2.2.Tadqiqot joyining iqlimi va geomorfologiyasi
Xorazm viloyat zonal – iqlimiy asosga ko`ra, O`rta Osiyo markaziy cho`l provintsiyasida joylashgan. Viloyat iqlimi keskin quruq va qurg`oqchiligi bilan, yozning quruq va issiqligi, qishning sovuqligi bilan shuningdek, haroratning miqdorda sutkalik va yillik tebranishi bilan ajralib turadi.O`rtacha yillik harorat 12,3 – 12,4 0C atrofida bo`ladi. Eng yuqori harorat may – avgust oylarida bo`lib, u 42 – 44 0C ga yetadi, eng sovuq kunlar esa dekabr – yanvar oylarida 29 – 32 0C ni ko`rsatadi.
Haroratning bunday juda pasayib ketishi shimoldan sovuq havo oqimining kirib kelishi bilan bog`liq. Qishda ba`zan sovuq haroratning bo`lishi tuproqni 28-70 sm chuqurlikkacha muzlashiga olib keladi, bu esa yerlarni shudgorlash va yuvish ishlariga biroz qiyinchiliklar tug`diradi. Havoning issiq va iliq davri 205 – 240 kungacha cho`ziladi. Foydali harorat yig`indisi 2000 – 2300 0C ni tashkil etadi. Birinchi sovuq tushishi 23 oktabrga, oxirgisi 31 martga to`g`ri keladi.O`rtacha yillik yog`in miqdori juda oz ya`ni 94 - 100 mm. Yog`inning asosiy qismi qish va bahor davrlariga to`g`ri keladi. O`tkazilgan tajribalar davomida tajriba dalasiga o`rnatilgan kichik meteostantsiya yordamida ob-havo ma`lumotlari yig`ib borildi. Unga ko`ra makkajo`xorining unib chiqish davri iyul oyiga to`g`ri kelib, bu vaqtda o`rtacha kunlik havo harorati 300C ni tashkil qilganini ko`rish mumkin[14].
Havo haroratining vegetatsiya davomida eng yuqori o`rtacha kunlik harorat iyul va avgust oylarida(28-300C) kuzatildi. Xorazm vohasida iqlim o`zgarishi va uning qishloq xo`jalik ekinlariga salbiy ta`sirini bir qancha ko`rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. Iqlim o`zgarishini tahlil qilish uchun Gidrometeorologiya xizmati, Urganch tumani meteorologik stantsiyalari ma`lumotlari asos qilib olindi. Xususan, hududning o`rtacha havo harorati oxirgi 10 yillikda sezilarli darajada oshganligi kuzatildi. Voha iqlimining tashkil topishida Qizilqum va Qoraqum cho`llarining ta`siri katta bo`lib, havo haroratining 43-450C darajaga ko`tarilishiga sabab bo`ladi.Vohaning yillik o`rtacha harorati +13,90C, chekka janubiy qismida+150S ni tashkil etdi. Xorazm viloyatida yillik sovuqsiz, ya`ni 0 0C dan pastga tushmaydigan kunlar soni o`rtacha 262 kunni tashkil etgan holda, janubiy qismda 266 kun, shimoliy qismlarda esa 258 kungacha davom etishi kuzatildi.Voha quyoshli kunlar eng ko`p bo`ladigan o`lkalardan biridir. O`rtacha kunlik harorat 50C dan yuqori bo`lgan harorat yig`indisi 2600 – 38000C ni tashkil qilib, yillik o`rtacha ko`rsatkich 36070C gacha yetadi. Ushbu ko`rsatkich 2021-2023 yillarda turlicha bo`lishi kuzatildi. Xususan, 2021 yili foydali harorat yig`indisi 3590 0C va 2022 yili 3587 0C bo`lib, ko`p yillik o`rtacha ko`rsatkichdan kamroq bo`lishi kuzatildi.Quyi Аmudaryo tabiiy geografik o`lkasi iqlimi yillik harorat amplitudasi orasidagi yuqori tafovut va yog`ingarchilik miqdorining juda kamligi bilan xarakterlanadi.Oxirgi ko`p yillik ma`lumotlar tahliliga ko`ra qish faslida haroratning oshishi kuzatilgan.
