• Texnika rivojlanishida tizimlashning umumiy qonuniyatlari.
  • Nazorat savollari
  • Texnika tizimlarini tashkil etishdagi alohida xolatlar




    Download 44.63 Kb.
    bet2/2
    Sana14.06.2023
    Hajmi44.63 Kb.
    #72827
    1   2
    Bog'liq
    2-maruza
    nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi, 1-maruza, урилиш механикаси (Материаллар аршилиги), materiallar qarshiligi (1), 1 Maruza, Psixologik trening mashg\'ulotlar [uzsmart.uz], O\'rin-payt kelishigi
    Texnika tizimlarini tashkil etishdagi alohida xolatlar. Har qanday texnik tizim biror ishni bajarish qonuniyatlariga xos ravishda rivojlanadi.. Rivojlanishni xarakatga keltiruvchi kuch jamiyat talablari va TIX tizim ichki imkoniyatlari bo‘ladi.Bunday xolatlarda texnik tizim o‘zining tarkibiga muvofiq ikkita muammoni tizimda taxlil va o‘rganish orqali iteratsion (takrorlanuvchi) xal qilishga erishadi.
    Tizimni taxlil natijali texnik tizimni tizimga va aniq xulosaga olib keladi, biror vazifni bajarishga, texnik tizimni samarali imkoniyatlarini aniqlaydi.
    Funksiya-bu muxandislik ijodiyotida xar tomonlama tushuncha bo‘lib, xarakatlarni va texnik obektlar va elementlarni qisqacha tasvirlovchi xossalarni yuzaga chiqaruqchidir.
    Texnik talablarni bajarish texnik tizim vazifalarini namoyon qilishdir. Funksiyalash qonuniyatlarida texnik tizimlar taxlili va tarkibiy qismlaridan ishlatilgan, tadqiqot usullari ko‘rsatiladi va shuning uchun ularni funksional xususiyat deb tushuniladi.
    Bu xususiyatlarni ko‘ramiz:

    1. Xususiyat funksiyaning o‘zligi, tizimdagi elementlar orasida funksiyalarni to‘g‘ri kelishi darajasini ko‘tarilishidir. Misol uchun elektr isitish qurilmasida ishlatiiladigan past xaroratda ishlaydigan izolyatsiya yuqori xaroratli spi iral oldida ishlay olmaydi.

    2. Bazi bir funksional xususiyatlarni dolzarbligi bo‘yicha har xil faoliyatlarda ishlash imkoniyatlari foydalanish mumkinligi. Misol uchun toza isitilgan xavodan uy isitishda ko‘llash.

    3. Elementlarning funksiyalarini har xil xar sharoitlarda o‘zgaruvchanligi (labilnosti). Misol uchun Mikroorganizmlarni tirikligini yoki yo‘qotish ishlarini ultratovushlarning har xil yunalishda bajarish.

    4. Tizimning biror va ayni elementlari funkchiyalarini yig‘ilish xossalari. Misol uchun xaroratga molik rezistiv elektr isitgichlar xarorat o‘tkazuvchi bo‘lib ishlashi.Texnik yechimlarni samarali usullarda ochish bilan texnik obektlarni ishini taxlil qilish va o‘rganish texnik ijodiyotni faollashtirishning kuchli quroli bo‘ladi. Misol uchun texnik tizimi elementlarini tannarxini belgilovchi omillar taxlili orqali aniqlash malumdir, qachonki har bir ish pul birligida baholanadi.

    5. Texnika tizimi rivojlanishi va samaradorlik mezoni tizimi.

    Bu mezonlar texnik tizimning bir vaqtda asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘ladi. Ular texnik tizimning sifat talablarga ko‘rsatkichlari bo‘yicha baxolanadi.
    Texnika rivoji keyingi mezonlar guruhi bo‘yicha aniqlanadi:
    -Texnik obektning funksiyasini tariflovchi asosiy ko‘rsatkichlari-funksional mezon bo‘ladi;
    - Texnik obektning texnologik mezoni uning sodda tayyorlanish imkonyatlari;
    - Texnik obektning iqtisodiy mezoni bo‘lib, bajarilayotgan ishning iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligini ko‘rish;
    - Texnik obektni antropologik mezonlari xavfsizlik, dizayn, sanitar-gigenik va foydalanishdagi masalalar bilan bog‘liqdir.
    Texnikaning rivojlanishi va samaradorlik mezonlari tizimi talab shartlariga mos bo‘lishi kerak:

