• Problem-based educational technology as the most effective method of teaching
  • Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida




    Download 284,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana04.12.2023
    Hajmi284,56 Kb.
    #110971
      1   2
    Bog'liq
    muammoli-ta-lim-texnologiyasi-o-qitishning-eng-samarali-usuli-sifatida



    Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli 
    sifatida 
     
    Hamrogul Yormuhammedovna Qodirova 
    Buxoro viloyati, Vobkent tumani, 6-DMTT 
     
    Annotatsiya: Maqolada bugungi zamonaviy ta’lim sharoitda muammoli ta’lim 
    texnologiyalarining ahamiyatli jihatlari, ta’lim oluvchilarning tanqidiy, mustaqil va 
    ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, aqliy faoliyatni yanada rivojlantirish, 
    muammoli vaziyatlar ularning turli echimlarini izlab topish, muammoli ta’limning 
    samarali usullari, ahamiyati, xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan. 
    Kalit so’zlar: muammoli vaziyat, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, salohiyat, 
    tafakkur, faoliyat uyg‘unligi, maxsus qobiliyat, ijtimoiy, taraqqiyot, badiiy ifodaviy, 
    ehtiyoj, ziddiyat, izlanish, to‘siq, ilmiy-texnika, kompleks yondashuv 
    Problem-based educational technology as the most effective 
    method of teaching 
    Hamrogul Yormuhammedovna Kadyrova 
    Bukhara region, Vobkent district, 6-SPO 
    Abstract: In the article, the important aspects of problem-based learning 
    technologies in today's modern educational environment, the development of critical, 
    independent and creative thinking skills of learners, the further development of mental 
    activity, the search for their various solutions to problem situations, effective methods 
    of problem-based education, general information about its importance and features is 
    given. 
    Keywords: problem situation, logical thinking, critical thinking, potential, 
    thinking, harmony of activity, special ability, social, development, artistic expression, 
    need, conflict, search, obstacle, scientific-technical, complex approach 
    Bugungi zamonaviy ta’lim yoshlardan kuchli salohiyatli, raqobatbardosh, maxsus 
    qobiliyatli, zamon bilan hamnafas, maqsadli, ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob 
    beradigan, mustahkam irodali bo‘lishni talab etadi. Bu kabi sifatlarni amalga 
    oshirilishda esa muammoli ta’lim texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Muammoli ta’lim bu mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, izlanish, umumlashtirish
    muammoli vaziyatlar, echim topish, bilishga qiziqish, ehtiyoj, usullar qo‘llaniladigan 
    bir yangicha tizimidir. 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    August 2023 / Volume 4 Issue 8
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    248


    Muammoli o‘qitish XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi. 
    Pedagogikada muammoli ta’lim haqida so‘z yuritilarkan ko‘z o‘ngimizga eng 
    birinchi og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlar keladi albatta. Ta’limdagi og‘zaki, 
    ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida muammoli vaziyat yaratishi 
    mumkin. Muammoli vaziyatlar esa o‘z navbatida bolani mustaqil fikrlashga, tafakkur 
    etishga, izlanishga, ijodkorlikka, boshqacha qilib aytganda aqliy salohiyatining 
    yuksalishiga olib boradi.
    Bugungi globallashuv davrida muammoli yondashuv ta’lim dasturlarida, 
    bolalarning mustaqil faoliyatlarida o‘zining ifodasini topishi lozim. Jumladan: 
    - bilimlarni muammoli bayon qilish; 
    - bolalarni izlanishga undash; 
    - ta’limning tadqiqiy metodi. 
    Muammoli ta’lim deganda beriladiga ma’lumotlarni ta’lim oluvchilar ongiga 
    ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rgatish 
    tushuniladi. Ta’lim qachonki ushbu yo‘sinda olib borilsagina bolaning fikrlash 
    faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob’ektiv ravishda 
    izlanishga, tafakkur qilishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni 
    o‘rganishga da’vat etadi. 
    Muammoli ta’lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv 
    shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va 
    bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat 
    bolaning ma’lum ruhiy holati bo‘lib, bu holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida 
    ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. 
    “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning 
    sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning bir qancha echimini topish, eng 
    to‘g‘ri xulosaga kela olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir . 
    Eng avvalo “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning 
    murakkabligi darajasi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi lozim. 
    “Muammoli vaziyat” lar tanlanganda bolaning yosh jihati, bilim darajasi inobatga 
    olinishi muhimdir. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari 
    kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, 
    o‘ziga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.
    “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi 
    - guruhlarga bo’lish 
    - muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash 
    - muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida fikr yuritish 
    - muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish 
    - to’g’ri yechimlarni tanlash 
    “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    August 2023 / Volume 4 Issue 8
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    249


    - pedagog mavzuga oid muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni 
    aniqlaydi.
    - pedagog o‘quvchilarga muammoni bayon qiladi.
    - o‘quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. 
    - o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratadi. 
    - kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar, muammoning kelib 
    chiqish sabablarini aniqlaydilar. 
    - muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar olib boradilar. 
    - muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil 
    qiladilar, muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar. 
    - kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha o‘z takliflarini 
    bildiradilar. 
    - barcha xulosalardan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi.
    -o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul 
    variantlarini tanlab oladi. 
    Muammoli vaziyat metodining mohiyati shuki, u bola tanish bo‘lgan ma’lumotlar 
    va yangi faktlar, hodisalar o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy 
    o’zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. 
    “Muammoli vaziyat” metodi 
     
    Muammoli ta’lim faoliyatini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni 
    shundaki, bunda pedagog ushbu ta’limning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini 
    yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. Pedagog hech qachon ta’lim oluvchiga 
    tayyor yechimni berishi kerak emas, balki ularni fikrlashiga, aqliy rivojlanishiga, bilim 
    olishlariga turtki bo‘lishi, ularning barcha faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea 
    va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim. Ushbu ta’lim 
    texnologiyasidan, muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida 
    foydalanish mumkin. Masalan yangi mavzu bayonida, mustahkamlash va bilimlarni 
    nazorat qilishda.
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    August 2023 / Volume 4 Issue 8
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    250


    Xulosa qilib aytganda muammoli o‘qitish texnologiyasining maqsadi ta’lim 
    oluvchilar bilan ishlash jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy masalalar
    muammolar, turlicha savollariga javob qidirish, muammoli vaziyatlar ularni hal etish 
    yo‘llari bilan yangi bilimlarni o‘zlashtirishni, faoliyatda muammoli vaziyatlarni 
    vujudga keltirish va hal etishga o‘rgatish ko‘nikmasini shakllantirishdan, qiziqish 
    uyg‘ota olishdan iborat. 

    Download 284,56 Kb.
      1   2




    Download 284,56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida

    Download 284,56 Kb.
    Pdf ko'rish