• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/21
    Sana25.06.2024
    Hajmi2,15 Mb.
    #265651
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    7.4.
     
    Onlayn geoaxborot xizmatlari 
    Onlayn geoaxborot tizimi yoki boshqacha nomi veb geoaxborot tizimi bu 
    tashkilotingizdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun sizning ma’lumotlaringizni 
    yetkazib beruvchi xizmat turidir. Milliy geodeziya va kartografiya tashkilotlari, 
    geoinformatika markazlari, yer resurslari qoʻmitasi yoki fazoviy ma’lumotlar 
    bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun ushbu xizmat turini joriy etish juda ham 
    muhimdir. Bunda siz ishlayotgan biror-bir geoaxborot dasturi internet orqali 
    (onlayn) mavjud boʻladi. Eng asosiysi, onlayn xizmatlar oddiy foydalanuvchi 
    uchun ishlatilishi oson, ma’lumotni izlash va soʻrovlar oʻtkazish soddalashtirilgan 
    boʻlishi lozim. Ammo ba’zi geoaxborot mutaxassislari uni birmuncha qiyinroq 
    koʻrinishda ham yaratishlari mumkin. Onlayn xizmatlar bu usullar orqali pullik 
    xizmatlar koʻlamini kengaytirib, barqarorlikka erishishi mumkin. Yana bir muhim 
    jihati shundaki, hozirgi kunda internet tarmogʻiga nafaqat shaxsiy 
    kompyuterlardan, balki uyali telefon, planshetlar orqali ham kirishmoqda. Bu esa 
    oʻsha qurilmalarga mos maxsus dasturlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. 
    Hozirgi kunda internet tarmogʻiga ulanish narxi arzonlashmoqda, tezligi esa 
    ortmoqda. Bunday rivoshlanish geoaxborot tizimi dasturlarida onlayn ishlash 
    imkoniyatini bermoqda. Shuning uchun onlayn geoaxborot xizmatlari kelajakda 
    katta muvaffaqiyatga erishadi, deb ayta olamiz.


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    207 
    Veb-GAT ham, oʻz navbatida, takomillashib bormoqda. Soddaroq 
    tushuntiradigan boʻlsak, veb-GAT bu GAT ma’lumotlarini onlayn tarzda veb- 
    sahifalardan olish va ba’zi veb-sahifalarning GAT maxsus dasturlari kabi turli 
    operatsiyalarni bajarish imkoniyatidir. Bunday internet orqali GATni aks 
    ettirishning bir necha afzalliklari mavjud. Jumladan: 

    Butun dunyo boʻylab axborot olish imkoniyatlari, ya’ni internet dunyoning 
    istalgan burchagida foydalanish uchun tayyor. 

    Standart interfeys: har bir veb-sahifa barcha uchun qulay boʻlgan izlash 
    (
    browse
    ) xususiyatiga ega va hech qanday qoʻshimcha dastur yoki tizim 
    oʻrnatilishi zarur emas (odatda maxsus GAT dasturiga ishlash uchun mos 
    dasturni oʻrnatish zarur boʻladi). Bu ortiqcha ishlardan xalos etadi.

    Tezligi va ishlatish xarajati oʻrinli: barcha axborotlarni haqiqiy manbadan 
    toʻgʻridan toʻgʻri olish mumkin. 
    Hozirgi kunga kelib yuqoridagi afzalliklarni hisobga olgan holda veb-
    sahifa orqali GAT amallarini bajarish GATning standart platformasiga aylanib 
    bormoqda. Hozirda internet tarmogʻida ulkan koʻlamdagi axborot xizmatlari 
    mavjud. GATni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yaratgan dasturlarning veb 
    dasturlari jumlasiga ArcIMS, GeoMedia va boshqa dasturlarni kiritish joiz. 
    Bunday rivojlanish davom etsa, kelajakda deyarli barcha foydalanuvchilar veb-
    GAT tizimiga oʻtib ishlaydilar. Bunday foydalanuvchilar uncha murakkab 
    boʻlmagan GAT amallarini yoki GAT mahsulotlari (karta, grafik, jadval)ni koʻra 
    olishi mumkin, lekin murakkab operatsiyalarda keng koʻlamli GAT ishlarini olib 
    boruvchi mutaxassislar uchun bunday veb-GAT tizimi yetarlicha ma’lumot va 
    imkoniyatlar bermaydi. 

    Download 2,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari

    Download 2,15 Mb.
    Pdf ko'rish