    • O‘lchanish shartlari, o‘lchovlarning shkalalarini biriga muvofiq miqdor sifatiga to‘g‘ri kelishi, oraliq nisbati, tartibi;

    • O‘rindoshlik shartlari bo‘yicha o‘lchash birliklariga ega bo‘lib, texnik obektni har xil vaqtlar va davlatlar bo‘yicha solishtirish kerak, yaxshisi o‘lchamsiz solishtirmasdan;

    • Xisobga olmaslik shartlari texnikani rivojlanishiga salbiy tasir ko‘rsatib, parametrlariga salbiy xususiyatlarni ko‘rsatadi;

    • Doimiylik shartlari salbiy tasirlarni yo‘qotib, ularni xar doim xisobga omaslik joyiga ega bo‘ladi;

    • Eng kam va erkinlik (mustaqillik) shartlarining mezoni boshqa sinflardan o‘tkazib olinishi mumkin yoki ularning to‘g‘ri tergovlari bo‘lmagan xollar.

    Aniq mezonlar tizimini tushuntirib uni ajrata olish imkoniyatini tasavvur etishi bilan mavjud va yaratilayotgan texnikani har tomonlama baholash , boshqa texnikalardan texnik yechimni yaxshilashga yo‘l topish.
    Ishlab chiqarishdagi texnik obektni funksional mebzoni

    • Ishlab chiqarish quvvati mezoni t/c, l/s, t*km/s, kv/A, Kv/s, va boshqalar;

    • Mexanizalashtirish mezoni mexanik ishlar nisbati qatori mexanik va yo‘l ishlarining yig‘indisi;

    • Avtomatlashtirish mezonlari ularni bajarilgan ishlar yig‘indisi bilan avtomatik boshqarishda bajarilgan ishlar bilan nisbati va odamlar bajargan ishlari.

    • Ishlov berish jarayoni muntazamligi meyori, jarayonlar sonini nisbatini uzluksiz jarayonlardan foydalanishdagi uzluksiz va aohida jarayonlar yig‘indisiga muvofiqdir.

    Funksiyaning mezoni aniqligiga o‘lchov, maqsadga erishish, materialga ishlov berish, kuchlar va axborotlar turkumini to‘g‘rilash.
    Funksiya mezoning ishonchliligiga ishni oxirigacha bajarish, chidamliligi, saqlanishi, tamirlab bo‘lish.
    Texnologik mezonlar:
    -texnik obektni tayyorlash murakkabligi samarali tayyorlashga ketgan sarf xarajatlar birligi;
    - texnologik imkoniyatlarini qancha standart elementlardan tashkil topganligi va aloxida xususiyatli elementlarning har xil murakkablik darajasidagi xamma elementlari yig‘indisi bo‘yicha og‘irlik koiffitsienti.
    Bu mezonni alohida sharti bo‘lib standartlashtirishdagi unifikatsiyalanish xolati ko‘riladi;

    • Materiallardan to‘g‘ri foydalanish bilan texnik obekt miqdorini sarf etilgan material miqdoriga nisbatiga bog‘liqligi;

    • Texnik obektni elementlargi ajratish bilan ularni texnologik tayyorlash ishlarini soddalashtirish, obdon ishlov berish, tamirlash, almashtirish va mahsulotni yaxshilashda standartlashtirish va unifikatsiyaga asoslanish.

    Texnik obekt iqtisodiy mezonlari
    -materiallar va energiya sarfi, texnik obektni iqtisodiy samaradorligiga (tannarxi va boshqalar) asoslanadi.
    -axborotni tayyorlash va ishlashga ketadigan sarflar asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, axborotni taminlashga sarf xarajat xisoblanadi;
    - texnik obektning kenglik o‘lchovlari, uning xajmiga bog‘liq bo‘lib iqtisodiy samarasini va boshqalarni belgilaydi.
    Antropologik mezonlar
    -Ergonomikligi, inson-mashina tizimida samarali ergotikali munosabatida maksimal imkoniyatni qo‘llash (ergotik tizimda insonning xarakatidan to‘liq foydalanish koeffitsienti).
    - elastik, xavfsizlik, ekologiyaga mosligi, berilgan kattaliklarni meyoriysiga to‘g‘ri kelishi.
    Texnika rivojlanishida tizimlashning umumiy qonuniyatlari.
    Muxandislik ijodiyotining eng yuqori pog‘onasi qonunlarni ajratish va tadbiq qilish va texnik qonuniyatlar xisoblanadi:

    1. Texnika o‘sishi evolyusiyasi qonunida avloddan-avlodga davrlar o‘tishi natijasida aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va samara mezonlarini ko‘tarish. Keyinchalik bu qonundan foydalanib oldindan mamara mezonlarini va texnik obektni boshqa izlanishlarini aytib berish;

    2. Funksiya va tarkibning bir biriga moslik qonuni texnik obektning tizimli bir butunligini aks ettirib, xar qanday elementni undan chiqarib tashlash samara mezonini yomonlashtiradi yoki umuman ishdan chiqaradi.

