• Turli parrandalar tuxumining kimyoviy tarkibi, %
  • 13-mashg‘ulot: parrandalarning tuxum mahsuldorligini hisobga olish. Darsning maqsadi




    Download 191,9 Kb.
    bet1/2
    Sana18.12.2023
    Hajmi191,9 Kb.
    #122539
      1   2
    Bog'liq
    Amaliy 13


    13-MASHG‘ULOT: PARRANDALARNING TUXUM MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH.
    Darsning maqsadi: Parrandalar tuxum mahsuldorligini tashkil etuvchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
    Kerakli jihozlar: amaliy mashg‘ulot kitobi, qo‘shimcha adabiyotlar, kadoskop, kompyuter, rasmlar.
    Darsning mazmuni. Parrandalarning Tuxum mahsuldorligi. Parrandalar tuxumi jinsiy hujayra bo‘lib, o‘z tarkibida embrionning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha zarur moddalarni saqlaydi.

    Shu sababli tuxum tarkibida inson uchun zarur bo‘lgan to‘yimli moddalar mavjud va u yaxshi iste’mol qilinadi.
    Jo‘ja otalangan ota-ona galasidan, ya’ni mokiyon va xo‘rozlar birgalikda saqlangan tovuqlardan olinadi.
    Iste’mol tuxumi esa sanoat galasidan xo‘rozlar ishtirokisiz olinadi, tuxumlar otalanmagan bo‘ladi.
    Tovuqlardan yiliga 250-280, kurkalardan 100-150, o‘rdaklardan 180, g‘ozlardan 80-100 dona, bedanalardan 100-250, sesarkalardan 100 dona atrofida tuxum olinadi.
    Tuxum yo‘nalishidagi parrandalar go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarga nisbatan ko‘p tuxum beradi. Tuxum yo‘nalishidagi xaki-kempbell o‘rdaklari 200, pekin o‘rdaklari 130 dona tuxum beradi.
    Tovuqlar, o‘rdaklar, kurkalar tuxumdorligi yoshi oshgan sari yiliga o‘rtacha 10-15 % kamayib boradi, uch yoshli tovuqlar 1 yilgi tovuqlarga nisbatan 25-30 % kam tuxum beradi. Shuning uchun ota-onalik galasi tovuqlari inkubatsiya tuxumlari olish uchun 2-3 yil, sanoat galasi faqat 1 yil saqlanadi.
    G‘ozlarda esa tuxumdorligi 3-4 nchi yoshigacha ortib boradi. Ularda ikkinchi yili 15-25 %, uchinchi yili 35-40 % tuxumdorligi ortgani uchun ulardan 5-6 yilgacha xo‘jalikda foydalaniladi.
    Tuxumning tuzilishi va kimyoviy tarkibi parrandaning turiga, zotiga, yoshiga, individual xususiyatlariga, ratsionning biologik jihatdan to‘la qiymatligiga va saqlash usuliga bog‘liq bo‘lsada, tarkibiy jixatdan bir-biriga yaqin bo‘ladi.
    Turli parrandalar tuxumining kimyoviy tarkibi, %




    Download 191,9 Kb.
      1   2




    Download 191,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mashg‘ulot: parrandalarning tuxum mahsuldorligini hisobga olish. Darsning maqsadi

    Download 191,9 Kb.