|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 1/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GAT
Zamonaviy GAT larni loyihalash va ularning sharhi
Reja:
GATni ishlab chiqish bosqichlari
GATni loyihalashning xususiyatlari
GATni ishlab chiqishning dasturiy vositalari
ARC/INFO (Instrumental GAT)
ARCVIEW GIS 3.1 dasturiy paketi
AutoCAD Map 2000
Autodesk MAP R5
Autodesk MapGuide R5 dasturiy mahsuloti
AutoCAD Land Devekopment
CREDO kompleksining dasturiy modullari
MapInfo dasturiy mahsulotlari
Boshqa GAT-dasturlar
GATni ishlab chiqish bosqichlari
GATlarning dasturiy qobig`ini ishlab chiqish 6 bosqichdan iborat:
GATga qo’yiladig an talablarni tahlil qilish
Spestifikastiyalarni belgilash
Tizimni loyihalash
Kodlash
Testlash
Ekspluatastiya qilish va xizmatini ko’rsatish
Ta’kidlash lozimki, bosqichlardan har birini realizastiya qilish uchun vaqt sarfi turlichadir, 4.1-rasm.
Bosqichlardan har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz. Birinchi bosqichda ishlab chiqiladigan tizimga qo’yiladigan, ushbu tizim va uni ekspluatastiya qiladigan foydalanuvchilar o’rtasidagi interfeysda to’planadigan talablarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Tahlilga axborotga ishlov berish vaqti, ishlov berishning narxi, xatolik ehtimoli va boshq. kabi masalalar kiritiladi. Talablarni tahlil qilish aynan hal etilishi lozim bo’lgan muammoni va kelishuv vaziyatlarini yaxshiroq tushunishda yordam berishi mumkin, bu eng yaxshi qarorni tanlashda ko’maklashadi. Tizimga qo’yiladigan, kelgusida o’zgarishi mumkin bo’lgan fazoviy-vaqt cheklovlarini, shuningdek uning turli qo’llanishlar uchun turlicha versiyalarida foydalaniladigan vositalarni aniqlash lozim.
GAT yaratishda ishlab chiquvchilar jamoasi oldida bir zumda ham texnologik, ham kosteptual muammolarning ko’pchiligi yuzaga keladi. GAT asosida yotadigan asosiy tushunchalar, ob’yektlar va axborotga ishlov berish prosteduralarini aniqlab olish zarur. Bu masalani yechishga juda mas’uliyatli yondoshish zarur, zero aynan bo’lajak tizim konstepstiyasi va ma’lumotlar modelining takomilligi uning bozordagi muvaffaqiyatini va yashovchanligini belgilaydi. Bunda ishlab chiquvchilar ko’p omillarni - mavjud tizimlar konstepstiyalarining afzalliklari va kachiliklarini, amaliy masalalar tomonidan doim o’zgarib turadigan talablarni, axborot texnollogiyalaridagi o’zgarishlarni va ko’p boshqalarni inobatga olishlariga to’gri keladi.
|
| |