investitsiya loyihalariga umumiy rahbarlik qilish bilan birga 144 ta loyiha boʻyicha, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari 18 ta loyiha boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga bosh-qosh boʻladi.
Videoselektorda qaysi rahbar qanday investitsiya loyihalariga masʼul ekani, ularning qiymati va bajarilish muddatlari birma-bir muhokama qilindi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb etish holati boʻyicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.
Loyihalarni amalga oshirishga masʼul har bir rahbar shu boʻyicha jadval tayyorlab, har hafta hududga chiqishi, loyiha tashabbuskorlari bilan gaplashib, muammosi boʻlsa, zudlik bilan hal etishi, loyihalarni doimiy ravishda monitoring qilib borishi zarurligi taʼkidlandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda loyihalar monitoringi boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish vazifasi qoʻyildi.
“Agar loyihalarni amalga oshirish monitoringini avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazmas ekanmiz, bu boradagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlay olmaymiz. Bu tizim toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoya kiritayotgan investorlarga amaliy qoʻmaklashib, ularning ishini osonlashtirishi zarur” dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yaqinda Jizzax viloyatida xalqaro investitsiya forumi va Tovar ishlab chiqaruvchilar milliy koʻrgazmasini oʻtkazish rejalashtirilgan. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Jizzax viloyati hokimligiga mazkur tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish, har bir soha, tarmoq va hudud boʻyicha maxsus taqdimotlar tayyorlab, namoyish etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda mahalliy hokimliklar rahbarlarining xorijiy davlatlarga uyushtirgan xizmat safarlari natijalariga ham eʼtibor qaratildi.
Avval berilgan topshiriqqa muvofiq, Ishchi guruh tomonidan bu boradagi ishlar oʻrganilgani, xususan, Fargʻona, Andijon, Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida bir qator muammolar aniqlangani qayd etildi. Ushbu hududlarda farmatsevtika, elektrotexnika va mashinasozlik sohasida keng imkoniyatlar boʻlsa-da, asosan qurilish materiallari va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari bilan cheklanib qolingani tanqid qilindi. Yuqori texnologik tarmoqlarga asoslangan loyihalar esa umuman yoʻq.
Koʻpchilik delegatsiya aʼzolarining maqsadli dasturi boʻlmagani, chet elliklarga hududning iqtisodiy salohiyati boʻyicha aniq maʼlumotlar bermagani, ayrim kelishuvlar qogʻozda qolib ketayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, joriy yilning mart oyida Belgiyaga borgan Namangan viloyati delegatsiyasi Norin tumanida 200 bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik kompleksini tashkil etish boʻyicha 3 million dollarlik loyiha kelishuvini imzolagan. Biroq, oradan 5 oy oʻtganiga qaramasdan uni amalga oshirish boʻyicha amaliy ish boshlanmagan.
Qator delegatsiyalar xizmat safari davomida shartnomalarning quruq soni ortidan quvayotgani, oqibatda ushbu bitimlar natijador boʻlmay, oʻta mavhum, madaniy-gumanitar xarakterga ega boʻlib qolayotgani qayd etildi.
Shu bois Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligiga mahalliy delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari oldidan tashrifning maqsadi, taklif etilayotgan loyihalar va kutilayotgan amaliy natijalar boʻyicha taqdimot oʻtkazishi tartibini joriy etish vazifasi qoʻyildi. Xizmat safarida erishilgan kelishuvlar boʻyicha “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallari ishlab chiqish hamda qatʼiy ijro etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko‘pdir. Shuningdek, joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 377 ta hududiy va 148 ta tarmoq loyihalari bajarilishi belgilangan.
Davlatimiz rahbari loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini yengillashtirish dolzarb masala ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20-iyun kuni qabul qilingan “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ana shu maqsadga qaratilgan. Mazkur qarorga ko‘ra, bundan buyon Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda to‘lov olinmaydi.
Shuningdek, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, hukumat kafolatlagan kreditlar hisobidan tovarlarni davlat uchun xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlari va import shartnomalarini ekspertiza qilishda ham haq to‘lanmaydi. Dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertiza qilish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori 4 barobargacha qisqartirildi.
Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan yoki bir bosqichli loyihalar bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy hisobot ishlab chiqish talabi bekor qilindi.
Prezidentimiz qarorda belgilangan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlar tayyorlash, ekspertiza qilish hamda tasdiqlashning yangi, yanada soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Joriy yil uchun tasdiqlangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan, bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan har bir loyihani jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar, ichimlik suvi tarmoqlari va boshqa ijtimoiy ob’ektlar qurish ishlarini moliyalashtirish hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflar yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan 2018-2019-yillarda ushbu hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 317 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Buning natijasida jami 219 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bu loyihalar uchun joy ajratish, infratuzilma tarmoqlariga ulash ishlarini o‘z vaqtida hal qilish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Xorijiy davlatlarga tashriflar va muloqotlar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo‘lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to‘g‘risida birlamchi kelishuvga erishilgani qayd etildi. Bu investitsiyalarni o‘zlashtirish biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog‘liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo‘naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Keng imkoniyatlari bo‘lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiy viloyatida 9 ta loyiha, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilayotgani qayd etildi. Qashqadaryoda 13 ta tumanda, Farg‘onada 11 ta, Surxondaryoda 10 ta, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namanganda 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.
Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish kerak. Investitsiya qo‘mitasining viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xorijiy investorlarga barcha masalalar bo‘yicha amaliy ko‘mak berishi kerak. Shuningdek, tuman va shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri o‘z hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etishga hissa qo‘shishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini to‘liq qamrab oladigan, uni tayyorlashdan ishga tushirishgacha bo‘lgan davrni monitoring qilish imkonini beradigan yagona elektron axborot tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiya takliflarini shakllantirish, investorlar topish, loyihalar ishlab chiqish, ekspertiza qilish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
|
| |