• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/21
    Sana25.06.2024
    Hajmi2,15 Mb.
    #265651
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    7.9.
     
    Geoaxborot ta’limi istiqbollari 
    Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga 
    geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda 
    geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror 
    qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham 
    qaralmoqda. Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq 
    dasturlarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda 
    ishlashni oʻrganish boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga 
    bakalavrlik, magistrlik hamda doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida 
    sanalgan sohalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham 
    zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi va aynan geoinformatika sohasidagi 
    bilimlarni egallashi juda muhimdir.


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    222 
    Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish dasturlari, ya’ni 
    ilmiy yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar 
    fikricha quyidagilarni qamrab olishi zarur: 

    ishbilarmonlik va boshqaruvchilik; 

    geografik bilimlar tamoyillari; 

    geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish; 

    tashkiliy masalalarni bilish; 

    moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish; 

    xodimlar bilan ishlash tamoyillari; 

    turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar; 

    turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari; 

    malaka oshirish va tahliliy malakalar. 
    Dunyodagi koʻpgina geoaxborot mutaxassislari oʻzlarini texnik 
    yoʻnalishdaman deb hisoblashadi, vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik 
    bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur. 
    Bunday bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, 
    malaka va tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan 
    uch tamoyilga asoslanishi zarur.

    Download 2,15 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari

    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish