• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/21
    Sana25.06.2024
    Hajmi2,15 Mb.
    #265651
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
    7.5.
     
    Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan ekspert tizimlarning 
    turlari 
    Ekspert tizimlar (ET) tushunchasi GATdagi ma’lumotlar bazasi 
    ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida usullarni takomillashtirishidan keyin 
    paydo boʻla boshladi. Bu tizimlar ma’lumot inson tarafidan bajariladigan qayta 
    ishlash jarayonini avtomatlashtirish natijasi hisoblanadi.


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    208 
    Oxirgi yillarda GAT texnologiyalariga keng masshtabda ekspert tizimi jalb 
    qilinmoqda. Ekspert tizimni soddaroq tarzda “qoʻllanilish sohasi qisqa boʻlgan 
    aniq masalani hal qiluvchi sun’iy intellekt” deb tushunishimiz mumkin. Ya’ni 
    ekspert mutaxassis oʻrniga dastur tizimda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 
    muammolarni dasturlangan bilimlar asosida hal qiladi. Faqatgina ekspert tizimga 
    qisqa ma’lumotlar va buyruqlarni kiritib qoʻyish va algoritmlar ham mos holda 
    qisqa boʻlishi zarur. Bu yerda bilim deganda inson faoliyati yoki fanda 
    ishlatiladigan faktlarning umumiy yigʻindisi tushuniladi. Ma’lumot aniq 
    roʻyxatga olingan faktlar asosida boʻlib, bu ma’lumotlar asosida biz bilim olamiz.
    Ekspert tizimlarning ishlab chiqilishidan koʻzlangan maqsad, avvalambor, 
    hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish zamonida paydo boʻlayotgan ulkan 
    miqdordagi va turli xil axborotlardir. Bu, oʻz navbatida, axborotlar qayta 
    ishlanishi va tahlilini avtomatlashgan tizimga
    oʻtkazish zaruriyatini yuzaga 
    keltirmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, ekspert tizim boshqa avtomatlashgan 
    tizimlardan oʻzining yuksak intellektga ega ekanligi va belgilangan boʻlim 
    muammolarini hal qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi.
    GATni samarali ishlatish va rivojlantirish yuqori darajali avtomatlashtirish 
    va ekspert tizimlarni qoʻllash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ekspert tizimga 
    ta’rif beradigan boʻlsak, u axborot tizimining bir sinfi boʻlib, foydalanuvchi yoki 
    mutaxassisning buyrugʻisiz yoki amallarisiz oʻzida mavjud boʻlgan bilim, 
    ma’lumot va algoritmlar asosida geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul 
    qiish va tasniflash ishlarini amalga oshiruvchi avtomatlashgan tizimdir. ET 
    kirayotgan axborotni sinflarga ajratib, ularni kerakli formatlarga oʻtkazishi va 
    mos oʻrinlarga tayinlashi ham zarur.
    Ekspert tizimning ishlashi uchun uning bazasiga ma’lumotlar ikki tamoyil 
    boʻyicha kiritilishi mumkin: yuzaki va chuqurlashtirilgan. Birinchi tamoyil 
    boʻyicha ma’lumotlar ma’lum qonun-qoidalar asosida kiritilsa, ikkinchisida 
    ramkalar yordamida kiritiladi.
    GATdagi quyidagi masalalar ekspert tizim yordamida hal qilinadi: 

    videotasvirlarni qayta ishlash; 



    Download 2,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari

    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish