• Investitsiya loyihalari monitoringini amalga oshirish mexanizmi
  • Bozor narxlarini buxgalteriya narxlariga o‘tkazish.
  • Iqtisodiy bo‘lmagan ta’sirlarni monetizatsiya qilish.
  • Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash




    Download 55.5 Kb.
    bet1/3
    Sana30.01.2024
    Hajmi55.5 Kb.
    #148813
      1   2   3
    Bog'liq
    24- variant Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash
    Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, Berdiyorova N, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, 15-top, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1

    24- variant
    1. Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash.
    2. Sanoat tarmoqlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari.
    3. Innovatsion loyixa va dasturlarning iqtisodiy taxlil qilish va baxolash uslubiyoti.

    .
    INVESTITSION LOYIHALARNI TAHLIL ETISH VA SAMARADORLIGINI ANIQLASH.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning 8 ta asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Alohida e’tibor investitsiya masalalariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ko‘payishiga qaratildi. Investitsion loyihalarning samaradorligini oshirishdagi yangiliklardan biri investitsion loyihalarni monitoring qilishning 3 bosqichli yangi tizimni joriy etish bo‘lib, unga sanoatni va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirni oldindan baholash kiradi. Shuningdek, investitsiya davrida, ya’ni shartnomalar imzolangan paytdan boshlab ob’yektni foydalanishga topshirishgacha doimiy monitoring o‘tkazilib, ob’yektni foydalanishga topshirilgandan keyin maqsadli parametrlarni baholash uchun investitsiyadan keyingi davrda monitoring olib boriladi.


    Qurilishi 43 soatdan kamroq vaqt davom etgan Xitoydagi Snyun ko‘prigi qurilishiga e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini samarali monitoring qilish ishlarini ko‘rsatishning eng yaxshi usullaridan biri. Ilk 24 soatda eski ko‘prik buzildi va qolgan 19 soatda uning o‘rnida yangi va takomillashtirilgan ob’yekt qurildi. Xitoyda loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari biri nafaqat xarajatlarda, balki ijro etilishi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslagandagi tezligida ham.

    Investitsiya loyihalari monitoringini amalga oshirish mexanizmi


    Investitsiya loyihalarini monitoring qilish mexanizmini namoyish qilish uchun Yevropa Ittifoqi "investitsiya loyihalarining xarajatlari va foydasini tahlil qilish to‘g‘risida" qo‘llanmasiga murojaat qilish mumkin. Loyihalarni iqtisodiy baholashning ahamiyati shundaki, u nafaqat loyihaning moliyaviy xarajatlarini, balki boshqa jihatlarni ham qamrab oladi. Muqobil loyihalarning samaradorligini iqtisodiy tahlil qilish investitsiya loyihasining pul oqimlarini tahlil qilishga asoslangan va quyidagi bosqichlardan iborat:
    Bozor narxlarini buxgalteriya narxlariga o‘tkazish. Ba’zi hollarda bozor narxlari hukumat tomonidan belgilanadi va loyihaning ijtimoiy ahamiyatini aks ettirmaydi. Ushbu bosqichda soya narxlari (soyali ish haqi) va fiskal o‘zgarishlar (QQS, subsidiyalar va sof o‘tkazmalar) hisobga olinishi kerak;
    Iqtisodiy bo‘lmagan ta’sirlarni monetizatsiya qilish. Ushbu bosqich loyihaning bozor qiymatiga ega bo‘lmagan jamiyatga nisbatan ta’sirini baholashni talab qiladi va shuning uchun haqiqiy pul qiymatini belgilash orqali aniqlanishi kerak.
    Qo‘shimcha bilvosita ta’sirlarni kiritish. Bilvosita ta’sirlar ikkilamchi bozorda paydo bo‘lgan narx yoki miqdor o‘zgarishiga ishora qiladi. Buzilgan ikkilamchi bozor-bu narxlar imkoniyatlarining maksimal ijtimoiy qiymatiga teng bo‘lmagan bozor. Soliqlar, subsidiyalar, monopol hokimiyat va tashqi omillarning mavjudligi bozor buzilishining asosiy sababidir. Shu bilan birga, bunday ta’sirlar faqat buzilishning miqdori yetarli darajada va o‘lchab bo‘lganda hisobga olinishi kerak, umuman olganda, bilvosita ta’sirlarni hisobga olish uchun soya narxlaridan samarali foydalanish va tashqi omillarni yaxshi monetizatsiya qilish kifoya qiladi.



    Download 55.5 Kb.
      1   2   3




    Download 55.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash

    Download 55.5 Kb.