Tuproqlar sho`rlanishi - bu tuproq tarkibidagi yoki tuproq eritmasidagi tuzlarning jami kontsentratsiyasi bo`lib, sho`rlanish turi va darajasiga ko`ra qishloq xo`jalik ekinlarining unib chiqishi, rivojlanishi va hosil to`plashiga salbiy ta`sir qiladi. O`simlik me`yorda o`sishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan tuzlar miqdori (notoksik tuzlar)tuzga chidamliligini belgilab berishi bilan, turli tuproq sharoitlarida o`suvchi o`simliklarda turlicha kechadi. Biroq, madaniy o`simliklar sho`rga chidamsizligi bilan xarakterlanib,o`simlik turi va navi, biologik xossalari, tuproqdagi tuz tarkibi, namligi,oziqa va organik moddalar miqdori kabi bir qator omillarga bog`liq bo`ladi.Tuproqlar va suv resurslari tabiiy fizik hodisalar va kimyoviy jarayonlarning antropogen omillar natijasida o`zgarishi sababli ikkilamchi sho`rlanish yuzaga keladi[41].
Аntropogen ta`sir natijasida sodir bo`ladigan ikkilamchi sho`rlanish tarixdan insonlar o`troq holda turmush kechirib, aholi manzillari paydo bo`lishi va sug`orma dehqonchilik amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan.Hudud iqlimi va tuproq sharoitiga mos ravishda qishloq xo`jalik ekinmay donlarida ikkilamchi sho`rlanish yuzaga kelishi natijasida sho`rlanishga chidamli ekinlar ekish madaniyati shakillanib boshlangan.Keyingi yillarda aholining tez sur`atda o`sib borishi, bevosita qishloq xo`jalik sohasida suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishni, tejab ko’p sarflamay ishlatishni taqozo qiladi. Chunki, oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirishda foydalanish mumkin bo`lgan yer va suv resurslari cheklangan birsharoitda iqlimning global o`zgarishi muammosi paydo bo`lmoqda.O`zbekiston Respublikasida 4,2 mln gektardan ortiq sug`oriladigan yerlar bo`lib, shularning 50 foizidan sal ko`prog`i yaxshi meliorativ holatda,qolgan yerlar esa yaxshilanish va melioratsiya ishlari olib borilishini talab qiladi.Tuproqlar sho`rlanishi va uni kimyoviy tarkibi qishloq xo`jaligi uchunmuhim ahamiyatga ega.
Xorazm vohasi sharoitida tuproq ona jinsi tarkibida sho`rlanishni keltirib chiqaruvchi anionlardan-Cl2, SO4, -HCO3, СО3va kationlardan Ca2+, Mg2+, Na+ ionlar tutgan tuzlar miqdori nisbatan ko`p. Ularning parchalanishi sho`rlanishni kuchaytiradi. Tadqiqot ob`ektining geografik joylashuv o`rni, iqlim sharoiti va Аmudaryo daryosining qadimiy deltasida shakllangan o`tloqi allyuvial jinslar, voha agroiqlim sharoitini belgilab beradi. Hudud, yillik bug`lanish miqdorining juda yuqori (1400 mm) va yog`ingarchilik miqdori judakam (92 mm) bo`lishi bilan xarakterlanib, yiliga 4,5 km3 Аmudaryo keltirgan suv miqdorining 90% ulushi qishloq xo`jaligida ishlatiladi.
Xorazm vohasi hudud-iqlimiy asosga ko`ra, O`rta Osiyoning markaziy cho`l hududida joylashgan. “Urganch” meteostansiya ma`lumotlariga qaraganda havoning issiq va iliq davri 205-240 kungacha cho`ziladi. Foydali harorat yig`indisi 2015-23000C ni tashkil etadi. Suv bug`lanishi yiliga 1500-1700 mm ni tashkil etib, bu yillik yog`ingarchilikka nisbatan 10-14 marta yuqoridir. Xorazm viloyati o`rtacha shamol faoliyati zonasida joylashgan. Yil mobaynida shimoliy-sharqiy yo`nalishdagi shamollar ko`proq kuzatiladi. O`rtacha bir yilda 6 kecha-kunduz changli bo`ronlar bo`ladi. Shamolning o`rtacha tezligi 3,5 m/sek. ga teng.
