1. Mahsulot sifatini oshirish Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichlarini o’rganish




Download 22.4 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2024
Hajmi22.4 Kb.
#205629
  1   2   3
Bog'liq
1 - topshiriq, boshlang-ich-sinflarning-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarida-lug-at-ustida-ishlashning-lingvodidaktik-asoslari, 425-Article Text-606-1-10-20230607, Mustaqil ish, Buxgalteriya Dan kassa operatsiyalari hisobi, 4 POLIVINILXLORIDNI REAKSIYA QILISH JARAYONIDAGI HARORATNI ROSTLASHDA

Mahsulot sifatini nazorat qilishning radiatsiyon usuli.
Reja ;
1.Mahsulot sifatini oshirish
2. Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichlarini o’rganish.

Belgilangan mahsulotning sifat ko'rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko'rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo'luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o'z ichiga oluvchi ishlarning yig'indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi.


Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo'linadi:
1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
2. O'z resursini sarflaydigan mahsulot.
1-turkum mahsulotlari vazifasi bo'yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi:(xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yoqilg'ining yonishi, oziq-ovqat mahsulotlarini o'zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi jarayon ham bo'lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperatsiya va regeneratsiyasi). Vazifasi bo'yicha 2-turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma'naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi.
Mahsulotning ko'rsatilgan tavsiflanishining qo'llanishi quyidagi amallarni bajarishda bir qator engilliklar yaratadi:
• muayyan guruh mahsulotining birgina ko'rsatkichining nomlarini tanlashda; • mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda;
• bir yoki bir nechta buyumlarni asos bo'luvchi namunalar sifatida tanlab olishda;
• mahsulotning sifat ko'rsatkichlari nomlariga davlat standartlarining tizimlarini yaratishda.
Mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi omillarni to'rt toifaga bo'lish mumkin:
• Texnikaviy;
• Tashkiliy
; • Iqtisodiy;
• Ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikatlarning sifati va shunga o'xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta'mirlash;
materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; 155 mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish, ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga haq to'lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag'batlantirish, mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish, uning sifat darajasi, tannarxi, mahsulotning bahosi va shunga o'xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o'zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida - tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste'molda yoki ishlatishida namoyon bo'ladi. Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi o'rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo'llanishi natijasida hamda me'yoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste'molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi.
Mahsulotning sifatini baholash. Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talablar qo'yiladi, bunda quyidagilar deyarli to'liq ta'minlanadi:
• mahsulotning iste'moldagi hamma xossalarini kompleks tahlil va holisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon bo'lish imkoniyati;
• keltirilgan baholanishga asoslanib, iste'molchi tomonidan mahsulotning ishlatilishdagi va ekologikligidagi xavfdan hamda mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto'g'ri baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasini baholanishining asosiy maqsadi:
• yangi mahsulot turlarining parametrlarini asoslash;
• mahsulotni, standartlarni, texnikaviy shartlarni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriqlar tayyorlash hamda yangi mahsulot uchun, uning texnikaviy darajasi kartalarini tuzish;
• ishlab chiqariluvchi mahsulotni sinov natijasiga qarab qaror qabul qilish;
• ishlab chiqarilgan mahsulotning qabul nazorati natijalari bo'yicha qaror qabul qilish;
• mahsulotni ta'mirlash bo'yicha qaror qabul qilish;
• mahsulotni bozorda etarlicha qadrlanishiga va arziydigan bahoda sotilishiga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasini baholashda turli usullardan foydalaniladi: differensial, kompleks, aralashgan va statistik usullar. Differensial usul deb, mahsulotning sifatini birgina ko'rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi.

Download 22.4 Kb.
  1   2   3




Download 22.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Mahsulot sifatini oshirish Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichlarini o’rganish

Download 22.4 Kb.