• Dissertatsiyaning ijobiy tomonlari: Berilgan tavsiyalarni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari.
  • T A Q R I Z Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi
  • Dissertatsiyaning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi




    Download 12 Mb.
    bet27/28
    Sana12.02.2024
    Hajmi12 Mb.
    #154945
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Finished Laylo .13.06.23.tt

    Dissertatsiyaning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi. Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Mosh va makkajo’xorining sof va aralash ekish samaradorligini o‘rganish, uning don va ko’k massa hosili, don sifati haqidagi nazariy ma’lumotlar ilmiy uslubiy jihatdan asoslab berilgan.
    Dissertatsiyaning ijobiy tomonlari: Berilgan tavsiyalarni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari.
    Dissertatsiya ishni ijobiy tomonlari shundan iboratki, ilmiy ishda keltirilgan ma’lumotlardan biologiya mutaxassisligida tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, biologlar,



    Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 70510101- Biologiya (Botanika va o’simliklar fiziologiyasi) mutaxassisligi, 2-bosqich magistri Ruzimova Laylo Shuhratovnaning “Takroriy dukkakli don ekinlarini makkajo’xori bilan aralashtirib ekish usullarining samaradorligi” mavzusidagi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga


    T A Q R I Z


    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi: Respublikamizda sugʼoriladigan yerlardan oqilona foydalanishga katta eʼtibor berilmoqda. Kuzgi bugʼdoy maydonlarini kengaytirishga bogʼliq ravishda iyun oyida ulkan maydonlar gʼalladan boʼshaydi, bu esa ushbu yerlarda dala, yem-xashak va boshqa ekinlarni takroriy yetishtirish imkonini beradi. Bunday rejada yem-xashak ekinlarini yetishtirish maqsadga muvofiq boʼlib, chorvachilikni oziqa bilan taʼminlash masalalari hal etiladi. Takroriy ekin sifatida makkajoʼxori, joʼxori, soya va mosh kabi ekinlarni yetishtirish mumkin. Yuqori oziqaviy qiymatga ega yem-xashak ishlab chiqarish uchun makkajoʼxorini mosh bilan yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik uchun yem-xashak bazasini ishlab chiqarishning o‘sishi mosh va makkajo’xori yetishtirilishni kengaytirishni taqozo etmoqda. Bizning mamlakatimizda kuzgi bugʼdoydan boʼshagan maydonlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekin sifatida ularning tezpishar navlarini parvarishlash muhim hisoblanadi. Bunda dukkakli don ekinlarini alohida hamda boshqa don ekinlariga qoʼshib ekish va maqbul ekinlarni tanlash muhim ahamiyatni kasb etadi. Mosh ildizining xususiyati va ularda tugunak bakteriyalarining mavjudligi ushbu o‘simlikni azot o‘zlashtiradigan o‘simliklar qatoriga kiritadi, bu esa keyingi o‘simlik uchun azotli o‘g‘itlarga sarflanadigan moliyaviy vositalarni kamaytirish imkonini beradi. Makkajo’xori eng qimmatli donli o’simlik hisoblanib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
    Ushbu dissertasiya ishi 4 bobda yozilgan bo‘lib kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, tadqiqot ishi, natijalari va xulosa qismlardan iborat. Har bir bobning mazmuni va mohiyati ko‘plab ilmiy adabiyotlar asosida ochib berilgan. Xulosa qismida talaba o‘z ishini umumlashtirib zarur tavsiyalar bergan.
    Ruzimova Laylo Shuhratovna tomonidan magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan ushbu dissertatsiya ishi reja bo‘yicha fanning so‘nggi yutuqlari asosida yozilgan.

    Download 12 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dissertatsiyaning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi

    Download 12 Mb.