|
Texnologiyalardan
|
bet | 1/10 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #262648 | Turi | Referat |
Bog'liq Dasturiy injiniringa kirish 1-amaliy topshiriq 850-22 Go`zalxon Baxodirovna
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
Farg’ona Filiali
“Dasturiy injiniring” 850-22 guruh talabasi
Baxridinova Go‘zalxon Baxodirovnaning
Dasturiy injiniringa kirish fanidan
tayyorlagan referati
SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu referatda raqamlashtirish tushunchasi, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni haqida so’z yuritilgan. Raqamli transformatsiya jarayoninig mohiyati, ushbu jarayonni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish yo’llari, raqamli texnologiyalarning guruhlanishi, ushbu texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va keltirishi mumkin bo’lgan ehtimoliy zararlari, raqamli korxonani joriy etish bosqichlari va modellari yoritib berilgan hamda amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: raqamlashtirish, raqamli korxona, raqamli transformatsiya, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar, raqamli transformatsiyalash modellari, jarayon modeli, tarmoq modeli, texnologiya modeli, matritsa modeli.
Kirish:
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar ijtimoiy farovonlik o’sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida qaralmoqda. Tashkilotlar va birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalari tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanish ularning raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashining eng muhim shartidir.
Korxonani raqamlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish usullariga asoslangan holda texnologik jarayonlarni va boshqaruvning barcha darajalarida qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish sifatini keskin o’zgartiradi va korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini raqamli tranformatsiya jarayoni bir qancha o’ziga hos hususiyatlarga ega bo’lib ushbu jarayonni to’g‘ri tashkil qilish, korxona uchun kerakli strategiyani ishlab chiqish ko’p jihatdan uning faoliyatini samarali va uzluksiz tashkillashning asosiy shartlaridan biridir.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar real sektorning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda.
Shunday ekan sanoat korxonalarimizda raqamli ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, ushbu jarayonni korxonaga joriy etish strategiyasini to’g’ri tanlashga katta ahamiyat qaratish lozim.
|
| |