• Tayanch iboralar va atamalar
  • Muxandislik vazifalari tizimini o‘rganish yo‘llari.
  • Maruza-2 Muxandislik ijodkorligi asosi- tizimli fikrlash




    Download 44.63 Kb.
    bet1/2
    Sana14.06.2023
    Hajmi44.63 Kb.
    #72827
      1   2
    Bog'liq
    2-maruza
    nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi, 1-maruza, урилиш механикаси (Материаллар аршилиги), materiallar qarshiligi (1), 1 Maruza, Psixologik trening mashg\'ulotlar [uzsmart.uz], O\'rin-payt kelishigi

    Maruza-2
    Muxandislik ijodkorligi asosi- tizimli fikrlash
    Reja:

    1. Muhandislik ijodkorligida yondoshuvlar tizimi.

    2. Muhandislik vazifalarini yechishda tizimli yondoshish.

    3. Texnika rivojlanishining asosi – tizimli qarama-qarshilik.

    4. Texnika tizimlarini tashkil etishning funksional tamoillari. Texnika tizimlarini rivojlantirish. Faylasuflarning fikrlari.

    5. Texnologik jarayonlar. Texnik ob’ektlar. Qarorlarni qabul qilish jarayonida qo‘llaniladigan umumiy tizimli shakllantirish usullari. Qarorlarni qabul qilishda matematik yondoshuv.



    Tayanch iboralar va atamalar: ob’ekt, tizim, semiotika, dizayn, ergonomika, evolyusiya, funksiya,yaxlitlik, model, element, mikroorganizm, ultratovush, rezistiv, mezon.
    1.Texnika obektlarini bir –biri bilan o‘zaro bog‘liq xolda yuqori pog‘onadagi elementlar tizimidan tashkil topgan deb tushuniladi. Tizimni tahlil qilish usullari texnik tizim nazariyalarining asosi xisoblanadi.
    2. Xar bir texnik ob’ektga alohida etibor qaratib, uning aniq fizik xolatlari bo‘yicha bajarish imkoniyatlari ko‘riladi. Texnika tizimi ishini tashkil etish tartibi nazariya asosi bo‘lib xizmat qiladi.
    3. Texnik obektning talabbardoshlik xususiyatlarini baholashda uni tayyorlash uchun sarf-xarajat xamda xisobdan chiqarish tizimga inisbatan qtisodiy yondashish kerak bo‘ladi.
    Ishlarni iqtisodiy taxlili shu vaqtdagi loyiha, ishlab chiqarish tajribasi, ularni ommaviy tayyorlash, foydalanish, tamirlash , eskisidan yangisiga o‘tish va almashtirish asosi uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
    Muxandislik vazifalari tizimini o‘rganish yo‘llari.Obektni ilmiy jixatdan o‘rganishda, uning xossalarini biror bir tizimga yondoshgan xolda qaraladi.
    Obektda tizimli xossalari bo‘lishi uchun uning kamida to‘rtta aloxida xususiyatlari jam bo‘lishi kerak:

