Madaniyat va sivlizatsiya tushunchalarining o'zaro nisbati «Madaniyat»




Download 34.5 Kb.
Sana03.02.2024
Hajmi34.5 Kb.
#150911
Bog'liq
MADANIYAT VA SIVLIZATSIYA TUSHUNCHALARINING O\'ZARO NISBATI
Метод мозговой атаки (штурма 24.03, Презентация2, Mavzu. Transformatorlar bo’yicha, 1-mustaqil ta'lim mavzulari, statistika, DARS ISHLANMASI yuza, Shomuroduv Jurabek 1, O‘SMIRLARDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISH MOTIVATSIYASINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI, Borliq materiya va subdtantsiya tushunchalari, Formal mantiq yoki to\'g\'ri tafakkur qonunlari, O\'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi, Budjet soliq siyosati, Русский язык как средство общения, Sherobod 1

madaniyat va sivlizatsiya tushunchalarining o'zaro nisbati
«Madaniyat» tushunchasi umumfalsafiy va umumtarixiy ka-tegoriyalar tarkibiga kiradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, uning yaxlit, barcha mutaxassislar tomonidan tan olingan definitsiyasi yo’q. Hozirgi zamon falsafasida madaniyat tushunchasini taxlil qilishda asosan uchta yondashuvdan foydalaniladi. Ular quyidagi-lardan iborat:
1.Empirik –tasviriy yondashuv. Bunday yondashuvda madaniyat inson faoliyatining natijasi sifatida talqiin etiladi, ya‘ni narsalar va qadriyatlar inson faoliyati natijasidir, deya muloxaza yuritiladi. Madaniyatni bunday tahlil qilish ba‘zi kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, madaniyat faqat inson faoliyatining o’zgarmas, qotib qolgan natijasi deb talqin qilinadi. Ikkinchidan, moddiy va ma‘naviy madaniyat bir–biridan ajratib qo’yiladi.
Moddiy va ma‘naviy qadriyatning bo’linishi shartli va nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularni bir-biridan ajratib talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Bu ikki tushuncha yaxlit sistemaning elementlari sifatida biri ikkinchisini to’ldirib turadi. Bu ayniksa ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida moddiy va ma‘naviy madaniyat integratsiyasida yaqqol kuzga tashlanadi. Masalan, ma‘naviy madaniyatning moddiy tomoni roli va ahamiya-tining oshib borishi (radio, televidenie, kino, o’quv trenajer-lari), ikkinchi tomondan moddiy madaniyatdagi ma‘naviylik rolining kuchayishi (bunday holatga dizaynni misol qilish mumkin) ana shunday integratsiya mahsulidir.
2 Aksiologik yondashuv. Bu yondashuvda jamiyatning, insonning madaniy saviyasi darajasi ob‘ektni o’z etaloni bilan taqqoslash yordamida aniqlanadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu yondashuv nisbiy xarakterga ega. Xususan, yevropotsentrizm turli mintaqalardagi madaniy taraqqiyotni Yevropa madaniyati singdirganligi daraja-siga qarab belgilaydi. Ayni paytda Yevropa madaniyatida qoloqlik belgisi sanalgan ayrim fenomenlar o’zga madaniyat tiplarining o’ziga xos xususiyati ekanligi e‘tibordan chetda qoladi.
3.Faoliyatli yondashuv madaniyatni faoliyatning insonga xos shakli sifatida tahlil qiladi. Bunda inson biologik tipiga xos bo’lgan vositalar va mexanizmlarni ifodalashga uriniladi. Faoliyatli yondashuv bilan tanishar ekanmiz, ularning asosiy fikri e‘tiborimizdan chetda qolmasligi kerak: madniyat - bu faoliyat emas, faoliyatning o’ziga xos shaklidir, masalan, oziq-ovqat maxsulotlari yaratish o’z- o’zicha madaniy jarayon emas. Bu jarayon takomillasha borgani sari u madaniyat elementlari bilan boyib boradi.
Madaniyat tushunchasini talqin etishning bundan tashqari texnologik, sistemaviylik, tarkibiy-funktsional yondashuvlari mavjud. Yuqorida sanab o’tilgan yondashuvlar biri-ikkinchisini to’ldirib, bu murakkab ijtimoiy fenomen haqidagi tasavvurlarni boyitishga yordam beradi.
Ko’rinib turibdiki, madaniyat sohasiga doir xususiyatlarni turlicha ifodalash va tasvirlash mumkin, biroq bunda har safar tadqiqotning aniq maqsadlariga asoslanamiz. Shunga qaramasdan ushbu tushunchaning asosiy mazmuni e‘tiroz tug’dirmaydi.Moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yig’indisi, shuningdek ularni yaratish yo’llari, ulardan kishilik jamiyatining taraqqiyot yo’lida foydalanish malakasi, ajdoddan avlodlarga yetkazish yo’llari madaniyat deb yuritiladi. Madaniyatning boshlang’ich shakli va manbai inson mehnati hamda uning natijalari bilan bog’liq.
Download 34.5 Kb.




Download 34.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaniyat va sivlizatsiya tushunchalarining o'zaro nisbati «Madaniyat»

Download 34.5 Kb.