Tijorat va texnik enhat




Download 281.28 Kb.
Sana02.04.2024
Hajmi281.28 Kb.
#185260
Bog'liq
ENHAT ЭЭСК
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99

Elektr energiya sifatini nazorat qilish


EESKni quvvat isrofi va jihozlarning xizmat qiliSh muddatining kamayiShi, Shuningdek, mahsulot miqdori va sifatining pasayiShiga ta’sir darajasiga muvofiq tartibda yoziSh mumkin:
1) kuchlaniSh va chastotaning og‘iShi;
2) kuchlaniSh va tokning nosimmetrikligi;
3) kuchlaniSh va toklar egri chiziqlarining nosinusoidalligi;
4) kuchlaniSh o‘zgariShining oralig‘i.
Elektr energiya sifati pastligining tarmoqlar va elektr jihozlariga ta’siri elektr energiya isrofining ortiShi; jihozlarning xizmat muddatini qisqariShi; iShlab chiqariSh darajasining pasayiShi; sifatning yomonlaShuvi va ba’zan brak mahsulot iShlab chiqariliShiga olib keluvchi texnik zararda ko‘rinadi.
Elektr tarmoq va jihozlaridagi quvvat isrofi kuchlaniSh qiymatiga bog‘liq raviShda o‘zgaradi. Masalan, yuk isroflari, ya’ni elektr uzatiSh yo‘llari (EUY) va transformatorlar almaShtiriSh sxemalarining bo‘ylama qismlaridagi isroflar, tokning kvadratiga to‘g‘ri va kuchlaniShning kvadratiga teskari proporsionaldir. Salt iShlaSh isroflari kuchlaniSh kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bundan kelib chiqadiki, kuchlaniShni rostlaSh quvvat va energiya isroflarini o‘zgartiradi.
Elektr energiya sifatining elektr jihozlariga xizmat qiliSh muddatiga ta’siri asosan o‘tkazgichlar va izolyasiyadagi haroratning ruxsat etilgan qiymatidan ortib ketiShi natijasida ularni tez eskiriShida namoyon bo‘ladi. CHo‘g‘lanma lampalar xizmat muddatining kamayiShiga kuchlaniShning musbat og‘iShi xususan kuchli ta’sir etadi. YUqori garmonikalar, xususan rezonans yuz berganda , kondensator batareyalarining iShdan chiqiShiga olib keladi.
Texnologik zarar - texnologik jarayon va iShlab chiqariluvchi mahsulot turlari bilan belgilanadi. Odatda, texnologik zarar iShlab chiqariluvchi mahsulot miqdori yoki sifatining pasayiShi, mahsulotning brak bo‘liShi va hattoki texnologik jarayonning buziliShida namoyon bo‘ladi. Mahsulot miqdori va sifatining pasayiShi mahsulot umumiy narxi o‘zgariShining berilgan kuchlaniSh darajasiga bog‘laniShini belgilovchi iqtisodiy xarakteristika bilan baholanadi.
Download 281.28 Kb.




Download 281.28 Kb.