“Men bu kasbni tanlasam, ……………..?”




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#120946
1   2   3
Bog'liq
459-Текст статьи-1092-1-10-20201228

“Men bu kasbni tanlasam, ……………..?” 
- bu mutaxassislik bo’yicha ish topa olamanmi? 
- uni uddalay olamanmi? 
- yetarli daromad topa olamanmi? 
- bu sohada yutuqlarga erisha olamanmi? 
va boshqa shu kabi savollarga javob topishlarida ularda vaziyatni to’g’ri tahlil 
qilishlariga ehtiyoj seziladi. 
Tahlil bu – murakkab masalani yaxshiroq tushunish uchun uni mayda 
qismlarga ajratib chiqishdir.
Yuqorida keltirilgan o’quvchilarga muammo tug’dirayotgan savollar paydo 
bo’lganida o’quvchilar ongida, tafakkurida tahlil jarayonlari amalga oshadi va 
xuddi shu o’rinda ularda tanqidiy fikr yuritishga, tanqidiy tahlilga ehtiyoj paydo 
bo’ladi. Tanqidiy fikrlash jarayonida esa mantiqiy yondoshuv faollashadi, savollar 
aniq ketma-ketlikda qo’yiladi, dalillar taqqoslanadi. Natijada, vaziyatdan chiqish, 
muammoga nostandart yechim topish mumkin bo’ladi. Aniq va tizimli fikrlash 
bizdagi g’oyalarni ifodalash uslubini yaxshilaydi. Natijada odamlar bizlarni 
yaxshiroq tushuna boshlaydilar. 
Tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega odam: 
- dalillardan oqilona va xolis foydalanadi
- fikrlarini aniq va izchil ifodalaydi; 
- mantiqsiz xulosalarni yaroqsizlaridan farqlay oladi; 
- yetarli dalil bo’lmagan taqdirda, qaror qabul qilishga shoshilmaydi.
Masalan korxonaning biror xodimi berilgan topshiriqni vaqtida bajarmadi. 
Buning uchun rahbar uni jazolashi kerak. Lekin tanqidiy fikrlovchi rahbar qaror 
qabul qilishga shoshilmaydi. Avval qarorning oqibatlarini tahlil qiladi va qay 
darajada to’g’ri ish qilayotganligini baholay oladi. 
Tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega insonda mustaqil o’rganish moyilligi 
baland bo’ladi. Ya’ni bunda biz bilimimizni yanada boyitib boramiz, qo’shimcha 
ma’lumotlarga ehtiyoj sezamiz va ularni izlash orqali harakatga kelamiz. 


O’quvchilarning kasb tanlashlarida yuzaga keladigan savollarni to’g’ri tahlil 
qilishlari uchun ulardagi tanqidiy fikrlash ko’nikmasini shakllantirish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 
Tanqidiy fikrlash tufayli inson o’zining ichki kechinmlari va tashqi olam 
o’rtasidagi muvozanatni nazorat qila olishi va boshqarishi mumkin. Tanqidiy 
fikrlash asosida o’quvchilar o’zlarining qiziqish va qobiliyatlarini to’g’ri baholay 
oladi, o’zlariga to’g’ri baho bera oladilar. Bu esa kasb tanlash jarayonidagi muhim 
omil hisoblanadi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan kasbni tanlashlari bilan 
birgalikda tanlagan kasblari uchun zarur bo’lgan bilim manbalarini ham aniqlay 
oladilar, anglay oladilar. 

Download 0,51 Mb.
1   2   3




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Men bu kasbni tanlasam, ……………..?”

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish