• Geoportallar
  • Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/21
    Sana25.06.2024
    Hajmi2,15 Mb.
    #265651
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    200 
    7-bob.
     
    GEOAXBOROT TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 
    7.1.
     
    Geoportallar va internetga asoslangan tizim
    Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda. 
    Bu, oʻz navbatida, veb-sahifada multimedia geotasvirlashning yangi 
    koʻrinishlarini yaratishni taqozo etadi. Internet bu millionlab kompyuterlarni 
    birlashtiruvchi ulkan aloqa tarmogʻidir. Oxirgi yillarda internet faoliyatining 
    oʻsishi ulkan axborot oqimiga ega boʻlgan ma’lumotlarni yagona manbaga 
    birlashtirishga olib keldi. 
    Multimedia turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan 
    koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Texnologiyani qoʻllagan holda 
    tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, 
    ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi. 
    Mobillashgan GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala 
    sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik 
    ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini 
    beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik 
    ma’lumotlarni olish mumkin.
    Geoportallar
    . Geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoma’lumotlar 
    koʻlami ham kengayib bormoqda va shu oʻrinda ma’lumotlarga boʻlgan egalik 
    huquqi, ochiq yoki bepul ma’lumotlar, pullik ma’lumotlar kabi tushunchalar 
    paydo boʻla boshladi. Bugungi kunga kelib geoma’lumotlar birmuncha vaqt 
    davomida pullik xizmat asosida berilayotgan boʻlsa, oʻz muddatini oʻtab 
    boʻlganidan soʻng keng omma uchun ochiq holda berilmoqda. Chunki bunda 
    ma’lumotlar eskirib, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻladi. 
    Bu borada hozirda keng ravishda qoʻllanilayotgan geoportallarning oʻrni juda 
    muhimdir. Chunki bunday portal internet tarmogʻiga asoslangan boʻlib, 
    foydalanuvchi istalgan yerdan turib internet tarmogʻiga ulangan holda oʻzini 
    qiziqtirgan ma’lumotlarni olishi mumkin boʻlmoqda.

    Download 2,15 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari

    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish