Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari




Download 68,53 Kb.
bet3/6
Sana20.05.2024
Hajmi68,53 Kb.
#245243
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
01.Kirish. Multimedia tarmoqlari .

1.3. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari

“Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bо‘lgan mustaqil obyekt kabi qarash mumkin.


Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni (GII-globalnoy informatsionnoy infrastrukturi) muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bо‘yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi.
GAIning asosiy vazifasi foydali ma’lumotga ulanishni ta’minlash va abonentlar orasidagi aloqani ta’minlash shuningdek ishlash, о‘qish va kо‘ngil ochar tomosha qilish uchun sifatli yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funksional imkoniyatlari, kelajakda ma’lumotlarni vaqti va joyiga bog‘liq bо‘lmagan holda, ma’qul tarif va butun dunyo masshtabida yetkazishdir.
Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar kо‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.



1.1-rasm. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli


Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. Yuqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog‘i” termini, aloqa operatori javobgar bо‘lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli.


XX1 asrda dunyo hamjamiyati о‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga о‘tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat bolig‘ining material asosi bо‘lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qо‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Masalan faqatgina telefon, tele va radio eshittirish xizmatlardan foydalanishning о‘zi bir yilda 800 milliard dollarni, infokommunikatsiya xizmatlari bozori (internet, lokal kompyuter tarmoqlari, harakatdagi aloqa tarmoqlari va b) bilan birga esa 1,5 trln. dollarga yetdi va kengayish hali davom etmoqda.
Dunyo telekommunikatsiya tarmog‘iga har yili 200 mlrd. dollarlik telekommunikatsiya qurilmalari о‘rnatiladi. Yuqorida qayd etib о‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘i (World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi о‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar kо‘rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mо‘ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.



Download 68,53 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 68,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari

Download 68,53 Kb.