4-bob. Marketing tizimi va sohasi




Download 190.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana28.02.2024
Hajmi190.03 Kb.
#163840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-marketing compressed
mustqil ish, 7. Differensial tenglamalarning umumiy va xususiy yechimlari 20 list, 1917942, (Tafakkur operasiyalari) Y. Mashhura, Hayitov Fazliddin, phpH6Wg4m IMYA-PRILAGATELNOE-10-klasse, 7-mavzu. Statistik baholar va ularga qo’yiladigan talablar tayan, 7-ma’ruza mavzu Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elemen, PrintContractPdf (1), SOFT SKILLS FOR ENGINEERS. LECTURE - 13, Ehtimol 2-MI, slovar, mudir tavsiya2, 371243c8-1b59-d4b3-bf81-0e7148bc90c3 media (1), kvadrat funksiya


73 
4-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI 
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari 
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor 
talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida 
to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni 
birlashtiradi. 
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, 
sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning holati, alohida 
shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish 
paytini aniqlab olish kerak. 
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan 
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 
➢ ta’minotchilar; 
➢ raqobatchilar; 
vositachilar
➢ iste’molchilar (bozor); 
➢ firma (kompaniya). 
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit 
ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik 
va ekologik omillar kiradi. 
Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan 
tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. 
Raqobatchilar – hohishi bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, 
tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. 
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini 
mijozlarga etkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga 
bo‘linadi. 


74 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini 
transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. 
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy 
xizmatlarni amalga oshiradi. 
Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi 
bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-
atvorini o‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini 
o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib, 
dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni 
egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar 
sabab bo‘ladi. 
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, 
maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro 
aloqasidir. 
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyat serqirradir. Uning tarkibi yoki 
faoliyat sohalarida quyidagicha: 
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- iste’mol tovarlari marketingi, 
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin.
Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib 
qoladi, ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik 
maqbullik qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi. 
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan 
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. 


75 
Bu sohada iste’molchi fe’l - atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta 
e’tibor beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni 
uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining 
asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish 
tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. 

Download 190.03 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 190.03 Kb.
Pdf ko'rish