Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
223
materiallari konsorsium vakillari uchun yagona
standart va mazmunda hamda
onlayn koʻrinishda mavjud boʻlishi kerak. Hozirgi kunda shunday xalqaro
konsorsium bu UNiGIS konsorsiumidir. Ushbu konsorsiumda masofadan ta’lim
berish tamoyili asosida dars oʻtiladi va yagona oʻquv
reja asosida kurslar olib
boriladi. Farqi shundaki, konsorsiumdagi boshqa universitetlar shu oʻquv rejadagi
fanlarni tanlab yoki oʻzaro birlashtirish orqali oʻqitishi mumkin boʻladi. Bunda
universitet oʻz sharoitiga qarab talabalarni asosiy
universitet hisoblangan
Zalsburg Universitetiga malaka oshirish va imtihonga yuborish orqali ta’lim
sifatini boshqarib turadi.
7.10.
GAT dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Hozirgi GAT bozoridagi dastur ishlab chiqaruvchi asosiy kompaniyalar
ESRI,
Intergraph, Autodesk va GE Energy hisoblansa, keyingi oʻrinlarni
Leica
Geosystems, IBM va Mapinfo kompaniyalari egallab olgan. Quyida bu ishlab
chiqaruvchilar haqida qisqacha ma’lumot berib oʻtamiz.