• Kalit so’zlar
  • Kalit so’zlar




    Download 26.58 Kb.
    bet1/3
    Sana03.04.2024
    Hajmi26.58 Kb.
    #186312
      1   2   3
    Bog'liq
    Marketing tizimi
    o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

    Annotatsiya: Ushbu mustaqil ishda Marketing tizimini - quyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvini yoritib berilgan. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism - mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish, o’tkazish, narxlarni) birlashtiradi.
    Kalit so’zlar : Marketing tizimi, Marketing muhiti, marketing qismlari, tovar, xizmat, ta’minotchilar, Makromarketing va micromarketing.

    Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o’lchovning holati, alohida Shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish paytini aniqlab olish kerak.


    Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:

    1. ta’minotchilar

    2. raqobatchilar

    3. vositachilar

    4. iste’molchilar (bozor)

    5. firma (kompaniya)

    Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o’rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
    Ta’minotchilar - alohida olingan tashkilot, uyushma, Shaxslar yig’indisidan tarkib to’ib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.
    Raqobatchilar - istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha, tovar markasi bo’yicha turkumlanadi.
    Marketing bo’yicha vositachilar - tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir.
    Vositachilar - savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi.
    Savdo vositachilari - ulgurji va Chakana savdogarlardir.
    Logistika vositachilari - ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan Shug’ullanish.
    Moliyaviy vositachilar - bank, kredit, sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi.
    Iste’molchilar - firmalar, alohida fizik Shaxslar yoki ularni potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
    Iste’molchi - bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o’rganish, uni ehiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, tahlil qilishdan iborat.
    Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib, dialektik bog’liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo’ladi.
    Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir.
    Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida
    - ishlab chiqarish vositalari marketingi;
    - iste’mol tovarlari marketingi,
    - xizmat ko’rsatish marketingi,
    singari turlarini ko’rsatish mumkin.
    Buning har birini faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
    Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qat’iy uyg’unlik eng birinchi o’rinda turadi.
    Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo’lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog’liq.
    Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do’konlarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi.
    Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko’pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqatlanish joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va hakozolar paydo bo’lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli xizmat ko’rsatish sohasida marketing juda katta yo’nalishga ega.
    Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida makromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.
    Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo’jalik faoliyati bilan Shug’ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va Shunga o’xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo’lladi.
    Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo’lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo’lajak talab tarkibini o’rganish, Shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo’llari bilan qondirish maqsadini ko’zlaydi.
    Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir.
    Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, kontsernlar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi.
    Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xo’jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon ko’chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi.
    Makromarketingning vazifasi - butun mamlakat bo’yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
    Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o’zaro farq qilinadi. Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va Shunga o’xshash faoliyat ko’rsatadi.
    Marketingni qo’llash sohalari va ob’yektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko’ra guruhlash mumkin:
    1. ichki marketing;
    2. tovarlar bo’yicha marketing;
    3. eksport marketingi;
    4. import marketingi;
    5. ilmiy texnik marketing;
    6. to’g’ridan-to’g’ri mablag’ (investitsiya) kiritish marketingi;
    7. xalqaro marketing;
    8. notijorat faoliyati sohasidagi marketing;
    9. ijtimoiy g’oyalar marketingi;
    1. Ichki marketing qoidaga ko’ra 1 tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masalalari bilan bog’liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
    2. Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo’yicha marketing) samarali sotishni tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini ta’minlashni ko’zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
    3. Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini quyidagicha tadqiq qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashqil qilishni ko’zda tutadi.
    4. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko’zda tutadi.
    5. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: ‘atentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yo’nalishlarini o’rganish, tegishli tomonlar ‘atent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog’liq.
    6. To’g’ridan-to’g’ri marketing kiritish marketingi o’z ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chukur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona ko’rilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o’z ichiga oladi.
    7. Xalqaro marketingni tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni xorijda ko’rilgan milliy korxonalarda sotishni ko’zda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko’p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi.
    8. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan alohida tashkilot yoki alohida Shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog’liq.
    9. Ijtimoiy marketingni qo’llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani rejalashtirish, qariyalar va kasallarga e’tiborni jalb qilish ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
    Marketingni boshqarish - marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yunaltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir.

    Download 26.58 Kb.
      1   2   3




    Download 26.58 Kb.