@dars_ishlanma_yangi
1-MARUZA.
KIRISH.
MULTIMEDIA TARMOQLARI.
REJA:
1. Telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish evolyusiyasi;
2. Zamonaviy aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablar;
3. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari;
4. Multimedia tushunchasi. Multimedianing afzalliklari;
5. Multimedia sinflari.
1.1. Telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish evolyusiyasi
Oxirgi yillarda aloqa, barcha turdagi axborotlarni raqamlashtirish yо‘li bо‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat ularni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yо‘nalishlardan biri bо‘lib qoldi. IKM-24 raqamli uzatish tizimidan keyin IKM30, IKM-120, IKM-480, IKM-1920 undan keyin esa sinxron raqamli iyerarxiya tizimlari paydo bо‘ldi.
Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mо‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda о‘tkazuvchanlik qobiliyatini qо‘llashning samaradorligi va boshqalar.
Telegraf aloqa о‘rniga ma’lumotlarni uzatish, elektron pochta, faksimil aloqa kabi xujjatli elektr aloqa turlari kirib keldi. Bir vaqtning о‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati о‘zgaradi. Kо‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyusiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intelektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yо‘nalishi bо‘yicha ketadi deb takidlashmoqda.
Tezlikning yuqoriligi. Tasvirlarni uzatish, jumladan televizion, multimedia ilovalarida turli kо‘rinishdagi axborotlar integratsiyasi, lokal, shahar va territorial tarmoqlar uchun zarur.
|