|
Mizuho Tayyorladi: Choriyorov O. Qabul qildi: Butayev J
|
bet | 1/2 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #106882 |
Bog'liq Mizuho - Choriyorov Ollayor Mizuho Tayyorladi: Choriyorov O. Qabul qildi: Butayev J.
Financial
Group
Re’ja: - 1. Mizuho F.G. tarixi, joylashuvi va asoschilari
- 2. Bank moliyaviy ko’rsatkichlari va mavqei
- 3. Bankning aksiyalari - fond bozorida ishtiroki
Mizuho financial group tarixi - Mizuho – “Mizuho Holdings” nomi ostida Dai-Ichi Kangyo Bank, Fuji Bank va Industrial Bank of Japan banklarining birlashishi natijasida 2000-yilda paydo bo’ldi.
- 2003 –yil yanvar oyida Mizuho financial group “Mizuho Holdings” ning bosh kompaniysi sifatida tashkil etildi va o’sha yil mart oyidan MFG “Mizuho Holdings”ning yagona aksiyadoriga aylandi.
Mizuho financial group joylashuvi - Mizuhi financial group shtab kvartirasi Yaponiya poytaxti Tokio shahrining Tiyoda okrugidagi hashamatli “Otemachi Tower” da joylashgan.
- Bundan tashqari Bank dunyo bo’ylab 800 dan ortiq filiallar, 55000 hodim va 35000 dan ortiq bankomatlarga ega. Bankning asosiy boshqaruv yutuqlaridan biri ham aynan ushbu ko’p sonli offislar va bankomatlar hisoblanadi.
- Mihuzo financial group tarixi garchi 150 yildan uzoqroq muddatni o’z ichiga olsada, uning bugungi kundagi mavqei va birlashuvini Katsuyuki Sugita nomisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
- Katsuyuki Sugita 2000 yilda MFG tarkibiga kiruvchi 3 asosiy banklarning eng yirigi hisoblangan Fuji Bank yetakchisi hisoblangan. Aynan uning harakatlari bilan MFG birlashuviga erishilgan.
Katsuyuki Sugita
- Bankning bugungi kundagi prezidenti: Masahiro Kihara (2022-yildan beri)
Bank moliyaviy ko’rsatkichlari - 2000-yildagi birlashishdan so’ng dunyodagi birinchi trillion dollarlik bank paydo bo'ldi, uning aktivlari 1,2 trillion dollar bo'lib, keyingi yirik bankdan taxminan 480 milliard dollarga oshib ketdi.
- Ushbu harakat 2000-yillarda "konsolidatsiya harakati" deb ataladigan yirik banklarning birlashuvi sanoatida tendensiyani boshlab, moliya sanoatidagi birinchi "mega-institutlar" dan birini tashkil etdi. U 2005 yilgacha dunyodagi eng yirik megabank bo’lib qoldi
- Bugungi kunga kelib bank kapitalizatsiyasi 1,909.35 mlrd dollar bilan dunyoda 14-o’rinni egallab kelmoqda.
Bank boshqa tijorat banklari kabi chakana mijozlarga xizmatlar ko’rsatish, jumladan, maqsadli va overdraft kreditlari ajratish, depozitlar jalb qilish, hisob raqam ochish, halqaro va mahalliy pul o’tkazmalari kabi operatsiyalar bilan bir qatorda korporativ bank sifatida xalqaro investitsion faoliyat, global boylikni boshqarish , moliyaviy tahlil, xususiy kapital boshqaruvi kabi keng ko’lamli xizmatlarni ham taklif etadi.
U butun Yaponiya bo'ylab 26 milliondan ortiq uy xo'jaliklariga, 90 000 ko’p yuridik mijozlariga, 2500 korporatsiyalarga va chakana brokerlik mijozlariga Mizuho Investors Securities nomi ostida xizmat ko'rsatadi, 2022 yil holatiga ko'ra uning boshqaruvi ostidagi chakana mijozlar aktivlari 114 milliard dollarni tashkil etadi.
|
| |