Xorazm viloyatining iqlim sharoiti tez o`zgaruvchan va o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, respublikamizning boshqa viloyatlaridan keskin farq qiladi. Bu mintaqada oyning o`rtacha harorati orasidagi farq 21-320C tashkil qiladi.Ko`p yillik ma`lumotlarning ko`rsatishicha, Xorazm viloyatida sovuq davrning cho`zilishi 80-86 kunni tashkil qilgan bir paytda, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 30-35 kunni, Toshkent va Jizzax viloyatlarida 38-40 kunni, Farg`ona vodiysida esa 50-60 kunni tashkil qilgan xolos. Viloyatda yoz oylarida havo issiq va quruq kelib, deyarli yog`ingarchiliklar bo`lmaydi. Yilning eng issiq oyi iyul bo`lib, o`rtacha kunlik harorat 27-280C, ayrim kunlari esa 35-400C, ba`zida 45-460C atrofida issiq bo`ladi. Qish kunlari havo sovuq, qor kam yog`adi, uning qalinligi 4-5 sm dan oshmaydi. Bahorda havo asta-sekin isiy boshlaydi, yog`ingarchiliklar ko`p bo`ladi. Yozning ikkinchi yarmidan boshlab esa havo quruq kelib, issiq bo`ladi.Ko`p yillik kuzatish ma`lumotlariga ko`ra kuzgi sovuqlar 18-19 oktabrdan tushib o`simlik barglarini sovuq urib, amal davri tugaganligini ko`rsatadi.2021 yilda 39,1 mm kam yomg`ir yog`gan bo`lsa, 2022 yillarda bu ko`rsatkich 24,9 mm bo`ldi.Tajriba o`tkazilgan yillarda ob-havo ekinlarning yaxshi o`sib rivojlanishi, mo`l va sifatli hosil yetishtirish uchun qulay bo`ldi.Xorazm viloyati hududining ko`proq qismi Amudaryoning qadimgi allyuvial yotqiziqlarida, qisman hozirgi zamon yotqiziqlarida va Qoraqum, Qizilqum va Toshsaqa platosining uchlamchi davr yemirilgan jinslarda joylashgan. Amudaryoning qadimgi deltaqismi eski daryolar – Daryolik va Daudan yotqiziqlarida tashkil topgan. Har bir eski daryoning allyuvial yotqiziqlari, tashkil topish sharoitiga ko`ra uchta fatsiyaga bo`linadi: o`zan, o`zanbo`yi va o`zanlararo (ko`l).
Xorazm viloyati litologiyasi 4ta davr yotqiziqlariga bo`linadi eski krisstal jinslar, bo`r yotqiziqlari, uchlamchi va to`rtlamchi davr yotqiziqlari [3]. Eski krisstal jinslar, asosan Jumurtov, Taxyatash, Kubettog` Mang`it shahri yaqinida, Sultan Uvaystog` atroflarida, bo`r yotqiziqlari Amudaryoning o`ng qirg`oqlarida tarqalgan. Uchlamchi davr yotqiziqlari paleogen va neogen davr yotqiziqlariga bo`linadi [39].Paleogen davr yotqiziqlari Amudaryoning chap qirg`og`i Tuyamo`yin bo`yi atroflarida, neogen davr yotqiziqlari Qoraqum bo`yi atroflarida tarqalgan.Shuni ta`kidlash kerakki, hozirgi davrda uchlamchi davr yotqiziqlarining asosiy qismini to`rtlamchi davr yotqiziqlari qoplab turadi. Ular genetik jihatidan ajralib turadigan ellyuvial, delyuvial, prolyuvial, eol va allyuvial yotqiziqli qatlamlarga bo`linadi. Elyuvial, delyuvial va prolyuvial yotqiziqlar keng tarqalmagan. Eol yotqiziqlar Qoraqumda ko`proq tarqalgan. Eng ko`p tarqalgan allyuvial yotqiziqlardir. Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo irmog`ining Sariqamish qismi, eski Daryolik va Daudanning o`zan, o`zanbo`yi va o`zanlararo terrasalarini qamrab olgan.Xorazm vohasi hududi, relefi, xarakteri va tuproq genezisiga ko`ra ikkita asosiy ismga bo`linadi: unchalik farqlanmaydigan eski Amudaryo yoyilmasi janubiy tekisligi va janubiy-g`arbiy Qoraqum past tekisligiga. Tekislikning eng yuqori nuqtasi dengiz sathidan 113-138 metr bo`lgan Amudaryoning qair tekisliklari, Xazorasp tumani va Mang`it shahri atroflari hisoblanadi[39].
