|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
204
Hozirda geografik ma’lumotga boʻlgan talab ortmoqda va ma’lumot
koʻrinishi turlicha (video, uch oʻlchamli va h.k.) boʻlishini taqozo etmoqda. Bu
muammoni GAT va multimedia texnologiyalarini oʻzaro birlashtirish orqali hal
qilish mumkin. Multimedia orqali aloqa matn, grafik, animatsiya va video bilan
amalga oshirilishi mumkin. Multimedia GAT birlashmasi yakka holda bajarishi
mumkin boʻlmagan operatsiyalarni bajarishga qodir.
Multimedia GATning geografik va boshqa axborotlarni tasvirlash
imkoniyatini kengaytiradi. Bir necha turdagi multimediani ishlatish koʻpincha
axborotni va fikrlarni yanada boyitib va kengroq tushuntirib berishga xizmat
qiladi. Multimedia ham, oʻz navbatida, GATdagi fazoviy ma’lumotlar tahlili
ma’lumotlaridan foydalanadi.
Multimedia va GAT 3 xil usulda birlashtirilishi mumkin:
1.
GAT multimediada.
2.
Multimedia GAT va internet.
3.
GAT yoki veb-GAT.
Multimedia va GATning oʻzaro birlashuvi koʻpgina yangi xizmat turlarini
keltirib chiqardi. Global navigatsiya tizimi bunga yaqqol misol boʻla oladi.
7.3.
Mobil GAT
Mobil GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala
sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik
ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini
beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik
ma’lumotlarni olish mumkin. An’anaviy ma’lumot toʻplash jarayonida daladan
ma’lumot toʻplash koʻp vaqt talab qiluvchi ish hisoblangan. Bundan tashqari,
ma’lumotlar qogʻozda yozilib, keyin qoʻlda qaytadan kompyuter xotirasiga
kiritilgan hamda kameral ishlar bajarilgan. Mobil GAT bunday vaqt talab
qiladigan ishlarni bartaraf qildi. Mobil GATni tushuntirishdan oldin mobil
qurilma toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.
Mobil qurilma bu axborot uzatuvchi qurollar turkumiga mansub boʻlib, ular
jumlasiga shaxsiy raqamli yordamchilar, mobil telefonlar, choʻntak kompyuterlari
|
| |