Texnologiyalardan




Download 0,98 Mb.
bet2/10
Sana11.06.2024
Hajmi0,98 Mb.
#262648
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dasturiy injiniringa kirish 1-amaliy topshiriq 850-22 Go`zalxon Baxodirovna

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Ishlab chiqarish jarayonida raqamlashtirish yuzasidan bir qancha olimlar o’z fikrlarini bildirishgan. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1994 yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapskottning tomonidan ishlatilgan. Muallif o’z ishida raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirgan. U tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va biznes yuritishning mutlaqo yangi biznes modellarining paydo bo’lishini raqamlashtirishning asosiy afzalliklardan biri deb hisoblagan.
V.A.Plotnikovning tadqiqotlarida raqamlashtirish bu "axborotlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi bo’lib, axborotni yaratish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va vizualizatsiya qilish uchun raqamli texnologiyalardan keng ko’lamda foydalanish bilan tavsiflanuvchi yangi qurilma va dasturiy taominotning birlashmasi bilan tavsiflanadi” deb ta’rif bergan. Bundan tashqari u korxonalar raqamli texnologiyalardan foydalanganda erishadigan bir qancha afzalliklarni sanab o’tgan:

  • “Ishlab chiqarishning moslashuvchanligi uning tez qayta konfiguratsiyasi, ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining dinamik o’zgarishi hisobiga ortadi, bu esa raqobatdosh ustunlikni yaratadi va potentsial foyda o’sishiga olib keladi;

  • mahsulotlarni ishlab chiqishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha bo’lgan hayot tsiklining bosqichlarini axborot integratsiyasini ta’minlaydi, bu bizga nafaqat ishlab chiqarishni optimallashtirish, balki sifat, ekologik xavfsizlik, biznesning yangi imkoniyatlarini yaratish va hokazolarni samarali va har tomonlama hal qilish imkonini beradi[1].

2001 yilda Tomas Mesenburg raqamli iqtisodiyotning 5 ta komponentini aniqroq tuzib chiqdi va aniqladi, uning fikricha, ularni statistik baholash va o’lchash mumkin:

  • korxonalarning elektron infratuzilmasi, jumladan, dasturiy ta’minot va kompyuterlar;

  • elektron tijorat;

  • raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali an’anaviy tarmoqlar qiymatini oshirish;

  • raqamli iqtisodiyot ishchi kuchi qiymatining an’anaviyga nisbatan farqi;

  • raqamli iqtisodiyot mahsulotlari va xizmatlarining qo’shilgan qiymatining o’zgarishi.[3] Brynjolfsson va Kahinlar (2002) tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalari ilk marotaba 1990 yillarning o‘rtalarida muhokama mavzusi sifatida targ‘ib qilinib, ilk ta’riflar keltirilib, mazkur ta’riflarda korxona va iste’molchilarni virtual dunyoda uchrashtiruvchi vosita

sifatida e’tirof etildi[2].
Raqamlashtirishning rivojlanishi bilan korxonaning biznes modellari doimiy ravishda o’zgarib turadi. Shuning uchun ko’pgina mualliflar raqamlashtirish ta'rifini turlicha izohlaydilar. Masalan, Aleksandr Kutsman raqamli iqtisodiyotni “moddiy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda resurslarni aniqlash, saqlash, qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalardan faol foydalanish asosida axborot va bilimlarning ustuvor roli bilan tavsiflangan zamonaviy iqtisodiyot turi sifatida tavsiflanadi.”. Aksanov R. K. raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va elektron
tijorat xizmatlarini ishlab chiqarishga asoslanganligini ta'kidlaydi. Elektron tijorat ostida Aksanov R.K. kapitalning elektron harakati, elektron mahsulotlar, shuningdek, elektron axborot almashinuvi jarayonini nazarda tutadi[3].
Keng miqyosdagi raqamlashtirish korxonaning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Kitova OV va Briskin SN o’z tadqiqotlarida raqamli transformatsiya quyidagi mantiq bo’yicha korxona tomonidan qo’llaniladigan strategiya, operatsiyalar va texnologiyalarga ta’sir qilishini ta’kidladilar:

  1. “Raqamli korxona strategiyasi mijozlarning eng yaxshi tajribasini aniqlashga, noyob biznes modeli va ekotizimini boshqarishga hamda o’zgarishlarni boshqarishga qaratilgan;

  2. operatsion faoliyat doimiy takomillashtirish, jismoniy va raqamli obektlarni integratsiyalashuvi va takroriy innovatsiyalarni rag’batlantiradigan madaniyatni yaratishni o’z ichiga oladi;

  3. texnologiya moslashuvchanlik va to’liq zamonaviy texnologik potentsialdan foydalanishni o’z ichiga oladi, shu jumladan analitika, idrok, harakatchanlik va boshqalar."

Arenkov IA raqamli transformatsiyaning korxona raqobatbardoshligiga ta’sirini o’rganadi. Muallifning taokidlashicha, "raqamli transformatsiya jarayonida korxona sifat o’zgarishi bosqichlaridan o’tadi, bu uning faoliyatining ishlab chiqarish, moliyaviy, moddiy, axborot sohalaridagi jarayonlarni takomillashtirishda namoyon bo’ladi, bu bizga zamonaviy texnologiyalarga moslashishga imkon beradi”[5].
Milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularda raqamlashtirish tizimlarini joriy etish usullari, yangi axborot tizimlari asosida raqamli modellashtirish tamoyillari, korporativ boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish samaradorliklarini baholash, ular nazoratini amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari kabi masalallar Qobulovning (1998) ilmiy izlanishlarida o’z aksini topgan[6].
E.Muminova tadqiqotlarida mamlakat sanoatini rivojlantirishda blokchain texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, korxonalar kooperatsiyasida elektron savdo hamda elektron shartnomalarning ahamiyati to’g’risida izlanishlar olib borilgan. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo’shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar sanoat korxonalari strategic rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo’lmoqda [7].

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,98 Mb.