|
Adabiyotlar sharhi
|
bet | 12/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.tt2022 yil
Gumus, %
|
0,339
|
0,316
|
0,475
|
0,622
|
N-NO3mg/kg
|
4,29
|
4,64
|
5,73
|
5,09
|
N-NH4 mg/kg
|
2,31
|
2,28
|
2,48
|
2,38
|
Harakatchan fosfor, mg/kg
|
19,11
|
16,92
|
15,42
|
13,98
|
Almashinuvchikaliy,mg/kg
|
110,24
|
113,15
|
100,28
|
97,24
|
Olib borilgan tajribalar shuni koʼrsatadiki dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan sof va aralashtirib ekilganda tuproqda gumus 0,339-0,316 % boʼlsa, kuzda amal davri oxirida uning miqdori 0,475-0,622 % ga yetdi ( 3.2.1.-jadval). Dukkakli-don ekinlarning ildiz ajratmalari nitrat, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliyga boy boʼlishi bilan birga tuproqda oʼsimliklar oʼzlashtirilishi qiyin boʼlgan moddalar bilan reaksiyaga kirishib, ularni oson oʼzlashtiriladigan holatga aylantiradi.Dalalarda tuproqning mikroflorasi yaxshilanadi, tuproqda biologik va toza ekologik tizim vujudga keladi. Tuproqda rizobium bakteriyalarning faoliyati tufayli boshqa foydali mikroorganizmlar yashashi uchun qulay muhit yuzaga keladi. Shudgorlash chuqurligi 28-30 sm va undan ham chuqur bo`lishi mumkin. Ko`p yillik begona o`tlar bosgan dalalarda kuzgi shudgorlashdan so`ng, richagli, prujinali borona-kultivator yoki chizel yordamida ildiz qoldiqlari yigib olinadi. 25-iyunda kuzgi bug`doy hosili yig`ib olindi. 27-iyunda bug`doy somonini yig`ildi va ang`izni zaxira suvi bilan sug`orildi. Ang`izni ikki yarusli plug bilan haydab, mola va boronalash tadbiri bajariladi.Bug`doydan bo`shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida 1- iyulda ekildi. Maysalar 12- iyul kuni urug`palla barglar tuproq yuziga unib chiqa boshladi. Makkajo`xori va moshning umumiy vegetasiya davri sentabrning oxiridan, oktabr oyining boshigacha davom etdi.Makkajo`xorini takroriy ekin sifatida kuzgi ekinlardan bo`shagan yerlarga ekish alohida o`rin tutadi. Bu holda kuzgi ekinlar tez muddatda yigib olinadi, yer ekishga tayyorlanadi va urug`lar ekilgandan so`ng sug`oriladi.
Umuman makkajo`xori takroriy ekin sifatida ekilganda uning agrotexnikasi bahorda ekilgan makkajo`xori agrotexnikasidan kam farq qiladi, faqat makkajo`xorining ertapishar nav va duragaylari ekilishi kerak. Bu duragaylar takroriy ekin sifatida ekilganda 35-50 sentnergacha don berdi. Makkajo`xori silos uchun ekilganda donining sut-mum pishish davrida o`riladi. Bunda KSK-100, Vixr, KS-1,8 kombaynlari ishlatiladi. Don uchun ekilgan makkajo`xori don to`la pishganda, so`ta qobiqlari quriganda yigishtirib olinadi. Bunda maxsus kombaynlar Xersonets-200,Xersonets-7 ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo`xorini o`rish poyasini maydalash, so`talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig`ini archish kabi ishlarni bir yo’la bajaradi. So`talar esa xo`jalikda oddiy yanchigichda yoki kombaynda yanchiladi.Tuproq namunalari olinib, tuproq namligi aniqlanib borildi. Tajribaning har yili va har sug`orishdan oldin tuproq namligi alohida hisob-kitob ishlari asosida olib borilib, sug`orish ishlari o`tkazildi.Agrotexnik chora tadbirlar bosqichma-bosqich o`z vaqtida olib borilgandan so`ng sentabr oylarining oxirida, oktabr oyining o`rtalariga kelib pishib etilgan hosil, har bir variantning 5 nuqtasidan namuna, qo`lda o`rib olish yo`li bilan yig`ishtirib olindi.
