Logistika yonalishlari




Download 11.85 Kb.
Sana25.03.2024
Hajmi11.85 Kb.
#177003
Bog'liq
Logistika yonalishlari-fayllar.org
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

Logistika yonalishlari

LOGISTIKA YONALISHLARI


1990-yillarga kelib logistika fani xalq xo‘jaligining barcha sohalarida qo‘liana boshlandi. Hozirgi kunda logistikanig quyidagi sohalari (yo‘nalishlari) vujudga keldi:
- axborot logistikasi;
- xarid logistikasi; '
- ishlab chiqarish logistikasi;
taqsimot logistikasi;
- zaxiralar logistikasi;
- omborlar logistikasi;
- transport logistikasi;
- bojxona logistikasi va boshqalar.
Axborot logistikasi. Moddiy oqimlami samarali boshqarish ntrkazida logistik tizimda aylanib yuruvchi axborotlami qayta lihlash va ulami samarali boshqarish yotadi. Logistik axborot - bu logistik tizimlami boshqarish Jirayonlarini ta’minlovchi bilimlar majmuasidir. Logistikani axborot ta’minotining maqsadi - moddiy oqimlar bwftkatini kompleks rejalashtirish, nazorat qilish va samarali boshqarish uchun m a’lumotlar bilan ta’minlashdir.
Xarid logistikasi- bu korxonani moddiy resurslar: xomashyo materiallari va tovarlar hamda butlovchi mahsulotlar bilan ta’minlash jarayonida moddiy oqimlarni boshqarish faoliyatidir. Bu faoliyat barcha turdagi moddiy resurslarni tashkil etish, yetkazib beruvchidan xarid qilib olish, tashib keltirish, qabul qilish, saqlash va boshqa shunga o‘xshash ishlarni qamrab oladi. Ishlab chiqarish logistikasi. M a’lumki moddiy oqimlar birlamchi xomashyo manbaidan oxirga iste’molchiga zarur bo‘lgan tovar ko‘rinishida yetib borgunicha bir qancha ishlab chiqarish zvenolaridan o ‘tadi. Bu bosqichlarda moddiy oqimlarni boshqarish ishlab chiqarish logistikasi deb ataladi. Ishlab chiqarish logistikasining asosiy maqsadi moddiy oqimlarni korxonaning ishlab chiqarish uchastkalarida ishlov berib tayyor mahsulotga aylanishida unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini ta’minlashdir.
Taqsimot logistikasi. Taqsimot logistikasi - bu moddiy oqimlarni har xil xaridorlar o‘rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan kompleks vazifalardir. Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kerakli tovarlarni kerakli joyga, kerakli vaqtda va kerakli sifatini ta’minlagan holda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berishdir.
Omborlar logistikasi. Omborlar logistik tizimlaming asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Yetkazib berish zanjirlarida moddiy oqimlarni boshqarish samaradorligi ombor xo‘jaligining qanday ishlashiga bogMiqdir. Ombor xo‘jaligi mahsulot sifatining saqlanishi, ishlab chiqarish va transportning bir maromda ishlashini, korxona maydonidan samarali foydalanishni, transport vositalarining ortiqcha turib qolishini kamaytirish imkonini beradi.
Transport logistikasi. Birlmachi ishlab chiqaruchidan to oxirgi iste’molchiga moddiy oqimlarni yetkazib berishda bajariladigan asosiy logistik operatsiyalar transport vositalarinig ishtirokida amalga oshiriladi. Transportning mahsuloti bu moddiy narsalami ishlab chiqish emas, balki iste’mllchilarga transport xizmatini ko‘rsatishdir. Logistika obyekti. Logistikaning asosiy obyekti bu moddiy va yo‘lovchilar oqimi bo‘lib, ularni harakatga keltirish va boshqarish uchun yordam beradigan axborot, moliya va shunga o‘xshash boshqa oqimlardir.
Logistikaning tamoyillari - moddiy va servis oqimlarni optimallashtirish asosida korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tizimli qarashlardir. Logistika tamoyillari tizimli yondoshuv asosida amalga oshiriladi. Logistik vazifalar (funksiyalar) - logistik tizim maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan logistik operatsiyalar majmuasidir. Masalan, asfalt zavodiga karyerdan shag‘al yetkazib berish bir qanCha bosqichlardan iborat bo‘ladi: shag‘alni yumshatish, shag'alni atomobillarga ortish, zavodga tashib (yetkazib) berish operatsiyalari. Ko‘rinib turganidek, bu ishlar bir maqsadga, ya’ni zavodni shag‘al bilan ta’minlab berishga qaratilgan operatsiyalardan iborat boMib Ulami bitta qilib logistik funksiyaga misol deb atash mumkin.
