|
Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi
| bet | 1/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 395,4 Kb. | | #242381 |
Bog'liq KT maruza2-mustaqil
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti
AKTSIM fakulteti elektron tijorat yo’nalishi
Kompyuterni Tashkillashtirish fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: Faxriddinov Diyorbek
Guruh:120-22(CAO001)
KOMPYUTERLARNI TASHKIL QILISHNING RAQAMLI MANTIQIY ASOSLARI. BUL ALGEBRASI, BUL FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH. IKKILIK KODDA BUYRUQLARNI BAJARILISHI
Reja
-
Kompyuterlar arxitekturasini,
ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
-
Bul algebrasi va ventillar
-
Bul funksiyalarini amalga oshirish
-
Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar
Tayanch atamalar. Arifmetik-mantiqiy qurilma(AMQ), Markaziy protsessor, boshqarish qurilmasi, Registrlar, asosiy xotira, Kompyuterni ko`psathli tuzilishi, Assembler sathi, amaliy dasturlash tili sathi, opertasion tizimi sathi, buyruqlar tizimi sathi, mikroarxitektura sathi, raqamli-mantiqiy sathi, Bul algebrasi va ventillar, Asosiy mantiqiy elementlar, raqamil-mantiqiy qurilmalar, AND(VA), OR(YOKI), NOT(INKOR), AND-NOT(VA-EMAS), OR-NOT(YOKI-EMAS).
Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xo- tira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 3.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuteming tuzilish chizmasi keltirilgan.
3.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuteming tuzilish chizmasi.
Ushbu chizmani, kompyuterda uncha ko‘p bo‘lmagan ish tajribasiga ega foydalanuvchilar ham qaysidir darajada tushuntirib bera oladilar. Ammo zamonaviy
kompyuteming ichki tuzilishi, uning qanday ishlashi, uning qanday dasturlanishi va umuman uning qanday tashkil qilin- ganligiga, ya’ni kompyuteming arxitekturasiga taaluqli bo‘lgan tushun- chalarni, shu sohaning mutaxassisi sifatida mukammal tushunish hamda ulardan o‘zining kundalik faoliyatida samarali foydalana olish ancha murakkab masala hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar iyerarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 3.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
3.2-rasm. Olti sathli kompyuterni tashkil etilishi.
Avval ushbu chizmadagi sathlarga qisqacha tushuntirishlar berib o‘tamiz, so‘ngra esa kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan, nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi deganda nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni keltiramiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi
|