• Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)
  • Tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi
  • Tadqiqotning asosiy masalari va farazlari




    Download 12 Mb.
    bet3/28
    Sana12.02.2024
    Hajmi12 Mb.
    #154945
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Finished Laylo .13.06.23.tt

    Tadqiqotning asosiy masalari va farazlari: Ekinlarni ontogenez davrlarining muddatlari o`rganilib, fenologik kuzatuvlar olib borildi. Mosh (Vigna radiata L.) va makkajo`xori (Corn) ni o`sishi, rivojlanishi, hosildorligini o`rganishga bag`ishlangan tajribalarni amalga oshirish, olingan natijalarni ilmiy
    adabiyotlardagi ma`lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish - magistrlik ishining asosiy masalalari hisoblanadi. Tadqiqot natijasida olingan ma`lumotlardan mosh (Vigna radiata L.) va makkajo`xori (Corn) ni yetishtirish va chorvachilikda yem-xashak sifatida foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish imkonini beradi. Mosh donini oziq-ovqat, makkajo`xorini chorvachilikda yem-hashak bazasi uchun asosiy va takroriy ekin sifatida yetishtirish ekinlar diversifikatsiyasiga yordam beradi va qisqa davr ichida daromad keltiradi.
    Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Respublikaning turli iqlim sharoitlarida dukkakli don ekinlarini makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirish usullari, ularning o`sishi, rivojlanishi ko`p yillik tajribalar natijasida ilmiy asoslangan va amaliyotda joriy etilgan [13]. Respublikamizda bir qancha olimlar tomonidan mosh (Vigna radiata L.) va makkajo`xori (Corn) ni morfologiyasi va tarqalishi, biologik xususiyatlari o`rganilgan. Sistematikasi, geografiyasi va tarqalishi haqida ayrim adabiyot manbalari mavjud [20].
    Tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi: Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda umum qabul qilingan usullar orqali o`rganildi, tadqiqotlar «Dala tajribalarini o`tkazish uslublari» kabi uslubiy qo`llanmalari asosida bajarildi [12]. Dissertatsiya ishida agrotexnologik, fenologik, agrokimyoviy (tuproq tarkibi), fiziologik (barg sathi) va biokimyoviy (donning tarkibi va sifat ko`rsatkichlari) usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotlar «Dala tajribalarini o`tkazish uslublari» va Dospexovning «Методика полевого опыта» uslublari bo`yicha olib borildi.
    Tajriba o`tkazishdan oldin tuproq tarkibidagi gumus (chirindi), umumiy va harakatchan NPK, pH hamda EC miqdorlari 0-30, 30-50 sm li qatlamlarda qabul qilingan uslublarda aniqlandi. pH ko`rsatkichi suv/tuproq (1:5) suspenziyasida Eijkelkamp 18.21 uskunasida va tuproq sho`rlanishi (suv/tuproq 1:1 nisbatda) “IKS-Ekspress T” EC meter yordamida aniqlandi. Tuproqning hajm og`irligi kesuvchi tsilindrlar yordamida genetik qatlamlar bo`yicha aniqlandi.Tuproqning mexanik tarkibi - Kachinskiy usulida, umumiy g`ovakligi maxsus formula yordamida aniqlandi. Tuproq namunalarida chirindi miqdori I.V.Tyurin, umumiy azot va fosfor I.M.Mal`tseva va L.N.Gritsenko, nitratli azot-Granvald Lyaju usulida, ammoniy azot-Nessler reaktivi yordamida fotometrik, harakatchan fosfor B.P.Machigin, almashinuvchi kaliy P.V.Protasov usullarida aniqlandi [29].Quritilgan o`simlik namunalari tarkibida umumiy NPK miqdorlari Ginzbur, Sheglova va Vulfius usulida aniqlandi. Urug`ni unuvchanligi laboratoriya sharoitida umumiy qabul qilingan uslublar orqali o`rganildi.

    Download 12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning asosiy masalari va farazlari

    Download 12 Mb.