|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
210
yigʻindisi kiritiladi va ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Birinchi navbatda joyning
elementlari aniqlanadi, keyingi bosqichda nuqta va chiziqlarning xususiyati
belgilanadi.
GATdagi foydalanuvchilar sonini kengaytirish maqsadida maxsus ET
yaratilmoqda va ular:
LOBSTER
– fazoviy ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga moʻljallangan
foydalanuvchining intellektual interfeysi;
KBGIS
..
–
..
ulkan miqyosdagi geografik ma’lumotlar bazasida zarur boʻlgan
ma’lumotlarni tezlikda izlash va topishni avtomatlashtirish dasturi;
SRAC
..
‒
..
fazoviy ma’lumotlarni toʻplash uchun ishchi stoli. Geografik
ma’lumotlar bazasiga soʻrov aniq tilda amalga oshiriladi.
Geografik masalalarni hal qilish uchun bir qator ET lar ishlab chiqilgan
:
ASPENEX
– GAT yordamida oʻrmonchilik sohasida oʻrmon turlarini
nazorat qilish uchun;
EXSYS
– foydalanuvchi uchun interfeys, baza qonun-qoidalari va dasturlar
orasidagi bogʻliqlikni ta’minlash uchun;
URBYS
– shaharsozlikni hududiy rejalashtirish va tahlil qilish uchun;
AVL
2000 – avtotransportning joylashgan joyini avtomatik ravishda
aniqlash va uning navigatsiyasi uchun real vaqt davomida global
navigatsiya tizimi ma’lumotlari asosida ishlaydi;
GEODEX
– yerdan foydalanishni baholash uchun ishlatiladi. Bu dastur
geografik ma’lumotlar asosida yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning
uchastka chegaralari joylashuvini mantiqiy buyruqlar asosida tahlil qilib,
toʻgʻri yoki notoʻgʻri joylashganligini koʻrsatib beradi;
EIA Ekspert –atrof-muhit ta’sirini baholash amallari bajariladi.
Ekspert tizimlari mantiqiy algoritmlar asosida ishlaydi va ularga “AGAR”
….. boʻlsa, “KEYIN” … boʻlishi kerak mazmunidagi mantiqiy buyruqlar
toʻplami kiritiladi. Masalan, Mekong tizimining qonun-qoidalari yoki mantiqiy
amallari toʻplami 1000 guruhlangan qoidalardan iborat.
|
| |