Xorazm viloyati tuproq qatlami Amudaryo suvi olib kelgan har xil cho`kmalardan tashkil topib, asosan o`tloqi tuproq bo`lib, turli darajada madaniylashgan va sho`rlangandir. Viloyatning ko`p joylari quyidagi tuproq turlaridan iborat: qadimdan sug`orilib kelingan o`tloqi allyuvial, o`tloqi botqoq, sahro qum tuproqlari va sho`rxoklar. Granulometrik tarkibi jihatidan esa har xildir.
Xorazm viloyatida dehqonchilik olib boriladigan asosiy tuproqlar-qadimdan sug`orilib kelingan o`tloqi-allyuvial tuproqlar bo`lganligi uchun ular to`g`risida qisqacha to`xtalib o`tamiz. Bu tuproqlarning bir qismida uning ustki qatlami engil bo`lib, pastki qavatlari og`ir bo`lganligi sabab, meliorativ jihatidan noqulay hisoblanadi [3].
Umumiy suvda tez eriydigan tuzlarning miqdori (quruq qoldiq) 0,118 dan 1,638% ba`zida undan ham ko`proqdir. Xlor ioni miqdori 0,04 dan 0,3% gacha, ya`ni tuproqlar sho`rsizlik darajasidan sho`rhoklar darajasigacha o`zgaradi. Albatta bu raqamlar vaqt o`tishi bilan o`zgaradi, lekin umumiy qonuniyat saqlanib qolgan.Bu tuproqlarda chirindining (gumus) miqdori 1 m qatlamda o`rtacha 0,7-0,8% atrofida bo`lib, yuqori qatlamdan pastga kamayib boradi. Ko`milgan tuproqlarda esa 90-110 sm qatlamida uning miqdori 0,7% gacha borishi mumkin. Harakatchan fosfor miqdori o`rtacha 30-35 mg/kg ni tashkil qiladi[3].
Yer osti sizot suvlari daryo bo`ylarida 0,5-1,0 metrdan 1,5-2,0 metrgacha chuqurlikda joylashgan bo`lib, daryodan uzoqlashgan sayin yanada chuqurlashib boradi. Daryo bo`yidan uzoqlashgan sayin minerallashish darajasi ham ortib 2-3 g/l ni, ayrim hollarda esa 5-10 g/l ni tashkil qiladi.
Amudaryo suvining kamayishi natijasida vohaning gidrogeologik sharoiti o`zgardi, daryodan uzoqlashgan sari uning (suvning) sathi pasayib, mineralizatsiyasi ko`payib borgan, lekin ekinlarni sug`orish, tuproq sho`rini yuvish paytlarida uning sathi 1,0-1,5 metr atrofida bo`ldi, har bir litr suvda 1,5-3,02 tuz borligi aniqlandi.
