Mustaqil ishi




Download 1.93 Mb.
Sana18.04.2022
Hajmi1.93 Mb.
#19879
Bog'liq
Mustaqil ishi SIMM

Mustaqil ishi

Mavzu:Mexnatga haq to‘lashni erkinlashtirish masalalari.


TDTU ni “Avtomobil Transporti muhandisligi” fakulteti AS-1 guruh talabasining
Bajardi: Yo’ldashev Jasurbek
Tekshirdi: Rashidov D.

Reja:

1.Mehnat haqining eng kam miqdori

2. Mehnat haqining shakli (natura va pul ko‘rinishida) 3. Ortiqcha to‘langan ish haqini qaytarish 4. Mehnatga haq to‘lash muddatlari 5. Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish 6. Mehnat haqidan ushlab qolish 7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lashni erkinlashtirish.

Mehnat haqining eng kam miqdori

Mehnat haqining miqdori ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha belgilanadi. Mehnat haqi xodimning ishlagan davri va bajargan ishi uchun beriladi. Mehnatga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Mehnat haqining shakli (natura va pul ko‘rinishida)

Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasidapul shaklida to‘lanadi.Xodimlarga ish haqi ular ishlayotgan joyda to‘lanadi. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘laganlik uchun mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima belgilangan.

Ortiqcha to‘langan ish haqini qaytarish

Ish haqi hisob-kitobdagi xato natijasida ortiqcha to‘langan bo‘lsagina xodim tomonidan qaytariladi. Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan ortiqcha to‘lovlar qaytarilmaydi.

Mehnatga haq to‘lash muddatlari

Mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Qoida tariqasida har oyning 15 sanasida avans to‘lovi, keyingi oyning 5 sanasigacha oylik maosh beriladi.

Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish

Mehnatga haq to‘lash shartlari xodimning roziligi bilan yoki roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin. Mehnatga haq to‘lashning shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish

Quyidagi hollarda xodimning roziligisiz mehnatga haq to‘lash shartlari o‘zgartirilishi mumkin:

texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi natijasida avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;

• qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantiriladi.

Mehnat haqidan ushlab qolish

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin.

• belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

• sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

• oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;

Mehnat haqidan ushlab qolish

mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;

xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun;

• intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lashni erkinlashtirish. 

Mehnatga haq to‘lash darajasini o‘rnatishning bozor mexanizmi mehnat bozorida mehnat resurslarining taklifi va ularga talab mohiyatidan kelib chiqadi. Bu masalada, eng avvalo, mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha shaxsning o‘zi tomonidan qabul qilinadigan qaror muhimdir. U mehnat qilish niyatida bo’lsa, birinchi navbatda, qancha vaqt haq to‘lanadigan ish bilan mashg‘ul bo‘lishini va qanchasini bo‘sh vaqtiga ajratishni hal etishi kerak. Shaxs o‘z qarori asosida mehnat bozorida ish beruvchiga o‘z talablarini qo‘yadi.

Shaxsning bo‘sh vaqtga talabi boshqa barcha ne’matlar kabi quyidagi uch omilga bog‘liqdir:

1) ne’matlaming muqobil chiqimlari;

2 ) shaxsning moddiy farovonligi darajasi;

3) shaxs tomonidan nimani (ishlash yoki bo‘sh vaqtga ega bo‘lish) maqbul topishi.

Foydalanilgan adabiyotlar

° http://www.advice.uz

°http://hozir.org/korparativ-madaniyat

°http://ziyonet.uz


Download 1.93 Mb.




Download 1.93 Mb.