|
-Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va yanada oshirish masalalari
|
bet | 7/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 210,5 Kb. | | #235413 |
Bog'liq Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija 23-Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va yanada oshirish masalalari
Har qanday xo‘jalik yuritish shaklining muayyan bir ijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilan belgilanadi. Samarali xo‘jalik yuritish raqobatli bozor muhitida xo‘jalikning yashovchanligini va taraqqiyotini belgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan iqtisodiy resurslar (yer, kapital, menat va boshkalar) cheklangan xarakterga ega bo‘lib, bu holat ulardan imkoni boricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiy kategoriyadir. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, ya’ni oqibatni aks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak.
Samara bu keng tushuncha bo‘lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning natijasida, o‘g‘itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligi oshishida, yem-xashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlikning va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko‘rsatmaydi. O‘g‘it va yem-xashaklardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanganlik darajasi shu xarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo‘ladi. O‘g‘it va yem-xashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligini oshuvi bu tadbirni texnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar bilan, buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi.
U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o‘lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mezonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona to‘la iqtisoiy va huquqiy mustaqillikka ega bo‘lganligi uchun asosiy maqsadi o‘ziga biriktirilgan resurslardan to‘la va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, shu resurslar birligiga qancha ko‘p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikning asosiy mezoni sifatida xo‘jalik jami xarajatlari birligiga olingan sof foydani qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Sof foyda kategoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi, moddiy va davr xarajatlari qanchalik tejalganligi o‘z aksini topadi. Fermer xo‘jaligi qancha ko‘p olishga erishsa, turli to‘lovlarni (soliq va yig‘imlar) to‘lagandan keyin o‘z ehtiyojlarini ko‘proq qondirishga, xo‘jalikni kengaytirishga imkon beradigan mablag‘ga ega bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda Fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholashga imkon beruvchi mezon va ko‘rsatkichlar tizimini bozor munosabatlari mazmuniga mos ravishda ko‘rib chiqish lozim.
Sobiq sovet tuzumida korxonalar markazlashgan usulda boshqarilib, ular faoliyatining muhim tomonlari (rejalashtirish, baho belgilash, mahsulotlarni sotish, moddiy- texnika ta’minoti va boshq.) tegishli davlat idoralari tomonidan belgilangani sababli, qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga asosan ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan yondoshib baho berilgan, ya’ni ishlab chiqarishdagi "xarajatlar-natija" nisbati asos qilib olingan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida korxonalarga keng xo‘jalik yuritish mustaqilligi berilishi bilan, ular nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etadigan bo‘ldilar, balki, o‘z mahsulotlariga xaridorlarni hamda ta’minotchilarni mustaqil tanlash, moliya bozorlarida ishtirok etish hamda soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng foyda miqdorini erkin taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday sharoitda korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini faqatgina ishlab chiqarish natijalari bilan baholab bo‘lmaydi, chunki bozor sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotni manfaatli asosda sota olish hamda moliyaviy faoliyat natijalari ham korxona samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar Fermer xo‘jaligining to‘lov qobiliyati va ishonchliligi yuqori bo‘lsa, uning uchun turli sohalarda sheriklarni izlab topish va kreditlar jalb etish oson kechadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy samaradorligiga baho berishdan manfaatdor bo‘lgan tomonlar ko‘p bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagicha bo‘lish mumkin:
- birinchi navbatda xo‘jalik mulkdorlari bozordagi kuchli raqobat muhitiga bardosh berish hamda zarur moliyaviy natijalarga erishish maqsadida;
- mavjud va potensial kreditorlar qarz berish yoki bermaslik, kredit shartlarini belgilash va uni qaytarish kafolatlarini kuchaytirish, qarzni qaytarish muddatini cho‘zish yoki cho‘zmaslik masalalarini to‘g‘ri hal etish maqsadida;
- xo‘jalik bilan oldi-sotdi munosabatlariga kirishuvchi boshqa korxonalar hamkor sifatida uning ishonchliligini baholash maqsadida;
- soliq organi soliq to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida budjetga undirish maqsadida;
- auditorlar, huquqshunoslar, davlat boshqaruvi va qonun chiqaruvchi organlar, Fermerlar uyushmasi va boshqa bilvosita manfaatdor tomonlar.
Fermer xo‘jaligi mulkdorlari manfaatlari tomonidan yondoshganda, yerdan, asosiy va aylanma fondlardan unumli foydalanish, ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ishlab chiqarish xarajatlari sarfi, mehnat unumdorligi, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari muhim bo‘lsa, tashqi sheriklar va kreditorlar xo‘jalikning to‘lovga qobilligi, kapital tarkibi, ish faolligi va rentabellik ko‘rsatkichlariga asosiy e’tiborni qaratadilar
Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida Fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini aniqlashda manfaat turlari va ularning mazmunidan kelib chiqib, shunga mos mezon va ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklari bir xil mehnat sarf qilgan holda turli shakllarda va turli yillarda turli natijalarga erishishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga baho berishda hamma ko‘rsatkichlarni ikki guruhga: natural va qiymat ko‘rsatkichlariga bo‘lish mumkin.
Natural ko‘rsatkichlar iqtisodiy samaradorlikni bevosita ifoda qilmasada, bu ko‘rsatkichlarsiz tadbirga to‘la baho berib bo‘lmaydi. Chunki natura ko‘rsatkichlari jarayonning intensivligini ifodalaydi. Shuning uchun ekinlar hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligi oshirish, yerdan foydalanish ko‘rsatkichini yaxshilash, traktor va mashinalarning yillik ish yuklamasini oshirish Fermer xo‘jaligining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Fermer xo‘jaligida olingan mahsulot va daromad turli ishlab chiqarish omillarining o‘zaro integral (funksional) aloqasi natijasi bo‘lganligi uchun qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko‘rsatkichlari nafaqat o‘lchov vazifasini o‘taydi, shu bilan birga iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar-pul munosabatlarini ham ifoda qiladi.
3-chizma
Fermer xo‘jaligining iktisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi
|
| |