Urug` tanlashda ekiladigan makkajo`xori urug`i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o`rtacha kattalikda, butun (sinmagan), to`q, tekis (zararlanmagan) bo`lishi zarur. Urug`lar boshqa o`simliklar urug`lari va aralashmalaridan tozalanadi. Ekishga 10-15 kun qolganda so`talar yanchib olinadi. Ekish uchun so`taning o`rta qismidagi donlar ishlatiladi. So`taning ostki va ustki (uch) qismidagi donlari bir xil kattalikda bo`lmaganligi sababli ularning unib chiqish darajasi past bo`ladi. Shu sabali so`taning ostki va ustki (1,2-2,5 sm) qismida o`rnashgan donlar oldin olinib, ekish uchun ishlatilmaydi. So`ngra so`taning qolgan o`rta qismidagi donlar yanchiladi. Urug`lik ekish oldidan iliq suvda 10–12 soat ivitib qo`yiladi.
Yer o`tmishdosh o`simliklar qoldiqlari va begona o`tlardan tozalangach, toza, chirigan go`ng solinib, kamida 18–20 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanadi va yer tekislanadi. Ekish muddati Xorazm viloyati uchun don uchun 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Makajo`xori kechki muddatlarda ekilganda, uni hosili ancha pasayadi. Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun agrotexnikani ahamiyati yuqori bo`lishini hisobga olgan holda, har bir tajriba variantlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli ravishda, o`z vaqtida olib borildi. Urug` unib chiqish davrida tuproq qatqalog`ini va begona o`tlarni yo`qotish maqsadida qatorlar qo`ndalangiga qarab yengil baronalar bilan boronalanadi. O`suv davrida makkajo`xori 3 marta kultivasiya qilinadi. O`simlikda o`rtacha 3-4 ta barg hosil bo`lganda, birinchi kultivasiya qilinadi, uyalar atrofidagi begona o`tlar chopiq qilinib yo`qotiladi. Birinchi kultivasiyadan so`ng 10-15 kun o`tgach ikkinchi kultivasiya qilinadi. Bundan 15-20 kun o`tgach uchinchi marta kultivasiya qilinadi.
O`simliklarning bo`yi 50-60 sm ga yetganda kultivasiya qilishni tamomlash lozim. Qatorlarni uzunasiga kultivasiya qilganda 14-15 sm himoya zona qoldirish kerak. Birinchi kultivasiyada qator oralari 6-8 sm chuqurlikda, keyingi kultivasiyalarda 10-12 sm chuqurlikda ishlanishi kerak. Makkajo`xori qator oralari KRN-4,6; KRX -2,8 A rusumli kultivatorlarda ishlanadi. Keyingi yillarda begona o`tlarga qarshi kurashda gerbisidlardan keng foydalanmoqda.Gerbisidlar urug` unib chiqmasdan oldin yoki o`simliklarda o`rtacha 3-5 ta barg hosil bo`lganda ishlatiladi. Begona o`tlarni yo`qotishga hozirgi vaqtda ekishdan oldin agelon(4-6 kg/ga), atrazin (3-8 kg/ga, treflan (1-2kg/ga), ishlatiladi.Bu gerbisidlar yaxshi natija bermoqda.Don uchun ekilgan makkajo`xori doni to`la pishganda, so`ta qatorlari quriganda yig`ishtirib olinadi. Bunda maxsus kombaynlar Xersonets-200, Xersonets-7 ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo`xorini o`rish, poyasini maydalash, so`talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig`ini archish kabi ishlarni bir yo`la bajaradi.
|
| |