    Bular asosida funksiyalarning tarkibini taxlil qilish va uslublarini ishlash qonunlari ishlab chiqilgan, aniq texnik vositalar hamda murakkab texnik obektlarni taxlil qilish va kompyuter axborot texnologiyalarini qo‘llash uslublari rivojlanmoqda;

    1. To‘rtta asosiy funksiyalarni ketma-ketlikda ishlatilishi bilan bog‘liq xolda odam tomonidan texnik obektni yaratish jarayonida texnikaning bosqichma-bosqich rivojlanishi qonunlari xajmi va maxsulot sifatda texnologik-energetik-boshqaruv –rejalashtirish;

    2. Asosiy funksional o‘lchovlarni ajratib turuvchi ko‘rinishda, texnik obektni qatori bir xilligi qonuni. Shu qatorda boshqa o‘lchamlarga o‘tish qonuniyatlarini ishlatishga yo‘l beradi;

    3. Texnik obektning simmetriyasi va asimmetriyasi qonunlari, qaysiki ularni buzilishi bilan texnik yechimi va texnik tizimning rivojlanish yo‘llarini qiyinlashishi;

    4. Texnologik qator konuni. Bu Mendeleev tablitsasida ko‘rsatilgan elementlarning bazi birlarini o‘rganishda yangi elementlarni xosil bo‘lishini oldindan aytib berish mumkinligi;

    5. Birinchi yaratilgan texnik obektni mkoniyatlaridan xar taraflama foydalanishda uning yangi funksiyalari vujudga kelishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Texnik tizimni joylashtirish bu texnologik jarayonlar va bu mexanizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va kelishilganligi, texnika darajasida bo‘lishi va xizmatchilarning maxorati, oxirgi maxsulotni ola bilishi.
    U innovatsion texno-texnologik jarayonlarni rivojlanishini jahon iqtisodiyotining bior davlatida deb tushunish uchun zarurdir.
    Davlatlarning xalq xo‘jaligining texnik-iqtisodiy rivojlanishini uzoq muddatda qurol sifatida texnologik joylashishi qo‘llaniladi.
    Texnologik tuzum 5 turda tavsiflanadi va xar biri 6 xususiyatga ega bo‘ladi. Misol uchun joylashuvning tayanch faktorlari quyidagilar.
    1-tuzim (1770-1830) to‘qimachilik mashinalarini yaratilishi;
    2-tuzim (1830-1880) bug‘ dvigatellari, stanoklarni tayyorlash;
    3-tuzim (1880-1930) elektrodvigatel, po‘latdan foydalanish;
    4-tuzim (1930-1980) ichki yonuv dvigatellarini ishlash, neft ximiya sanoatini rivojlanishi;
    5-tuzim (1980-2100) mikro elektron birikmalar, biotexnologiyalardan foydalanish.
    5-tuzim yetakchisi: Yaponiya, AQSh, Germaniya, Shvesiya, Tayvan, Koreya, Kanada, Avstraliya.
    5-texnologik tizimning o‘zagi: Eletronli protsessorlar, ximoblash mashinalari, optik tolali texnika dasturiy taminot, telekomunikatsiya, rabot texnikasi, gaz ishlab chiqarish va qayta ishlash, axborot texnologiyalari va xizmatlari.


    Nazorat savollari:

    1. Muhandislik ijodkorligida yondoshuvlar tizimi.

    2. Muhandislik masalalarini yechishda tizimli yondoshish.

    3. Funksional tizimli yondoshuv va uning algoritmi.

    4. Texnik rivojlanishning asosi – tizimli qarama-qarshilik.

    5. Texnik tizimlarni tashkil etishning funksional tamoyillari.

    6. Texnik tizimlarni rivojlantirish.

    7. Qarorlarni qabul qilish jarayonida qo‘llaniladigan umumiy tizimni shakllantirish usullari.

    8. Qarorni qabul qilishda matematik yondoshuv.

    Download 44.63 Kb.
    1   2




    Download 44.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnika tizimlarini tashkil etishdagi alohida xolatlar

    Download 44.63 Kb.