Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
201
Bunda geografik xizmatlar turi deganda geoma’lumotni tasvirlash, tahrirlash
va tahlil etish kabi xizmatlar nazarda tutiladi. Geoportalga ma’lumotlarni asosan
geoma’lumotlar
ishlab chiquvchi kompaniyalar, tashkilotlar yoki oddiy
mutaxassislar
joylashtirishi va aksincha, geoportal foydalanuvchilari ham aynan
shular jumlasidan boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham geoportallar ma’lum bir
masala yoki muammoga yoʻnaltirilishiga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
7.1- rasm.
Geoportalning umumiy arxitekturasi
(Manba: Internet)
Yuqoridagi rasmdan shu narsa koʻrinib
turibdiki, geoportal qanday turda
boʻlishidan qat‘i nazar, 4 ta asosiy xizmat turini koʻrsatishi zarur:
1.
Portal xizmati.
2.
Tasvirli xizmat.
3.
Ma’lumot xizmati.
4.
Katalog xizmati.
Atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, tabiiy resurslarni boshqarish, demografiya va
boshqa koʻpgina fazoviy ma’lumotlar bilan ishlaydigan
sohalarda geoportal
turlicha boʻlishi mumkin, ammo ularning eng asosiy maqsadi bu ma’lumotlar
bazasi tartibga keltirilgan va mukammal boʻlgan fazoviy ma’lumotlar
infratuzilmasini (ingl.
Spatial Data Infrastructure)
tuzishdan iborat. Geofazoviy
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar
saqlansa, bu infratuzilmadan ma’lumotlar
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
202
omma uchun tartiblashtirilgan va bir necha koʻrinishda hamda shu bilan birga
ma’lumot toʻgʻrisidagi ma’lumot, ya’ni metama’lumot
olish imkoniyatiga ega
boʻlishi lozim.
7.2 - rasm.
Geoportalning bir necha sohada xizmat koʻrsatishi
(Manba: Internet)
Dunyoda geoinformatika sohasidagi yetakchi kompaniya hisoblangan ESRI
(
Environmental Systems and Research Institute
)ga koʻra, geoportal bu ma’lumot
manbayining
qayerdan olinganligi, formati, tuzilishidan qat’i nazar, umumiy
kirish nuqtasi boʻlgan fazoviy axborotdir. Hozirgi
kunda ushbu kompaniya
geoportal orqali barcha uchun turli ma’lumotlarni tez, oson va turli (tabiiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa) sohalarga oid yaratmoqda hamda tarqatmoqda.
ESRI kompaniyasi xizmat koʻrsatayotgan geoportal quyidagi arxitektura yoki
tuzilmalar orqali ishlaydi:
ArcIMS.
Geoaxborot tizimiga moslashgan portalni amalga oshirish uchun
ArcIMS metama’lumot xizmati zarur boʻladi. Bu xizmat orqali ma’lumot
ta’minlovchilar va foydalanuvchilar internet orqali osonlikcha metama’lumot
chop etish va izlashi uchun maxsus markaziy onlayn makon yaratiladi.
ArcSDE.
Bunda yaratilgan metama’lumotlar izlash
va tahlil etish uchun
maxsus dasturlar (Oracle, Microsoft SQL va SQL Server) orqali hosil qilingan
bazada saqlaydi.