Sho`rlanish odatda xlor-sulfatli bo`lib, minerallashish darajasi yuqori bo`lganda sulfat-xlorli, hatto xlorli ham bo`lishi mumkin. Shuni ham ta`kidlash lozimki, keyingi yillarda Amudaryoning yuqori qismida joylashgan viloyatlar tuproq sho`rini yuvishda ishlatgan suvlarini yana daryoga qayta tashlashi oqibatida Xorazmda qishloq xo`jalik ekinlariga berilayotgan suvlarning minerallashish darajasi ortib bormoqda. Bu holat yildan yilga jadallashmoqda.[3].
Agar bu ishlar yana davom etaversa tuproq unumdorligi keskin kamayib, yerlarning meliorativ holati esa butunlay yomonlashish xavfini tug`diradi. Umuman olganda,vohadagi tuproqlar meliorativ jihatidan tiklansa mo`l va sifatli hosil yetishtirish mumkin[46].Kuzgi galladan bo`shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida yetishtirish maqsadga muvofiqdir.Agar sentabr oyida ularning yig`im-terimidan so`ng bira to`la bug`doy ekilsa, kuzgi bug`doy uchun yaxshi o`tmisdosh ekin hisoblanadi. Bugungi innovatsion texnologiyalar davrida har bir o`simlikdan yuqori hosil olish usullarini bilishimiz lozim bo`lib, yangi navlar va yangi innovatsion usullardan foydalanib ekologik toza, sifatli oziq-ovqat uchun maqbul bo`lgan ekinlarni ekishimiz lozim. Ye.V.Bugaeva dukkakli don ekinlaridan samarali foydalanishni tashkil etish uchun ularning turlari va navlarini har bir tuproq va iqlim sharoitida chuqur o`rganib, samarali turlari va navlarini to`g`ri tanlanishi muhim ekanligini aniqlagan. Qoraqalpog`iston sharoitida U.Ismoilov, Ye.Sadiqov, N.Reimovlarning olib borgan izlaninishlarida takroriy ekin sifatida mosh ekilganda, 8-12 s/ga don don hosili olishga erishilgan[21].Tajribalarni o`tkazish davomida tajriba dalasiga o`rnatilgan kichik meteostantsiya yordamida ob-havo ma`lumotlari yig`ib borildi.Kuzgi bug`doydan keyin makkajo`xori va dukkakli don ekinlarni sof va aralash yetishtirilganda yuqori va sifatli don hamda ko`k massa hosiliga erishish usullari ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishga tegishli tavsiyalar beriladi.
Xorazm vohasi gidrogeologik sharoiti - tuproq hosil bo`lish jarayonidagi tabiiy omillaridan biri hisoblanib, tuproq qoplami evolyusiyasi, sho`rlanish jarayonining shiddatliyligi bilan uzviy bog`liqdir[3]. Xorazm vohasi gidrogeologik sharoitini sistematik ravishda o`rganish Toshsaqa magistral sug`orish kanalining qurilishi bilan boshlangan. Yer osti suvlarining sharoiti, tartiboti, mineralizatsiyasi va oqimini B.M.Georgievskiy , M.M.Krilov , D.M. Kats , F.M.Raximbayev va boshqalar chuqur o`rganganlar.
I.N. Felitsiant izohiga ko`ra chuqur tektonik erozion cho`kmada joylashgan yoki kirib borgan to`rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlarida joylashgan yer osti suvlarining juda oz chegaralangan oqimi Sariqamish va Orol dengizi tomonga harakatlanishi bunga asosiy sababdir. To`rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari mayda donador jinslardan tuzilgan bo`lib, juda oz yoki past suv o`tkazuvchanlikga ega. Orol va Sariqamish tomonga tabiiy holda juda oz miqdorda yer osti suvi oqimining yurishi, suv o`tkazuvchi sun`iy zahkashlarning qoniqarsizligidan yuqori tomonga suv almashish jarayonini keltirib chiqarishi sababli, yer osti suvlari va tuproq grunt qatlamlarining sho`rlanishiga olib keladi. Shuning uchun yerlardan qishloq xo`jaligida foydalanish doimiy meliorativ tadbirlar tizimini ishlab chiqish, avvalo zahkashlar va tuproqlarni sho`r yuvish usullarini qo`llashni taqozo etadi.[39].
