|
Adabiyotlar sharhi
|
bet | 7/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.ttI bob bo`yicha xulosalar
Demografik muammolarning kengayib borishi tufayli, yer sharida o`simlik va chorva mahsulotlari yetishtirish texnologiyasini o`rganish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlarimizda makkajo`xori vamosh alohida va aralashtirib yetishtirish bo`yicha dala tajribasi Xorazm vohasi o`tloqi allyuvial tuproq sharoitida olib borildi. Qo`shib ekilganda ekinlarning yer ustki va yer ostki qismlarining yarusli joylashishi va tashqi muhit omillariga munosabatining turli tumanligiga biologik ravishda tuproq sharoitlari va yorug`likdan ancha to`la va samarali foydalaniladi.O`suv davrida 2 marta birinchisida gektariga sof 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobida oziqlantiriladi., 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, 4-6 marta sug`oriladi.
Mamlakatimizda asosan kuzgi bug`doydan bo`shagan maydonlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekinlar sifatida ekinlarning tezpishar navlarini parvarishlash muhim hisoblanadi. Bunda dukkakli don ekinlarini alohida hamda boshqa don ekinlariga qo`shib ekish va maqbul ekinlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, ushbu ishning mavzusi dukkakli don ekinlarni alohida, hamda makkajo`xori bilan qo`shib ekishning samarasini to`la yuzaga chiqarishga qaratilgan.
Demak, dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan qo`shib yetishtirish bilan bir qator muammolarni hal qilishga erishamiz, birinchisi tuproqni biologik azot bilan boyitish, azotli o`g`itlarni kam sarflash bo`lsa, ikkinchisi aholini eng sifatli oqsilga boy don bilan ta`minlash, uchinchisi chorva mollari yem-hashak bilan ta`minlanadi.Fermerlar o`z yerlarida bu ekinlarni etishtirsa, bu keyin ekilgan ekinlarning hosildorligi yaxshi va yuqori bo`ladi.Ushbu magistrlik dissertatsiya mavzusida o`rganilgan ma`lumotlar aholini oziq ovqat bilan ta`minlanishida hissa qo`shuvchilarga dasturi amal bo`lib xizmat qiladi.
II BOB.TADQIQOTLAR JOYINING TABIIY VA XO`JALIK SHAROITLARI
2.1.Tajriba o`tkaziladigan joyning geografik joylashgan o`rni, rel`efi va yer fondi.
Izlanishlar Xorazm viloyati Urganch tumanida “Murodbek” fermer xo`jaligidalalarida olib borildi. “Murodbek” fermer xo`jaligi Urganch shahrining sharqiy chekkasida 60069 geografik uzunlik va 41053 geografik kengliklar oralig`ida joylashgan bo`lib, jami 145 gektar yerga ekin ekiladi. Hududning dengiz sathidan mutloq balandligi 99 metrni tashkil qiladi. Tajriba dala tuprog`i eskitdan sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlar bo`lib, hudud tuprog`ining 2/3 qismidan ko`prog`i kam sho`rlangan. Vohaning iqlimi keskin kontinental bo`lib, yillik amplituda juda yuqori.O`rtacha yillik yog`in miqdori juda oz ya`ni 94 - 100 mm. Yog`inning asosiy qismi qish va bahor davrlariga to`g`ri keladi. Tajribalarni o`tkazish davomida tajriba dalasiga o`rnatilgan kichik meteostantsiya yordamida ob-havo ma`lumotlari yig`ib boriladi.
Tajriba dalasining tuprog`i sug`oriladigan o`tloqi allyuvial, mexanik tarkibi o`rtacha qumoq, sizot suvlari 1,5–2,0 metr chuqurlikda joylashgan. Dala tajribasi o`tkaziladigan maydonni sho`r yuvishdan oldin tuprog`ining haydov (0-30 sm) qatlamida gumus, yalpi azot va fosfor mutanosib ravishda 0,339; 0,058 va 0,136% hamda1,4; 4,29; 19,11 va 110,24 mg/kg N-NO3, N-NH4, harakatchan P2O5 va almashinuvchi K2O mavjud edi. Tuproqning sho`rlanish darajasi (ES, N2O: tuproq = 1:1) 1,43 dS/m.
|
| |