    1. Yaxlit va bo‘lina olishi yani yaxlitligi bilan, qismlarga ajratilishi (elementlari bilan).

    2. Elementlarning bir biri bilan bog‘liqligi, atrof –muxitda elementning quvvatini yuqoriligi bilan.

    3. Tashkil etilishi-obektni noaniqligini pasaytiruvchi darajasi, xossasi bilan.

    4. Butunlik-obektni aloxida element xossasiga xos bo‘lmagan xususiyati bilan.

    Tabiiy, namunaviy tizimlar, (modellar, nazariyalar, tizimlar va boshqalar), shu qatori suniy tizimlar, inson tomonidan yaratilgan (texnologiya) tizimlar ajralib turadi: jamiyat, mashinalar, qurilmalar, qismlar, jixozlar, shunday ijtimoiy (jamoaviy) tizimlar.
    Tizimlar o‘zining murakkabligiga karab oddiy va murakkab bo‘ladi.
    Oddiy tizimlar aniq elementlar soniga va bog‘likka ega bo‘lgan tizim.
    Ko‘pgina oddiy tizimlar inson tomonidan yaratilgan bo‘lib namunaviy va suniy ko‘rinishda bo‘ladi.
    Murakkab tizim-bu qonuniy asosida tirik tabiiy va jamoaviy tabiat, o‘zining qaytarilmas xususiyatlari, oldindan aytib berish qiyin bo‘lgan maqsadga muvofiqlikdan tashkil topgan.
    Bunday tizimda yo‘nalishlar olib borishning o‘ziga xos murakkabliklari bo‘lib o‘zining noaniqliklari bilan uslubiyotlarni tanlash qiyin kechadi.
    Nazariy tizimlardaumuman bo‘laklarni yoki elementlarni obekt tarkibida joylashtirish yuqoridan pastga tartibida amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
    Bunga misol tariqasida yo‘l qurilishi sohasidagi bir butunlikni ishlab chiqarish ishlarini energetikasiz texnik tizim ishini tashkil etishdagi muhimligini ko‘rish mumkin (bog‘liqligini ierarxiya).
    Bu tizim atrofimizda bo‘lib boshqa tizimlar bilan uzviy bog‘liqlikdir. Tizimning xususiyati, tarkibi va bajarish imkoniyatlari shu tizimni yaratilish elementlariga va ularni o‘zaro aloqalariga bog‘liqdir.
    Aniq obektlardan modellarga o‘tish yo‘llarini detallashtirishning bichilgan darajalarida tizimli taxlil qilinadi. Obektlarni tizimli shaklida bir biri bilan ajratish va uni modellari xuddi tabiat ko‘rinishlarini rasmi bilan, insonni uning fotosurati bilan, mashinalarni loyixalari bilan ko‘rilganday ajratiladi.
    Hammasi rassom va muxandisning moxirligiga bog‘liq. Aloxida fanlarning ierarxiyasi (yuqori bo‘lishi, bo‘ysunishi yoki boshlovchi bo‘lishi), bazi obektlarni o‘rganishda va har xil holatni ko‘rib chiqishda maxsus ishlarni bajarish bilan ko‘rinadi. Bu xususiyat ko‘p tarmoqli o‘rganish deyiladi.
    Xuddi shunday sifatda-ko‘p tarmoqli ijodiy fikrlash bo‘ladi. Bizga malum umumiy fanlarda matnlar, chizmalar, grafiklar va boshqa natijalarni tabiatda va texnika qonuniyatlari asosida ko‘rsatishda semiotika (belgi ishora) nuqtai nazaridan foydalaniladi. Semiotika o‘z navbatida malumotlarni taxlilini progmatik nuqtai nazaridan insonga fanni belgilash tizimini beradi.
    Texnika rivojlanishi asosida uchraydigan qarama-qarshiliklar tizimi.
    Muxandislik faoliyati boshlanishi (bilim va extiyoj)dan oxirigacha (yechim va natija) samarali amalga oshirish muammosi turadi.
    Bu masalani xal qilish uchun muammolarni yechishga kirishish va bunda tizimli qarama-qarshiliklarni bartaraf etish hamda ko‘zlangan maqsadga yetish murakkab bo‘ladi.
    Texnika rivojlanishni xarakatga keltiruvchi kuchbo‘lib tizimli qarama qarshilik aniq ko‘ringan holda rivojlanish xarakatiga tasirini o‘tkazadi.
    Muammoni paydo bo‘lishi markazi bo‘lib qarama-qarshilik bo‘ladi.
    Har qanday texnika tizimi rivojlanishining evolyusiyasi beshta qonuniyatga muvofiq bo‘ladi:

    1. Texnik tizimning alohida elementlari xar doim bir biri bilan yaqi aloqada ishlaydi;

    2. Texnik tizim bir tekisda (maromda) rivojlanmaydi: bazi bir elementlar rivojlanib boshqalari orqaroqda qoladii;

    3. Elementlar tizimidagi eskiligicha qolib ketgan jismlar bilan kelib chiquvchi qarama-qarshiliklar majbur qilmaguncha texnik tizimda reja bo‘yicha rivojlanish asta-sekin davom etishi mumkin;

    4. Tizimni qarama-qarshiliklar butun tizimdagi rivojlanishni orqaga tortishi mumkin;

    5. Tizimdagi kichik bir qismni o‘zgartirish bilan butunlay tizim ishini va qismlarini o‘zgarishi kuzatailishi mumkin.


    Download 44.63 Kb.
      1   2




    Download 44.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maruza-2 Muxandislik ijodkorligi asosi- tizimli fikrlash

    Download 44.63 Kb.