7-amaliy mashg’ulot Texnologik jarayonlarni tanlash va tahlil qilish




Download 22,98 Kb.
Sana10.02.2024
Hajmi22,98 Kb.
#154174
Bog'liq
7-amaliy mashg’ulot


7-amaliy mashg’ulot
Texnologik jarayonlarni tanlash va tahlil qilish.

Kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda dastlab texnologik jarayon tanlanib chuqur taxlil etiladi.


Kimyo va oziq-ovqat texnologiya tizimlari deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. Shunday qilib texnologik tizimlar jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va boshqarish vositalarini va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘z ichiga olar ekan.
Texnologik tizimlarda ma’lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun, bizga aralashtirgichli reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo‘lishi kerak.
Ushbu texnologik tizim tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish U signallari orqali baholash mumkin. Kirish signali bo‘lib odatda xom-ashyo, uning miqdori, tarkibi, temperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Chiqish signali bo‘lib, tayyor mahsulot miqdori, uning sifati, teperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Texnologik tizimga odatda har xil turtkilar Z ta’sir ko‘rsatadi va texnologik tizimni belgilangan sharoitlardan chiqaradi. Bu turtki ta’sirlarini kompensatsiya qilish uchun, odatda boshqaruvchi ta’sirlardan foydalaniladi.
Texnologik tizim- murakkab ob’ekt hisoblanib, uni alohida elementlarga (podsistema) dekompozitsiyalash mumkin. Elementlar o‘zaro informatsion bir-biri bilan va ob’ekt atrof muxiti bilan bog‘liqdir. Bu bog‘liqliklar ob’ekt tuzilishini tashkil etadi.
Texnologik tizim mo‘ljallangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan algoritm bo‘yicha ishlaydi. Hamma texnologik tizimlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga bo‘lish mumkin.
Bundan tashqari texnologik jarayonlar determinlashgan va staxostik jarayonlarga bo‘linadi.
Determinlashgan deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy kattaliklar uzluksiz va aniq qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgaradi. Bunda, ushbu jarayonni ifodalovchi chiqish parametrining qiymati, kirish parametrining qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Staxostik deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy parametrlar o‘zgarishi tartibsiz va diskret ro‘y beradi.
Apparatlaroro texnologik oqimlar tuzilishi va texnologik oqimlar tizimi kirish parametrlari berilgan bo‘lsa, texnologik tizimlarini tahlil qilishda, shu tizim texnologik oqimlarining chiqish va oraliq parametrlari va texnologik tizimlar apparatlarining konstruktiv va texnologik parametrlarining berilgan qiymatlari uchun effektivlik kriteriysi aniqlanadi. Ya’ni, texnologik tizimlarlarini tahlil qilishda, texnologik oqimlar tuzilishi va kirish parametrlari berilgan bo‘lsa, unda chiqish va oraliq parametrlari aniqlanadi va texnologik tizimlarning effektivlik kriteriysi aniqlanadi (1-sxema).
Download 22,98 Kb.




Download 22,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-amaliy mashg’ulot Texnologik jarayonlarni tanlash va tahlil qilish

Download 22,98 Kb.