Autodesk Inc
.
Autodesk kompaniyasi
ham AQSHda faoliyat
koʻrsatayotgan GAT dasturlarini ishlab chiquvchi kuchli uchtalikdan joy olgan
kompaniyadir. Kompaniyaning bosh ofisi Kaliforniya
shtatining San Rafaek
shahrida joylashgan. Autodesk dasturlari asosan loyihalash ishlari muhim boʻlgan
sohalar hisoblangan qurilish,
ishlab chiqarish, infratuzilma,
raqamli media va
xizmat koʻrsatish kabilarda keng qoʻllaniladi.
Autodesk kompaniyasining mashhur dasturi bu AutoCAD oilasiga kiruvchi
dasturlar hisoblanadi. Bu dasturdan hozirgi kunga kelib 4 milliondan ortiq
kishilar foydalanib kelishmoqda. Kompaniyada 3700 dan ortiq xodimlar ish bilan
ta’minlangan boʻlib, GAT dasturlarini ishlab chiqish hajmi umumiy dastur ishlab
chiqishning 10% ini egallaydi. Autodesk kompaniyasining
GAT dasturlariga
ishchi stoli kompyuteriga moʻljallangan Autodesk Map 3D, internet serverga
moʻljallangan MapGuide va OnSite dasturlari kiradi.
Autodesk dasturlari CAD
(
Computer Aided Design
) turkum dasturlarini ishlab chiqadi.
Bu dasturlar
keyinchalik GAT dasturiga moslashtirilgan.Ushbu dasturlar muhandislik va
loyihalash ishlariga katta e’tibor qaratilgan sohalarda keng qoʻllaniladi.