Hozirgi zamon yer osti suvi sathi viloyatning turli qismlarida har xil chuqurlikda bo`lib, u joyning o`zlashtirilganligi, suv bilan ta`minlanganligi, suv o`tkazuvchanligi va hududning geomorfologik sharoiti bilan bog`liq. Daudan va Daryolikning o`zan va o`zanbo`yi yotqiziqlarida yer osti suvi sathi 1,0-2,5 m, o`zanlararo (ko`l) yotqiziqlarida 1,0-2,0 metr, cho`kmalarda esa 0,5-1,0 m. gacha ko`tariladi. Ungiz orti Qoraqum va Qizilqum hududlarining past-baland qumliklarida yer osti suvi 5 m dan chuqurroqda yotadi. Sug`oriladigan yerlarda yer osti suvining mineralizatsiya darajasi 0,5-0,9 dan 15-17 g/l atrofida, tashlandiq maydonlarda bu ko`rsatkich 20 g/l va undan ham ortiq[41].
Yer osti suvlarining asosiy manbai yer usti sug`orish tarmoqlari va sug`oriladigan dalalardagi singdirilgan suvlar hisoblanadi. Ularning eng yuqoriga ko`tarilishi vegetatsiya davriga to`g`ri kelib, uning sathi 0,5-0,7 m ni, yer osti suvlarining sathi yuqori turganda, ya`ni suv bug`lanishi hamda o`simlik tomonidan bug`lanish birmuncha ko`p bo`lganda gidromorf (namgarchilik) tuproq paydo bo`lishi va sho`rhoklanish vujudga keladi.
Xorazm viloyatining asosiy sug`orish tarmog`i Amudaryo hisoblanib, 5 ta yirik sug`orish tizimi mavjud. Bu tizimlar ichida Toshsaqa magistrali eng yirik hisoblanib, uzunligi 34 km, keyin Polvon va Shovot, shuningdek, Qilichniyozboy, G`azovot va boshqa kichik kanallarga bo`linib ketadi. Bu yirik magistral kanallar voha yerlarini qalin qoplab olgan mayda kanallar va sug`orish ariqlarini suv bilan ta`minlaydi. V.E.Sektimenko, A.J.Ismanov ma`lumotlariga ko`ra viloyat bo`yicha faqat sug`orish davridagi solishtirma suv sarfi o`rtacha 21000 m3 ga etadi, hozirgi davrda Xorazmning sug`orish tizimlariga 4 mlrd. m3 dan ortiq suv beriladi[39].
Yuqoridagi ma`lumotlarga ko`ra tuproq hosil bo`lishida gidrogeologik xususiyatlarning roli juda katta,ya`ni sug`orish suvlari orqali yangi keltirilmalarning olib kelinishi bu o`z o`rnida yangi tuproq hosil bo`lish jarayoni vujudga kelishidan dalolat beradi.
O`zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo`mitasining qiyosiy ma`lumotlari ham keyingi 10 yil mobaynida Xorazm viloyati tuproqlarining meliorativ holatida sezilarli salbiy o`zgarishlar sodir bo`lganligini tasdiqlaydi. Masalan, 2021 yilda kuchsiz sho`rlangan yerlar maydonlari 2020 yildagiga nisbatan 5,2% kamaygan holda o`rtacha sho`rlangan maydonlar 2,1% ga, kuchli sho`rlangan yerlar maydoni esa 3,1% ga ortganligi kuzatildi.Viloyatda hozirgi jami sug`oriladigan yerlarning hammasi har xil darajada sho`rlangan bo`lsa, shundan o`rtacha va kuchli sho`rlangan yerlar o`rtacha 46,4% ni tashkil qiladi. Xorazm viloyati sug`oriladigan tuproqlarining hozirgi meliorativ holati va bu holatni belgilovchi omillar-yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, minerallanish darajasi va kimyoviy tarkibi hamda boshqa bir qator ko`rsatkichlar bilan belgilanadi [41].
|