|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
203
Portal katalogi
(
Portal Catalog
).
Bunda indekslangan (Indeks – bu
ma’lumot strukturasi boʻlib, u qidiruvni tezlashtiradi) geofazoviy ma’lumotlar
ma’lumotlar bazasida saqlanadi va bu boʻlim juda muhim hisoblanadi.
Chop etish
(Publish).
Bunda foydalanuvchi turli usullar orqali
metama’lumotlarni chop etishi mumkin boʻladi.
Izlash
(
Search
). Bunda metama’lumotlar izlanadi va foydalanuvchi
geoportal orqali oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni fazoviy, mavzuli hamda vaqtli
mezonlar orqali izlab topishi mumkin.
Kartani koʻrish
(
Map Viewer
).
Bu xizmat turi foydalanuvchiga
ma’lumotlarni karta koʻrinishida berishga moʻljallangan boʻlib, bunda kartaning
oʻzida qiziqtirgan hudud yoki soha boʻyicha ma’lumot olish imkoniyati bor.
Foydalanuvchi bir vaqtning oʻzida bir necha mavzuli kartalar yoki manbalardan
ma’lumot olishi mumkin boʻladi.
Kanal tahrirlovchi
(
Canal Editor
).
Bu xizmat turida foydalanuvchi oʻzini
qiziqtirgan ma’lumotlarni maxsus kanallar orqali izlashi mumkin. Bunda u
mavzuli, ma’lum bir hodisa yoki muammoga bogʻlangan boʻladi. Bunday holda
kanalga nom berilib, portalning oʻzidan belgilab topilishi mumkin.
Yigʻish moslamalari
(
Harvesting tool)
.
Bu moslama orqali
metama’lumotlar avtomatik jarayon orqali boshqa metama’lumotlardan yangi
yaratilishi va yangilanishi mumkin boʻladi.
7.2.
GAT va multimedia vositalari
Multimedia – bu turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan
koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Bu texnologiyani qoʻllagan holda
tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar,
ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda GAT
muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda, jumladan karta va planlarning
chegarasi yanada mustahkamlanib, sifati ham oshib bormoqda. Lekin
foydalanuvchiga ma’lumotni faqatgina ikki oʻlchamli tasvirlar orqali oddiy qilib
yetkazib berishning oʻzi kifoya qilmaydi.
|
| |