Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
224
Intergraph Inc
.
ESRI kompaniyasi kabi Intergraph ham 1969-yili xususiy
kompaniya shaklida tashkil topgan. Bu kompaniya faoliyatini Alabama shtatida
kompyuter grafik tizimlarini ishlab chiqishdan boshlagan. 1981-yillardan boshlab
kompaniya oʻz faoliyatini CAD va kartalash dasturlarini konsalting xizmatlari va
qurilmalarni rivojlantirish orqali yanada takomillashtirdi.
Hozirgi kunda bir
qancha qayta tashkiliy tuzilishlardan soʻng 4 ta asosiy boʻlimga boʻlingan va ular:
Jarayon, Energiya va Dengiz;
Jamiyat xavfsizligi; Yechimlar; Kartalash va
Geofazoviy yechimlar (
Geospatial Solutions
)dan iborat.
Geofazoviy yechimlar boʻlimining oʻzi kompaniyaning 500 mln. dollarlik
foydasining 200 millionini tashkil qiladi. Intergraph
turli xil katta dasturlar
majmuasini ishlab chiqishga moʻljallangan. GAT nuqtayi nazaridan Ishchi stoli
(
Desktop
) va internet tarmogʻiga bogʻlangan Geomedia (
Geomedia
)
dasturlarini
misol qilib olishimiz mumkin. Hozirgi kunda Intergraph kompaniyasi GAT
bozorida ikkinchi oʻrinni egallab kelmoqda.