|
Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarishdagi kontakt qurilmasining tuzilishi va ishlashi Reja: Kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmalari turlari
|
Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 3,6 Kb. | | #155752 |
Bog'liq Mavzu Nitrat kislota ishlab chiqarishdagi kontakt qurilmasining-kompy.info
Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarishdagi kontakt qurilmasining tuzilishi va ishlashi Reja: Kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmalari turlari
Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarishdagi kontakt qurilmasining tuzilishi va ishlashi
Reja:
1. Kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmalari turlari.
2. Nitrat kislotasini yuqori bosimda ishlab chiqarish qurilmasi texnologik tasviri.
3. Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish.
Kuchsiz HNO3 ishlab chiqarish qurilmalari 3 xilga bo'linadi:
1. Atmosfera bosimida ishlaydigan qurilmalar.
2. Yuqori bosimda ishlaydigan qurilmalar.
3. Aralash bosimli qurilmalar (ya'ni bir yerda ammiakni oksidlash atmosfera bosimida azot oksidlarini qayta ishlab, kislotaga aylantirish yuqori bosimda olib boriladi.
Hozirgi vaqtda MDH da 9% qurilmalar atmosfera bosimida, 31% qurilma absorbsiya bosqichi 0,35 MPada ishlaydigan aralash bosimli qurilmalar, 54%-0.73 MPada ishlaydigan yuqori bosimli qurilmalar 6% aralash bosimining ( NH3ni oksidlash jarayoni atmosfera bosimida, azot oksidlarini yutish esa yuqori bosimda ishlatiladi.) qurilmalardir
O'zbekiston Respublikasida asosan yuqori (P= 0.73 MPa) bosimli va aralash yuqori bosimli (P1=0.45MPa va P2=1.1MPa) AK-72 xildagi qurilmalar keng tarqalgandir.
Atmosfera havosi filtr (1)dan o'tgach, ikki bosqichli turbokompressor (2) ga o'tib, 7,3 atomgacha siqilib, 3 qismga bo'linadiHavomining asosiy qismi issiqlik (6) ga borib, aralashtirgich (13) ga kiradi. Suyuq NH3 omborxonadan bug'latgich (15) ga yuboriladi, u yerda suv bug'i hisobiga bug'latiladi. Bug'li issiqlik almashgich (14) da NH3 bug'lari ham ishlatilib, aralashtirgich (13) ga beriladi. Aralashtirgich (13) da hosil bo'lgan va tarkibida 11.5 % gacha ammiagi ammiak-havo aralashmasi kontakt apparati (12) ga yuboriladi. Bu kontakt apparati (12) da quyidagi gomogen, amaliy, qaytmas va ekzotermik reaksiya ketadi:
4NH3+5O2=4NO+6H2O+Q
Xalq xo'jalida 1 qator sohalarda va mudofaa maqsadlarda nitrat kislotasining yuqori quyuqlikdagi eritmasini ishlatish bilan bog'liqdir. Agarda nitrat kislotas suv, sulfat kislota aralashmasi 358K (85°c) da qizdirilsa, bu qatlamda nitrat kislota bug'lari, suyuqlikda esa sulfat kislota va suv aralashmasi, ya'ni sulfat kislotani suvdagi eritmasi qoladi:
HNO3•(H2O)n+H2SO4=HNO3+H2SO4•(H2O)n
Nitrat kislotani bunday quyultirish jarayonida, uning bir qismi parchalanib, azot oksidlari hosil qiladi, ular esa H2SO4 va N2O3 hosil bo'ladi:
2HNSO5+H2O=2H2SO4+N2O3-Q
Sanoatda azot kislotasining kuchsiz eritmasini sulfat kislota bilan quyiltirisborbatataj tarelkali ustunsimon minoralarda amalga oshiriladi.
Nitrat kislotasining kimyoviy formulasi HNO3, molekular og'irligi 63 uglerod birligiga teng. Rangsiz, havoda tutaydigan suyuqlikdir. U 232K (-41°) da muzlaydi, kristallanadi va 359 K (86°) da qaynaydi. Qaynaganda qisman parchalanadi:
4HNO3=2H2O+4NO2+O2-259,7kj
Nitrat kislotasi kuchli oksidlovchidir. Quyuq azot kislotasi platina, radiy, iridiy, tilladan tashqari barcha metallar bilan tegishli oksidlar paydo qiladi. Agarda bu oksidlar HNO3 da eriydigan bo'lsa, shu tegishli metallarni nitratlari paydo qiladi.
E'tiboringiz uchun rahmat.
http://kompy.info
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarishdagi kontakt qurilmasining tuzilishi va ishlashi Reja: Kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmalari turlari
|