|
Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
|
Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 14,98 Kb. | | #152827 |
Bog'liq Taqriz Lab1
Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun,
Shoyimov Y.Yu, Karimov R.Ch, Yuldashev E.U, Yuldasheva M.A, No‘monov A.B, Abdullayev J. N. lar tomonidan ishlab chiqilgan
“Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fanidan tajriba mashg‘ulotlarini bajarish uchun o‘zbek va rus tilidagi uslubiy ko'rsatmasiga
TAQRIZ
Sanoat korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirishni o‘rganish talabalarda va kon elektromexanik muhandislarining muhim vazifasi hisoblanadi. Konchilik korxonalari elektr ta’minotining ahamiyati juda ulkan bo‘lib, barcha shu yo‘nalishda taqsil olayotgan talabalardan amalga oshirish katta bilim va mahotar ta’lab etadi. Ushbu sohaga doir mavzularni o‘zida jamlagan va hisoblash grafiklarini amalga oshirishda talab etiladigan formulalar keltirilgan ushbu uslubiy ko'rsatma talabalar ushbu soha bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Professor o’qituvchilar Shoyimov Y.Yu, Karimov R.Ch, Yuldashev E.U, Yuldasheva M.A, No‘monov A.B, Abdullayev J. N. tomonidan ishlab chiqilgan “Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fanidan tajriba mashg‘ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmasida konchilik sanoat korxonalarining elektr ta’minotining turli hisoblari jumladan yuklamalar grafiklarini qurish, hisob grafik ishlari, elektr ta’minotini amalga oshirishda qatnashadigan ta’minot elementlari haqida batafsil va kerakli ma’lumotlarni yoritib o‘tilgan.
Ushbu uslubiy ko'rsatma “Kon ishlarini elektrlashtirish” fanidan tajriba mashg‘ulotlarini bajarishi ishlarini o‘zida jamlagan. Har bir tajriba mashg‘uloti uchun ma’lumotlar rasmlar va grafiklar keltirib o’tilgan.
Professor o’qituvchilar Shoyimov Y.Yu, Karimov R.Ch, Yuldashev E.U, Yuldasheva M.A, No‘monov A.B, Abdullayev J. N. lar tomonidan ishlab chiqilgan “Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish” uslubiy ko'rsatma chop etish mumkin deb hisoblayman.
TDTU OF “Elektr texnikasi
va elektr mexanikasi ”
kafedrasi dotsenti., PhD: Yuldoshov H.E.
|
| |