Logistik operatsiyalar - moddiy va axborot oqimlarini o‘zgartishiga qaratilgan alohida harakatlar majrruasi. Masalan, shag‘alni yumshatish, avtomobilga ortish va yetkazib berishni uchta opeTttsiyaga ajratish mumkin. Logistika zanjiri - biron-bir moddiy yoki nomoddiy oqimlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish mumkin bo‘lgan variantlar majmuasi. Yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda har xil sxemalarda olib boriladi, bitta va har xil transport turlari qatnashishi mumkin.
№3 Мехнат кодекси
Транспорт-логистика марказларини замонавий техника ва ускуналар билан жиҳозлашга доир намунавий талаблар Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланади
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari
Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
3-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
4-modda. Mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipi
Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega.
Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.
Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda farqlash, istisno etish, ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi asoslangan farqlar xodimning ish beruvchi bilan mehnat aloqasi xususiyatiga, mehnat faoliyati amalga oshiriladigan joyga, xodim mehnatining shart-sharoitlari va xususiyatiga, ish beruvchining huquqiy maqomiga, ba’zi tarmoqlar va kasblardagi xodimlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlariga, organizmning psixofiziologik xususiyatlariga, oilaviy vazifalarning mavjudligiga hamda boshqa obyektiv holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilish fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
5-modda. Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi
Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga muvofiq mehnat erkinligi mehnat shartnomasi erkinligida namoyon bo‘lib, bu quyidagilarni anglatadi:
xodimlar va ish beruvchilarning mehnat shartnomasini tuzishdagi erkinligini. Xodimni va ish beruvchini mehnat shartnomasini tuzishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda, qonunda yoki ixtiyoriy ravishda olingan majburiyatda ish beruvchining shartnoma tuzish majburiyati nazarda tutilgan hollarda tuzishi shart;
mehnat shartnomasining shartnomaviy (asosiy va qo‘shimcha) shartlarini ushbu shartnoma taraflarining kelishuviga ko‘ra belgilashni;
mehnat shartnomasini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatini;
har qanday mehnat shartnomasini ushbu shartnoma taraflarining kelishuviga ko‘ra istalgan vaqtda bekor qilish imkoniyatini;
xodimning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilish huquqini;
ish beruvchining xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda va belgilangan tartibga rioya etilgan holda o‘z tashabbusi bilan bekor qilish huquqini;
ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilangan hollarda, mehnat shartnomasida uni bekor qilishning qo‘shimcha asoslarini nazarda tutish imkoniyatini.
Majburiy mehnat taqiqlanadi.
Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki qo‘llash tahdidi tushuniladi.
Majburiy mehnat:
harbiy xususiyatga ega bo‘lgan ishlarni yoki “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida muqobil xizmatni o‘tash bilan bog‘liq ishlarni bajarishni;
bajarilishiga favqulodda yoki harbiy holat joriy etilishi sabab bo‘ladigan ishni;
sud hukmlarini ijro etish chog‘ida qonunchilikka rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari nazorati ostida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazo sifatida bajariladigan ishni o‘z ichiga olmaydi.
http://fayllar.org
Download 11.85 Kb.




Download 11.85 Kb.