Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana25.06.2024
Hajmi2,15 Mb.
#265651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
209 

rastr formatdagi tasvirlarni vektor grafik modelga oʻzgartirish; 

kartografik axborotlarni qayta ishlash; 

turli turdagi axborotlarni qayta ishlash; 

obyekt yoki ma’lum joyning modelini qurish; 

GAT modellarini tahlil qilish; 

geoinformatika asosida qaror qabul qilish. 
GAT turli xil qiyin ma’lumotlar bilan ishlaganligi uchun sun’iy intellekt va 
ekspert tizimlarni jalb qilishda juda qulay muhit hisoblanadi, shu bilan birga 
ekspert tizimlarga boʻlgan ehtiyoj ham ulkandir. Ekspert tizimlar nafaqat GAT 
tizimida, balki boshqa tizimlarda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilishi mumkin. 
GATda ekspert tizim kartalarni tasvirlashda, kartadagi kerakli belgilarni ajratib 
olishda, mavzuli kartalar hosil qilishda, qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashda 
qatlamli strukturalarni yaratish kabi vazifalarni bajaradi.
GAT uchun moʻljallangan ekspert tizimni uch guruhga ajratish mumkin: 
1.
Axborot toʻplashda – skanerlangan kartografik tasvirlarni qayta ishlash 
jarayonida belgilarni aniqlashning avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi. 
2.
Modellashtirishda
..

..
aniqlangan ma’lumotlarni qayta tekshirishni avtomat-
lashtirish tizimida qaror qabul qilish jarayonida foydalanuvchilar soʻrovini 
tahlil qilish avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.
3.
Ma’lumotlarni tasvirlashda – kartalarni generalizatsiyalash, joy nomlarini 
kiritish va boshqa bosma ishlarning avtomatlashgan ekspert tizimi 
qoʻllaniladi.
Quyida GATda qoʻllaniladigan ekspert tizim uchun ishlab chiqilgan 
dasturlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz: 
MAREX
– raqamli chiziqli ma’lumotlarni avtomatik ravishda 
generalizatsiya qilish uchun moʻljallangan dastur. Ma’lumotlar 1:24000 
masshtabda generalizatsiya qilinadi. 
AUTOMAP
– joy nomlarini kiritish uchun qoʻllaniladigan avtomatik tizim 
dasturi. Bunda ma’lum jarayon va shartli belgilar asosida mantiqiy usullar 
yigʻindisining bilimlari qoʻllaniladi. Dasturga 30 ga yaqin aniq bilimlarning 



Download 2,15 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish