• Kalit so’zlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Tanqidiy fikrlash kelajak kasblarining mukammal




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,51 Mb.
    #120946
      1   2   3
    Bog'liq
    459-Текст статьи-1092-1-10-20201228



    TANQIDIY FIKRLASH – KELAJAK KASBLARINING MUKAMMAL 
    POYDEVORI 
    Nazarov Toshpo’lat 
    Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi 
    Bobobekov Jamol 
    Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, Maktab menejmenti, 1-kurs talabasi 
     
    Annotatsiya 
    Mazkur maqolada inson tafakkurini shakllantiruvchi tanqidiy fikrlash 
    dolzarbligi, uning mohiyati, uning turlari va bosqichlari, texnologiyalari haqida 
    fikr yuritildi. Maqolada tanqidiy fikrlash sohasining asoslari va mexanizmlari 
    yoritilgan.
    Kalit so’zlar: Prezident maktablari, tanqidiy fikrlash, tanqidiy fikrlash 
    uslubi, axborot, ichki kechinmlar va tashqi olam o’rtasidagi muvozanat. 
    Аннотация 
    В статье обсуждается актуальность критического мышления, его 
    сущность, виды и этапы, технологии, формирующие мышление человека. В 
    статье описаны основы и механизмы критического мышления. 
    Ключевые слова: Президентские школы, критическое мышление
    методы критического мышления, информации, переживания между 
    внутренним и внешним миром. 
    Annotation 
     
    This article discusses the relevance of critical thinking, its essence, types and 
    stages, technologies that shape human thinking. The article describes the basics 
    and mechanisms of critical thinking. 
    Key words: Presidential schools, critical thinking, critical thinking method, 
    information, the balance between inner experiences and the outer world. 
     
    So’nggi yillarda ta’lim tizimining umumta’lim bosqichida tanqidiy fikrlashni 
    o’rgatish, o’qitish ishlari qizg’in tus oldi. Ayniqsa, muxtaram Yurtboshimizning 
    “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 20-
    fevraldagi PQ-4199-sonli qarori natijasida yurtimizda tashkil etilayotgan Prezident 


    maktablarida ta’limni davom ettirish niyatida bo’lgan o’quvchi-yoshlarni 
    imtihonga tayyorlashda aynan tanqidiy fikrlashga doir bilimlarga ehtiyoj keskin 
    oshdi. 
    Yurtboshimiz 
    mamlakatimizni 
    2016-yilda 
    ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
    dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
    Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: 
    “…Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab 
    borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga 
    oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. 
    Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini 
    ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin 
    ham so‘zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
    javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, 
    hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi 
    bo‘lib qolishi kerak. Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari 
    rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning 
    ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat 
    bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”, - deya ta’kidlab 
    o’tganlari bejiz emas. 
    Tanqidiy fikrlash insonning dunyoqarashida keskin burilish yasaydi. Tabiat 
    va jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisalarning asl mohiyati namoyon bo’la 
    boshlaydi. Tanqidiy fikrlash muvaffaqiyat qozonishga, baxtli yashashga, mo’may 
    daromad topishga, hurmat qozonishga xizmat qiladi. 
    Tanqidiy fikrlash - bu axborotni tahlil qiluvchi, olingan ma’lumotlarni 
    umumlashtiruvchi va o’quv jarayonini o’zida aks ettiruvchi ochiq fikrlashdir. 
    Tanqidiy fikrlash orqali atrofda bo’layotgan har qanday jarayonning sodir bo’lish 
    sababi, davomiyligi hamda oqibati (natijasi) to’g’risida asosli xulosalar yaratish 
    mumkin. Tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega bo’lish, albatta, juda katta mehnat 
    talab etadi. Buning uchun, avvalo, chuqur bilimga ega bo’lish, egallangan bilimlar 


    ustida mustaqil ravishda analiz-sintez jarayonlarini amalga oshirish, har bir 
    tushunchaga mantiqan yondoshgan holda hukm va xulosalar chiqarish lozim.
    Hozirgi kunda zamonaviy axborot manbalarining jadal rivojlanayotganligi 
    va ma’lumotlarning juda tezlik bilan ommalashish ehtimolining yuqorigini 
    inobatga oladigan bo’lsak, bizga yetib kelayotgan ma’lumotlarning ishonchli 
    hamda asosli ekanligi birlamchi muammoga aylanmoqda. Ma’lumotlarning 
    axborot darajasida aniq ekanligi biz uchun juda muhim. 
    Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g’oyalarga, balki ularning 
    qanchalar foydali ekanligiga ham bo’g’liq. Bu ko’nikma orqali g’oya-fikrlarni 
    baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va hayotimizni o’zgartirish uchun 
    foydalanamiz. Tanqidiy fikrlaydigan odam go’ya va fikrlarni yaxshi tushunadi. 
    Natijada u dunyoni boshqalardan ko’ra yaxshiroq va tezroq anglaydi. Masalan, siz 
    biror ob’yekt xususida fikr bildirayotgan do’stlaringizning fikriga qo’shilmagan 
    vaziyatingizda siz ularnig shubhalariga shubha qila boshlaysiz va bu 
    shubhangizning aniq ekanligini isbotlashga urinasiz, izlanasiz va muvaffaqiyat 
    qozonasiz. Bu tanqidiy fikrlashning bir ko’rinishi.
    Tanqidiy fikrlash – bu muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va 
    oqilona foydalana olish, qo’shimcha ma’lumotlar toppish ko’nikmasidir. 
    Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, 
    boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish 
    orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda 
    mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida
    Prezidentimiz
    Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini 
    yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
    5812-sonli farmoni asosida olib borilayotgan ishlarning asosiy mazmuni kelajak 
    kadrlarini yaratish va bunda ularning professional faoliyat olib borish ko’nikmasini 
    shakllantirishning shart-sharoitlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishdir.
    Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish 
    borasida olib borilayotgan ishlar davomida o’quvchilar tomonidan kasb tanlashda 
    uchrayotgan qiyinchiliklar: 



    Download 0,51 Mb.
      1   2   3




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tanqidiy fikrlash kelajak kasblarining mukammal

    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish