Texnologiyalardan




Download 0,98 Mb.
bet9/10
Sana11.06.2024
Hajmi0,98 Mb.
#262648
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dasturiy injiniringa kirish 1-amaliy topshiriq 850-22 Go`zalxon Baxodirovna

Xulosa va takliflar
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, iqtisodiyot tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida qator ustunliklarga ega bo’lib ular quyidagilarda o’z ifodasini topadi: кorxonalar faoliyatini avtomatlashtirilishi va jarayonning to’liq raqamlashtirilishiga erishilishi natijasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish yo’lga qo’yiladi, korxonalar investitsion jozibadorligi va ishlab chiqarish jarayonining shaffofligi ta’minlanadi.
Sanoat korxonalarida raqamlashtirish jarayoni o’ziga hos xususiyatlarga egaligi, moliyaviy resusrlar va shartli infratuzilmaga muhtojligi nuqtai nazaridan ehtimoliy yo’qotishlarga olib kelishi ham mumkinligi ayniqsa O’zbekistondek rivojlanayotgan mamlakatda faoliyatini olib boradigan korxonalarda ushbu jarayonni to’g’ri rejalashtirish, raqamli transformatsiyalash strategiyasini to’g’ri shakllantirish, ushbu jarayonni korxona holatiga va faoliyat turiga muofiq holatda rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli transformatsiyaning tegishli modellaridan, yani jarayon, tarmoq, texnologik modellaridan birini tanlash esa sanoat korxonalarida bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni spetsifikatsiya qilishga, samaradorlikni izchillikda va aniq belgilangan harakatlar rejasi orqali oshirish imkonini beradi.
Shunday ekan, korxonalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun quyidagilar taklif etiladi:

  1. mehnat jarayonida zarur kompetentsiyaga ega bo’lgan yuqori malakali ishchilardan iborat jamoaga ega bo’lish;

  2. mavjud sharoit va vaqtni inobatga olgan holda innovatsion mehnat vositalari va ob'ektlari bilan eng samarali uyg’unlashishga imkon beruvchi usullar, uslublar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;




  1. Ishlab chiqarishni raqamli transformatsiya qilish sur’atlarini oshirish zaruratidan kelib chiqqan holda, manfaatdor tashkilot va korxonalar, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’yish zarur.




Download 0,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,98 Mb.